Тасдиқлайман” Qiziltepa туман 2-касб-ҳунар


Sharqda adabiyot doimo odob va axloq uchun xizmat qilgan


Download 2.58 Mb.
bet52/242
Sana02.06.2024
Hajmi2.58 Mb.
#1833498
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   242
Bog'liq
I-kurs ma\'naviyat soati

Sharqda adabiyot doimo odob va axloq uchun xizmat qilgan. Sharqning qaysi allomasini qanday asarini o‘qimang barchasi odob-axloq, sabr-toqat, ilm-ma’rifatga chorlaydi. Avvalo Islom diniga murojaat qiladigan bo‘lsak, uning muqaddas kitobi Qur’oni Karimda ham so‘zlashga oid oyatlar mavjud. Yaxshi, muloyim gapni ishlatish, insonning obro‘sini orttiradi, do‘stlarini ko‘paytiradi, hammaning hurmatiga sazovor qiladi. Shuning uchun ham Alloh shirin so‘z bo‘lishga chaqiradi:
«Mening bandalarimga ayt, yaxshi so‘zlarni so‘zlasinlar. Albatta shayton ularning orasiga dushmanlik solib turadi» («Isro» so‘rasi, 53-oyat). Alloh mana shu oyatda musulmonlarning o‘zaro suhbatlarida, gap-so‘zlarida shirinso‘z bo‘lishga buyuradi. Agar ular buyruqqa itoat etmay, yomon so‘zlarni ixtiyor qilsalar, albatta shayton oralarini buzadi va natijada yomonlik va dushmanlik sodir bo‘ladi. Boshqa bir oyatda Alloh shunday deydi: «Va odamlarga yaxshi so‘zlarni ayting» («Baqara» so‘rasi, 83-oyat). Alloh taolo past ovoz bilan so‘zlashga undaydi. Chunki shirinso‘zlik shuni taqozo qiladi. Ovozini baralla qo‘yib baqirib-chaqirib so‘zlashni esa, eshakning hangrashiga o‘xshatadi: «Va ovozingni past qil. Albatta ovozlar ichida eng yoqimsizi eshakning ovozidir» («Luqmon» so‘rasi, 19-oyat).
Alloh kishilar bilan so‘zlashayotganda, muomala qilayotganda ochiq yuzli bo‘lishni buyuradi va qo‘pollikdan qaytaradi. Alloh payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga qarata shunday deydi: «Alloh bergan rahmat tufayli ularga muloyimlik qilding. Agar qo‘pol, qalbi qattiq bo‘lganingda edi, ular atrofingdan tarqalib ketar edilar» («Oli Imron» so‘rasi, 159-oyat). Shu narsa musulmonlarga bir eslatmaki, ular ham doimo xushmuomala, shirinso‘z bo‘lsinlar. Odamlar orasidagi muomalada Qur’on mana shu odoblarni o‘rgatadi. Bu narsalar hayotda tinchlik va baxt-saodat orzu qilgan har bir jamiyat uchun zarurdir.
XI asrda yaratilgan «Qobusnoma» asari muallifi Kaykavus o‘z o‘g‘ilga nasihatlarida so‘zlashda ayrim tartiblarga amal qilishni uqtirgan.
Kaykovus o‘g‘liga nasihat qilib deydi: «Xalq oldida gapiradigan so‘zing go‘zal bo‘lsin, bu so‘zni xalq qabul qilsin. Xaloyiq sening so‘z bilan baland darajaga erishganingni bilsin, chunki kishining martabasini so‘z orqali biladilar, so‘zning martabasini kishi orqali bilmaydilar, chunki har kishining ahvoli o‘z so‘zi ostida yashiringan bo‘ladi. Ya’ni bir so‘zni bir ibora bilan aytsa bo‘ladi, eshitgan kishining esa ko‘ngli parishon bo‘ladi, shu so‘zni boshqa bir ibora bilan aytsa, eshitgan kishining ko‘ngli bahri oladi...
Ey farzand, so‘zning yuz va orqa tomonini bilgil, ularga rioya qilgil, so‘zlaganingda ma’noli gapir, bu notiqlikning alomatidir. Har bir so‘zga quloq sol, tezlik qilma. O‘ylamasdan so‘zlama. Har bir so‘zni o‘ylab gapir, to aytgan so‘zingdan pushaymon bo‘lmagaysan. Ilgari o‘ylash - bir nav’ karomatdir. Har qanday so‘zni eshitishdan siqilma. U so‘z ishingga xoh yarasin, xoh yaramasin, uni eshit, toki sening uchun so‘z eshigi yopilib qolmasin va so‘zning foydasi tamom bo‘lmasin. Sovuq so‘z so‘zlama...
Ko‘p bil-u, oz so‘zla: kam bilsang, ko‘p so‘zlama, chunki aqlli kishi ko‘p so‘zlamaydi; deganlarki, jim o‘tirish salomatlik sababidir...» 17.
So‘z qudrati nimalarga qodir ekanligi hammaga yaxshigina ma’lum. «Yaxshi gap bilan ilon inidan, yomon gap bilan qilich qinidan chiqadi» degan maqol ham buning yaqqol dalilidir. Biroq hayotimiz davomda turli-tuman muammolarni boshdan o‘tkazamiz. Ularni hal qilishda aksariyati shirin gap, to‘g‘ri muomala bilan osongina bitishi mumkinligini unutib qo‘yamiz. Bahslashamiz, tortishamiz, bor kuchimiz va asablarimizni sarflaymiz. Chunki, biz o‘z fikrimizni o‘zgalarnikidan a’lo bilamiz. Nihoyat, g‘olib chiqamiz. Ammo bu g‘oliblik bilan biz nima manfaat topamiz? Birovning kamchiligini sezsak, iloji boricha uning yuziga solishga harakat qilamiz, xuddi ki o‘zimiz kamchiliksiz kishimiz. Tanqid kelajakning mevasi, deymiz. Aslida shundaymikan, tanqid bizning o‘zimizga-ku yoqmaydi, o‘zgaga-chi?
Aytilmagan so‘zni ayta olarsan,
Aytilganin qachon tuta olursan?
Ibn Kamolposhsho bu ikki qator hikmat bilan tanqid qilishga shoshilmaslikni, uni har qachon bo‘lsada aytishga ulgurish mumkin, so‘z og‘izdan chiqqandan so‘ng esa uni hech narsa bilan tutib bo‘lmasligini bildiradi. «Aytilgan so‘z otilga o‘q». Shu o‘rinda Ibn Kamolposhshoning noo‘rin so‘zlash orqali insonga qancha bitmas zahmat yetmog‘ligi haqida hikmatli fikrlaridan keltirib o‘tsak. Jahonda: «Til yugurigi boshga, qo‘l yugurigi oshga» degan maqol yuradi. Nashtar jarohatidan til jarohati og‘irroqdir. Nayza zaxmidan ko‘p o‘tmay, badan bo‘stoni gulistonga aylanadi va undan jonu molga zavol kamdir. Bayt:
Xassa zarbi uzoq turmayin ketar,
Tildan yetgan zarba bir umrga yetar!
Bir hakimning birda shunday deganini eshitgandim: «Og‘iz ichidagi til qin ichiga yashiringan qilichdir». She’r:
Til tig‘in o‘tkir aylama aslo,
O‘z boshingni kesib bo‘lmasin balo.
O‘ldirmoqqa qachon xanjar qilindi,
Til shaklida uning shakli tilindi.
Haqiqatdan ham qilichning shakli tilga o‘xshashligiga insonlarning turli kesatiq, husumat va hasad aralash so‘zlarini eshitganingizda iqror bo‘lasiz.
Biz doimo muloqot jarayonida suhbatdoshimiz fikrlarini ikkinchi darajaga qo‘yamiz. Ayniqsa, ko‘p gapirish, odamlar orasida insonning hurmatini pasayishiga olib keladi. Shuning uchun “so‘z aytishdan avval, har daqiqada so‘z ortidan keladigan oqibatni o‘yla!”
HIKOYAT. Bir kishi bir hakimning ziyoratiga bordi. U behuda so‘zlarni haddan ortiq valdirardi. So‘ng so‘z orasida: «Endi so‘zlashni bas qilay» dedi. Hakim unga: «Yo‘q, sen so‘z so‘zlaganing yo‘q!» - dedi
Behuda so‘zlarni so‘z deb bo‘lmaydi,
So‘z ulki, eshitgan olsin bir foyda.
So‘zlasang, so‘zingni ko‘p uzoq qilma,
Malollik yetdi o‘zaygan joyda!
Majididdin Havofiy
Xalqimiz bekorga aytmagan: «Gapning qisqasi yaxshi, qisqasidan hissasi yaxshi» deb. Behuda so‘z, bema’no so‘z, o‘rinsiz so‘z, haqoratli so‘z, xullas, salbiy oqidatlarga olib keluvchi so‘zlar shakli, turi ko‘p. Atrofimizda sodir bo‘ladigan katta-kichik janjallarni diqqat bilan ko‘zatilsa, barchasining sababi ko‘pincha qo‘pol so‘z va muomala bo‘lishi muqarrar. «Achchiq til zahri ilon, chuchuk tilga jon qurbon» kabi maqol, so‘z o‘rinsiz ishlatilsa, ilon zahri singari, o‘rinli ishlatilsa, inson jonini baxshida qilgudek ta’sir qilishiga ishora qilinadi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki haqoratli, yoqimsiz so‘zlarni kishi oilada eshitarkan. Mashhur notiq Deyl Karnegi «Qanday qilib do‘st ortirmoq va odamlarga ta’sir ko‘rsatmoq kerak» kitobida shunday jumlalar keltirilgan:
«Biz begona odamning gapini bo‘lib: «Voy xudoyim-ey, yana o‘sha eski voqeani aytib bermoqchimisiz?» deb aytishni xayolimizga ham keltirmaymiz. Do‘stlarimizga kelgan xatlarni ularning ruxsatlarisiz ochish yoki shaxsiy hayotlariga aralashishni xatto o‘ylab ko‘rmaganmiz. O‘z oilamiz a’zolarini, ya’ni bizlarga eng yaqin hamda qadrdon odamlarni arzimas xatolari uchun haqorat qilishga jur’at etamiz.
«Yoqimsiz, haqoratli so‘zlarni amalda aytadiganlar uyimizdagilar ekani hayratlanarli bo‘lsa-da, haqiqatdir». Doroti Diks
Shirin so‘z ko‘pgina muvoffaqiyatlarning omilidir. U taraqqiy etgan jamiyat tashkil etishning asoslaridandir. Insonning ma’naviy qiyofasi uning tashqi ko‘rinishi, xatti-harakati, xulq-atvori, muloqot madaniyatida ifodalanadi. U o‘zining his-tuyg‘usini, ichki tug‘yonini, orzu-umidlarini muloqot jarayonida bayon etadi. Shuning uchun ham jamiyat taraqqiyoti, insonlarning yaxlit holda shakllanishi ularning bir-birlari bilan bo‘ladigan o‘zaro muloqotisiz, hamkorligisiz, o‘zaro ta’sirsiz vujudga kelmaydi.
Muloqot - kishining ichki va tashqi olamini namoyon etuvchi o‘zaro munosabatlarning muhim shaklidir.
Muloqot jarayonida kishi o‘zining tashqi olam, jamiyatning turg‘un tarzi, uning ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy hayoti haqidagi qarashlari, tasavvuri va hissiyotini ifodalaydi. Kishilik jamiyati paydo bo‘lishi bilan muloqotga ehtiyoj ham seziladi. Jamiyat a’zolarining bir-birlari bilan o‘zaro muloqotlari shu jamiyatning har tomonlama taraqqiyotiga zamin bo‘ladi. Har bir tarixiy davrning o‘ziga xos muomala madaniyati, qonun-qoidalari, me’yorlari mavjud.
Ibtidoiy jamiyatda ayollar va erkaklar, quldorlik, feodalizm jamiyatida qullar va quldorlar, feodallar va dehqonlar, mulkdorlar va ishchilar sinflari, erkaklar va ayollar, otalar va onalar, ota-onalar va farzandlar, yigitlar va qizlar, boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi muloqot madaniyati vujudga keldi.
Imom G‘azzoliy aytganidek: «O‘zingga nisbatan kishilardan qanday muomalani kutsang, ularga nisbatan ham xuddi shunday muomalada bo‘lgin»
“TASDIQLAYMAN”
Yoshlar bilan ishlash bo’yicha
direktor o’rinbosari:
____________________ F.Nizomova
10 MA’NAVIY- MA’RIFIY SOAT REJASI

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling