Qaror qabul qildi:
1. " Kitobxonlik buyuk kelajak kafolati " ma’ruzasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Guruh talabalarining davomati masalasi muntazam ta’minlansin. Mas’ul: guruh rahbari va sardori
Yig’ilish raisi Sh Mamarahimov
Guruh sardori Sh. Donayeva
“Boshlang’ich ta’lim va STI” ta’lim yo’nalishi 46-19 - guruhda "Ustoz shogird an’analari 1 oktyabr Ustoz va murabbiylar kuni" mavzusida o’tkazilgan Axborot va murabbiylik soati
BAYoNNOMASI № 5
O’tkazilish kuni va vaqti:
|
|
2020 yil 7- oktyabr
|
|
|
|
O’tkazilish joyi:
|
|
«Boshlang’ich ta’lim metodikasi» kafedrasi, 307-xona
|
|
|
|
Qatnashdilar:
|
|
Guruh rahbari va 19 nafar talaba.
|
Kun tartibi:
" Ustoz shogird an’analari 1 oktyabr Ustoz va murabbiylar kuni "mavzusi haqida
O’zbekiston Respublikasidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy voqealarga doir ma’lumotlar haqida
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan guruh rahbari Sh Mamarahimov so’zga chiqib, Ustoz-otangdek ulug’ degan maqol zamirida olamcha ma’no mujassam. Biz shunday baxtli kunlarga etishishimizda fidoyilik ko’rsatgan aziz ustozlarning xizmatlari beqiyosdir. “O’zbek xalq maqollari”, 5-sinfning “Odobnoma” kitoblarida, O’zbekiston xalq yozuvchisi O’tkir Hoshimovning “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” va boshqa ulug’ adib hamda allomalarning asarlarida ushbu maqol mohiyati teran yoritilgan. O’zbekiston Qaxramoni, atoqli shoir Erkin Vohidovning “So’z latofati” kitobida mazkur maqolni “ Ustoz-otangdek ulug’” deb buzib talqin qiladiganlar asosli tanqid qilingan. Ustozlarga bo’lgan ehtirom barchaga yanada ko’tarinki ruh baxsh etadi.
Guruh talabalaridan Fayzullayeva D, Najmiddinova U,Anorbayeva Z lar ham so’zga chiqishib, Ustoz va murabbiylarni o’zlarining dil so’zlari bilan tabrik yo’lladilar.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan guruh rahbari Sh Mamarahimov so’zga chiqib, O’zbekiston Respublikasidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy voqealarga doir hafta davomidagi ma’lumotlar haqida, jumladan 25 sentyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiya Federatsiyasi qishloq xo’jaligi vaziri Aleksandr Tkachyovni, Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixonovni, 26 sentyabr kuni Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Chon Se Gyunni, 25 sentyabrda Qozog’iston Respublikasi parlamenti Senati Raisi Kasim-Jomart Tokaevni, 29 sentyabr kuni Moskva va Butun Rus Patriarxi Kirillni qabul qilganliklari haqida aytib o’tdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |