Тасдиқлайман” Qiziltepa туман 2-касб-ҳунар
Telefonda so‘zlashuv odobi
Download 2.58 Mb.
|
I-kurs ma\'naviyat soati
Telefonda so‘zlashuv odobi Agar ishingiz baroridan kelishini, ishingiz rivojlanishini, mijozlar faqat sizga murojaat qilishlarini istasangiz, telefonda so‘zlashayotganda quyidagi qoidalarga qat’iy amal qiling.
1. Odatda, ishga doir qo‘ng‘roqlar ishxonaga qilinadi. Ammo vaziyat taqozosi bilan kimningdir uyiga telefon qilishga to‘g‘ri kelsa, avvalo uzr so‘rash, shundan so‘nggina qo‘ng‘iroqdan maqsadingizni qisqa bayon qilish lozim. Tavsilotlarini uchrashganda yoki ishxonaga qo‘ng‘roq qilganda gaplashishga kelishib oling. Chunki odamlar uyda ish haqida o‘ylamay, dam olish huquqiga egalar. U huquqni hurmat qilish kerak. 2. Ertalab soat 9 dan oldin yoki kech soat 10 dan keyin birovning uyiga qo‘ng‘roq qilish eng oddiy etiket qoidalarini buzish sanaladi. 3. Agar notanish odamga qo‘ng‘roq qilayotgan bo‘lsangiz, albatta o‘zingizni tanishtirib, bu raqamni sizga kim berganini ayting. 4 . G‘arbda telefon orqali har qanday suhbat 3 – 5 daqiqadan ortiq davom etmasligi kerak, deb hisoblashadi. Bunga, hech bo‘lmaganda, ish yuzasidan bo‘layotgan suhbat jarayonida amal qiling. 5. Qoida bo‘yicha, qo‘ng‘roqni qabul qilayotgan shaxs o‘zini birinchi bo‘lib tanitmaslik huquqiga ega. 6. Ammo odamlar kim bilan gaplashayotganlarini bilgilari keladi. Shuning uchun agar o‘zingizni tanitmaslikka jiddiy asosingiz bo‘lmasa, ismingizni, agar ishxonada bo‘lsangiz, ishxonangiz nomini ayting. 7. «Kim bilan gaplashayapman?», «Bu kim?», «Men qayerga tushdim?» kabi so‘roqlar bilan gap boshlash odobsizlik sanaladi. 8. Agar qo‘ng‘roqqa chaqirilgan kishi joyida bo‘lmasa, gushakni olgan odam kim telefon qilganini aniqlashtirib o‘tirmaslik kerak. «Kim so‘rayapdi?»dan ko‘ra «Nima deb qo‘yay?» degan so‘roq yaxshiroq. 9. Shunday iboralar borki, ishxona haqida yomon tassurot uyg‘otmaslik uchun ularni umuman qo‘llamaslik kerak. Masalan,: «Bilmayman». Ishonchni o‘ldirishni bundan samaraliroq usuli yo‘q. Agar berilgan savolga javob topa olmasangiz, «Qiziq savol… ijozat bersangiz, aniqlashga o‘rinib ko‘raman» deng. «Biz buni qilolmaymiz» javobidan imkon qadar qoching: buni eshitgan mijoz, albatta, boshqa joyga murojaat qiladi. Buni o‘rniga boshqa muqobil variantlarni taklif etsangiz, unga ma’qul kelib qolishingiz mumkin. Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling