Тасдиқлайман” Qiziltepa туман 2-касб-ҳунар
Hizb at – Tahrir al – islomiy (Hizbut tahrir)
Download 2.58 Mb.
|
I-kurs ma\'naviyat soati
- Bu sahifa navigatsiya:
- 24 MA’NAVIY- MA’RIFIY SOAT REJASI
Hizb at – Tahrir al – islomiy (Hizbut tahrir). Hizbut tahrir 1952 – yili Quddus shahrida falastinlik ilohiyotchi Taqiy addin an – Nabohoniy (1909 – 1979) tomonidan asos solingan diniy siyosiy partiya. U Hayfada tug‘ilib o‘sgan, Qohiradagi “al – Azhar” universitetida ta’lim olgan.
Hizbning asosiy maqsadi – avval arab davlatlari miqiyosida, keyin islom dunyosi miqiyosida va nihoyat jahon miqyosida xalifalik shaklidagi islom davlati tuzish. Davlat diniy – islomiy qonunlar asosida xalifa tomonidan idora etilishi lozim. Hizb dasturi 187 banddan iborat bo‘lib, asosiy maqsadi - hokimiyatga erishish. Bundagi asosiy yo‘l – islomiy fikrlovchi shaxslarni shakllantirish. Ularga islomiy ta’lim tarbiya berish ikki bosqichdan iborat: 1) islom ta’limotini o‘rgatish yo‘lida madaniy - ma’rifiy ishlar olib borish; 2) siyosiy faoliyatga tortish. Hizbut tahrir tarafdorlari ko‘pgina musulmon davlatlari, jumladan, Tunis, Iroq, Jazoir, Sudan, Yaman va boshqalarda o‘z faoliyatlarini yashirin olib bormoqdalar. Hizbut tahrir tuzilish jihatidan piramida shaklidadir. Har bir guruh (halqa) alohida - alohida bo‘lib, 5 – 6 kishidan iborat. Guruhlarning o‘quv ishiga “mushrif” rahbarlik qiladi. Undan tashqari guruhda yana bir rahbar –“amir” bo‘lib, u mushrifga mashg‘ulotlarni o‘tkazishda bevosita yordam ko‘rsatadi. Mushrif bir vaqtning o‘zida bir necha guruhda ta’lim ishlarini olib borish mumkin. O‘qish davomida tinglovchilar diniy mavzudagi mashg‘ulotlar bilan birga siyosiy, jumladan, musulmon davlatlarida sodir bo‘layotgan voqealarni diqqat bilan o‘rganadilar. O‘zbekiston hududida 1992 – yildan boshlab partiyaning boshlang‘ich bo‘linmalari tashkil etila boshlagan. Hizb safiga kiruvchilar o‘z partiyalari haqidagi ma’lumotlarni hech qachon oshkor etmaslikka o‘z mushrifi buyurgan vazifalarni so‘zsiz bajarishga Qur’on bilan qasam ichadilar. Hizb mutasaddilari o‘z tarafdorlarini ko‘proq ziyolilar, ilmiy xodimlar, o‘quvchi yoshlar orasidan qidiradilar.38 Aslida, vahhobiylik bilan “hizb”iylik bir olmaning ikki pallasiga o‘xshaydi. Vahhobiylar o‘z vaqtida xalifalikni parchalab tashlagan, chunki shunday qilmasa, o‘z davlatiga ega bo‘lmas edi. “hizbiylar esa, yana bir harakat qilib (albatta, yangi sharoitlarda), xalifalikni qayta tiklashga undaydi. Va, buning zamirida oddiy odamlarning xayoliga ham kelmaydigan jahonshumul siyosiy o‘yinlar va turlicha manfaatlar mujassamdir.39 Tarixdan ma’lum ki, biron davlat o‘z davrini yashab bo‘lganidan so‘ng xuddi shunday davlat yana tashkil topmagan. O‘xshash nomli, boshqaruv tartibi o‘xshash, siyosiy tartibi tarixdagi biron davlatga yaqin kelishi mumkin ammo har tomonlama aynan birdek davlat takrorlangan emas. Sabab shu bo‘lishi mumkin-ki, kishilik jamiyati doimiy rivojlanishdaligi. Imom Muslim va Imom Termiziy keltirgan hadisi shariflarda Rasuli akram shunday marhamat qiladi: “Mening vafotimdan keyin xalifalik o‘ttiz yil davom etadi. Undan so‘ng amirlik va podsholiklar boshlanadi”. “Rasululloh aytgan edilar: Mendan keyin o‘ttiz yil xalifalik bo‘lg‘ay, undan keyin podshohlik bo‘lg‘ay. Hazrat Abu Bakr Siddiq ikki yilu uch oy, Hazrat Umar o‘n yilu olti oy, Hazrat Usmon un ikki yil, Hazrat Ali to‘rt yilu to‘qqiz oy, Imom Hasan olti oy halifa bo‘ldilar. Bu beshovlarining xalifalik davrlari o‘ttiz yilga to‘lib, Rasululloh aytganlaridek bo‘ldi” (“Tarixi Muhammadiy”) Bunday “ta’limot”lar taqdim etilishidan avval, bu – ayni siz uchun, ochildasturxonning xuddi o‘zi, ko‘z yumib – ochgunicha bo‘lmay jamiki, istaklaringizni muhayyo etadi, deb afsun qilishadi. Hatto xamir uchidan patir sifatida biron bir “shirinlik”ni tuhfa etishadi ham… Va, eng yomoni, ayrim odamlar shirin xayollarga g‘oyatda o‘ch bo‘ladi. Jaloliddin Rumiy aytadiki, inson hayolidagi narsa uni o‘z orqasidan yetaklaydi. Bog‘ hayoli boqqa, do‘kon xayoli esa, do‘konga olib boradi. Faqat bu shirin xayollar asl haqiqatni yashiradi va senga u narsani o‘zing o‘ylagandek go‘zal qilib ko‘rsatadi. “Ey, Rabbim! Aslida xunuk bo‘lgan narsani go‘zal, go‘zal narsani esa, xunuk qilib emas, balki har bir narsani aslida qanday bo‘lsa, xuddi shunday ko‘rsatginki, makru hiylalarga aldanib qolmaylik va yo‘limizni yo‘qotmaylik”. (Hadis) Ushbu mavzu asosan G‘affor Hatamovning “Tarixni qonli va ko‘z yoshli sahifalari” va muallifdoshlar H. Yo‘ldoshxo‘jaev, D. Rahimjonov, M. Komilovlarning “Dinshunoslik” ma’ruza matini, asosida tayyorlandi. “TASDIQLAYMAN” Yoshlar bilan ishlash bo’yicha direktor o’rinbosari: ____________________ F.Nizomova № 24 MA’NAVIY- MA’RIFIY SOAT REJASI Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling