Тасдиқлайман” Qiziltepa туман 2-касб-ҳунар


Download 2.58 Mb.
bet208/242
Sana02.06.2024
Hajmi2.58 Mb.
#1833498
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   242
Bog'liq
I-kurs ma\'naviyat soati

DABUS QAL’A
Zarafshon sohilida muqaddas joy bor. Bilganlar uni e'zozlab, "Avliyo Ota" deb ulug’laydi. Uni Dabusiy, Dabusiya qal'asi, Dabus, Dabus qal'a, Dahbus qal'a deb ham atashadi. Aytishlaricha, qadimda bu yerda ulkan shahar bo’lgan. Ammo bugungi kunda bu yerda na shahar bor, na odamlar yashaydi. Keng xududdan iborat maydonda son-sanoqsiz qabrlar mavjud. Vayronaga aylangan shahar tuproq ostida qolgan. Dabus qal'a deb nomlangan ulug’ shaharning bisotida yolg’iz yodgorligi - Imom Bahra Ota maqbarasi bor. Laylaklar bino tepasidan bir jufti in qurgan.
Vayronalar bag’rida yana bir yodgorlik - Ziyovuddin Qurg’oni urnidan nishona buzilgan masjid devorining (eni 1,20 sm) qoldig’i bor. Uning ustiga ham laylaklar in qurishgan. Yuz yillardan oshibdiki, laylaklar o’z ajdodlari odatini tark etmay, har bahorda shu yerga uchib kelib yashashadi. Vatan sog’inchi laylak qushlarning qanotiga quvvat, o’ziga umid bag’ishlaydi. Ular o’zlarining Qadimiy Vatanini tavof qilishni kanda qilishmaydi. Paxtachiliklar yil Dabus qal'adan boshlanadi deyishadi.
Ulug’ shahar tuproq ostida qolgan. Vayronalar ustidan yurib bu keng maydonni ko’rib hayratdan yoqa ushlaysiz. Ulug’ olimlardan hisoblangan Istaxriy va Muqaddasiylarning yozishicha, X asrda Dabusiy qal'asida rabod qariyb 70 gektarni, Shahriston esa 22-23 gektarni tashkil etgan. Qal'a atrofi katta jarliklar chuqur ungurlar bilan urab olingan. Mustahkam mudofaa minoralari shaharni himoya etish uchun qulay qilib qurilgan.
Xalq Dabusiyni Zarafshon daryosi suygan shahar deb atashadi. Qalaning shimolidan Zarafshon daryosi oqadi. Sharqdan g’arbga qarab yo’nalgan daryo o’z uzanini chapga burib qal'aning kutarmasiga tug’ri kelib tik uriladi, ammo ziyon-zahmat yetkazmay ungga burilib ketadi. Guyo Zarafshon qadimiy shahar Dabusiyning poyiga bosh quyib sajda qiladi. Necha asrlardirki, shu hol qayta-qayta takrorlanadi. Telbasimon to’lqinlanib oqayotgan daryoning bu ishidan aql lol qoladi.
Daryo qal'a uchun shimoliy tomondan mustahkam tusiq bo’lib xizmat qilgan. Qal'aning kutarmasi benihoya tik tushgan. Vayronadan 30 metr pastda Zarafshon daryosi oqadi, oqqanda ham jushib-jushib oqadi.
Xalq orasida bir rivoyat bor, unda aytilishicha, Qal'a kutarmasida Xazrat Alining muborak panjalari izi bor. Shuning uchun daryo suvi qal'a tuprog’ini yuvib olib ketmaydi, tik jarlik qulamaydi. Shahar xarobalaridan iborat bu katta maydonda xech kim yashamaydi. Ammo mu'tabar va muborak dargoh- Imom Bahra Ota maqbarasidan odamlarning keti uzilmaydi. Vayronalarni kursangiz tizginsiz hayol olis moziyning bepoyon kengliklari sari beqanot parvoz qiladi. Zarafshon daryosining sul sohili, Buyuk Ipak yo’lidagi qadimiy behat-gavjum shahar. Savdo-sotiq, hunarmandlik markazi bo’lmish Dabusiy qal'asining tarixi uchun, muhim voqealarga, qiziq xikoyalarga boy.
Dabusiy shahri – Sug’d o’lkasidagi go’zal va ajoyib manzil. Abdurrashid Bokuviy Sug’d mamlakatini shunday ta'riflaydi; "Sug’d Buxoro bilan Samarqand oralig’idagi o’lka, dunyoning jannatiy joylaridan. U daraxtzorlar uzra chuzilgan qishloqlardan iborat bo’lib, Ollohning eng go’zal bu mavze'lari serdaraxt bo’lib, ularda qushlar bir-biriga jur bo’lib sayrashadi. Sug’dning uzunligi besh kunlik yo’l bo’lib, maydo-ni 36x46 farsaxdan iborat. Unda ekin yerlari, bog’lar chamanzorlarning keti uzilmaydi. Ularni aylanib, doim uzluksiz oqib turuvchi ariqlar urab olgan. Bog’lar o’rtasida xovuzlar bor.
1971 yilda tarix fanlari doktori Yu. F. Buryakov rahbarligidagi arxeologlar Samarqand viloyatidagi qadimiy yodgorliklarni urganishgan. Arxeologlar Dabusiy qal'asida ham bo’lib, muxim ma'lumotlar to’plashga muvaffaq bo’lishgan. Yu. F. Buryakovning yozishicha, Shahriston maydoni atrofi janubiy va g’arbiy tomondan xandaklar bilan urab olingan. Xandaklar bo’ylab ichki tomondan o’tkazilgan devorlar izlari aniqlangan.
Bu ilmiy xulosa L. A. Ziminning "Dabusiy atrofi devor bilan uralmagan deb taxmin qilish mumkin", degan shubhani mutlaqo rad etadi.
Umuman, Dabusiy qal'asi hali mufassal o’rganilib ilmiy jihatdan asoslanmagan. Bundan tashqari shu narsani afsus-nadomatlar bilan aytish o’rinliki, oddiy yoki kechagi qishloqlar to’g’risida ma'lumot berilgani holda 14 jilddan iborat O’zbek Sovet Ensiklopediyasida ham ikki ming yildan ortiq tarixga ega bo’lgan Dabusiy qal'asi va 150 yildan ortiq davrni o’zida mujassam etgan Ziyovuddin qal'asi to’g’risida umumiy ma'lumot u yoqda tursin, hatto biror jumla xabar ham berilmagan. Vaholanki, Dabusiy qal'asi Zarafshon vodiysidagi eng qadimiy va eng mashxur shaharlardan biri hisoblanadi. Necha yillardirki, to’proq ostida qolgan bu kuhna shahar bag’rida avaylab-asrab kelayotgan shon-shuhrat, obru, tole guldastasini ezgu niyatli, jasur va sinchkov kashfiyotchilarga in'om qilish maqsadida ming yillar davomida o’z taddiqotchilariga mushtoq bo’lib, ularni intizorlik bilan ko’tmoqda.

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling