"tasdiqlandi" O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 75.3 Kb.
Pdf ko'rish
Sana12.11.2017
Hajmi75.3 Kb.
#19963

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS 

TA’LIM VAZIRLIGI 

 

 



"RO’YXATGA OLINDI" 

№ VM-343-53402-3.20 

"1" iyul 2003 y. 

"TASDIQLANDI" 

O’zbekiston Respublikasi 

Oliy va o’rta maxsus 

ta’lim vazirligi 

____________________ 

"8" iyul 2003 y. 

 

 



 

ISh YuRITISh ASOSLARI 

fanidan 

DASTUR 

 

 



Oliy ta’limning 340000 - "Biznes va boshqaruv" 

ta’lim sohasidagi 5340200 - "Menejment" 

bakalavriat yo’nalishi uchun 

 

 



 

 

 



 

 

 

Toshkent - 2003 

Tuzuvchilar: 

dots. Sobirjonova D., 

k.o’q. Boymatova U. 

Taqrizchilar: 

prof. Zaynutdinov Sh., 

dots. To’laganova Sh. 

 

Mazkur o’quv dasturi barcha iqtisodiy yo’nalishdagi oliy o’quv yurtlarining 



bakalavriyat yo’nalishidagi talabalar uchun mo’ljallangan. "Ish yuritish asoslari" keng 

tarmoqli xalq xo’jaligimizning barcha jabhalarida keng qo’llanilib, korxona va 

tashkilotlarni boshqarish jarayonida amalda foydalaniladigan hujjatlar oqimi bilan 

ishlash, ularni to’g’ri qabul qilish, joylash, saqlash va jo’natish yo’llarini o’rgatadi. 

Dastur oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimida iqtisodchi mutaxassislar tayyorlovchi 

Oliy o’quv yurtlari va fakultetlari, kollej va kasb-hunar litseylari uchun mo’ljallangan. 

Данное  учебное  пособие  предназначено  для  студентов  экономических  вузов. 

Специалисты,  работающие  на  производстве,  предприятиях,  фирмах  и  других 

отраслях  народного  хозяйства  должны  хорошо  понимать  и  владеть  ведением 

делопроизводства. 

В 

настоящее 



время 

в 

условиях 



рыночной 

экономики 

ведению 

делопроизводства  уделяется  большое  значение  во  всех  сферах  деятельности.  В 

темах 

данного 


курса 

рассмотрены 

вопросы, 

касающиеся 

ведения 

делопроизводства. 

Данный курс лекции, предусмотренной программы поможет освоить студентам 

основные аспекты, для ведения работы связанных делопроизводством. 

The given manual is intended for the students of economic high schools. The experts 

working on manufacture, enterprises, firms and other branches of a national economy 

should well understand and own conducting office-work. 

Now in conditions of market economy the large meaning (importance) in all spheres 

of activity is given to conducting office-work. In themes of the given rate the questions 

concerning conducting of office-work are considered. 

The given rate of lecture stipulated program will help to master to the students the 

basic aspects, for conducting work connected by office-work.. 

Dastur Toshkent Moliya instituti Ilmiy Kengashida muhokama qilingan va nashrga 

tavsiya etilgan (2003 yil 25 aprel 9-sonli bayonnoma). 

Dastur O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi oliy o’quv 

yurtlariaro ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash majlisida 



muhokama qilingan hamda nashrga tavsiya etilgan (2003 yil 1 iyul 37-sonli majlis 

bayoni). 



1. SO’Z BOShI 

Milliy istiqlol hayotimizning barcha sohalarida bo’lgani kabi ona tilimiz rivoji uchun 

keng yo’l ochildi. 1989 yil 21 oktyabrda o’zbek tiliga davlat tili maqomi berildi, 

respublika hududida yashovchi millat va elatlar o’z ona tilini o’rganish va qo’llash (2-4 

modda), korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari 

davlat tilida yuritilsin (10-modda) deb ko’rsatilgan. Kishi o’z fikrini aniq va ravon 

ifodalashi, ularni tildagi uslublardan xabardor bo’lishi, kundalik so’zlashuv tilidan 

tashqari rasmiy ish yuritish tilini ham bilishi kerak. Har bir rahbar, boshqaruvchi ariza, 

tilxat, ishonchnoma va h.k. tuzishga to’g’ri keladi. Ish yuritishning bevosita asosini 

hujjatlar tashkil qiladi. Avvalo, o’z qadimiy an’analarimizdan kelib chiqib, o’sha davr 

hujjatchiligidagi ilg’or tajribalardan ijodiy foydalangan holda hujjatchiligimizni 

takomillashtirish yo’lida borishingizni taqazo etadi. 

Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohatlar 

barchamizning avvalo rahbarlarimizga, ularning ish faoliyatlarini katta-kichikligidan 

qat’iy-nazar benihoyat katta talablarni qo’ymoqda. Hozirgi kun (davr) rahbarlarining 

so’ziga qarab emas, balki ularning ish yuritish mahoratiga qarab baho berilmoqda. 



Fanni o’qitish maqsadi, vazifalari va boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi 

"Ish yuritish asoslari" fani bakalavr talabalari uchun mo’ljallangan. 

Bu fan hujjatlar haqida tushuncha berib, bozor iqtisodiyoti sharoitida ish yuritishning 

ahamiyati, hujjatlar va ularning turlari, tashkiliy-farmoyishli hujjatlar, biznes-reja, 

shartnoma va kontraktlarni tuzish asoslari, hujjatlarni arxivda saqlash qoidalari va 

boshqalar o’rgatiladi. 

Shu bilan birga bakalavr talabalari chet el tajribalaridan foydalangan holda 

O’zbekiston Respublikasidagi barcha korxona va tashkilotlarda ish yuritishni o’zbek 

tilida olib borish va hujjatlarni to’g’ri tuzishni o’rgatishdir. 

Fanni o’qitish bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan 

talablar 

Mustaqil ta’lim sifatida bakalavr talabalari mustaqil ravishda qo’shimcha 

adabiyotlardan o’zlashtirishlari mumkin. Asosan ish yuritishning xorijiy tajribalarga 

asoslangan adabiyotlar, o’quv qo’llanmalar, ilmiy asarlardan foydalanish maslahat 

beriladi. 

Mustaqil ish sifatida bakalavr talabalariga yozma ish, referat beriladi. 



Seminar mashg’ulotlari bo’yicha bajariladigan ishlar maksimal miqdoriga talablar 

Seminar mashg’ulot mavzulari namunaviy dastur asosida belgilanib, har bir mavzuga 

kiritilgan savollar va tavsiya qilingan adabiyotlar ro’yxati bilan birga alohida uslubiy 

qo’llanma rejasidagi shaklida ko’paytiriladi. Seminar mavzusi rejasidagi savollar dastur 

doirasida tuzilib, ma’ruzada bayon qilinadigan masalalar bilan mazmunan bir xil 

bo’lsada, shaklan ularni takrorlamaydi. 



Auditoriya mashg’uloti turlarining soatlar hajmi 

Oliy ta’limning davlat standartlarida mazkur kursga 54, shu jumladan, 18 - ma’ruza, 

18 amaliy mashg’ulot, 18 mustaqil ta’lim soatlari ajratilgan. 

Talabalar bilimini baholash uchun o’tkaziladigan nazorat tadbirlari 

Fan bo’yicha talabalar bilimini baholash reyting tizimi asosida amalga oshiriladi. 

O’quv rejasida fanga ajratilgan soat yuklamasidan kelib chiqib, aniqlanadigan reyting 

ballari (36) nazoratning alohida turlariga quyidagi tartibda taqsimlanadi: 

• 

joriy baholashga seminar mashg’ulotlariga ajratilgan soat yuklamasini 70 foizi 



(12,6 ball);  

• 

oraliq baholashga ma’ruza darslariga ajaratilgan soat yuklamasining 70 foizi (12,6 



ball);  

• 

yakuniy baholashga umumiy o’quv soatlar yuklamasining 30 foizi (10,8 ball). 



Joriy baholash uchun ajratiladigan reyting ballari talabalarning seminar darsidagi 

faolligi, ilmiy referat tayyorlaganligi va boshqa rejalashtirilgan ishlarni (mustaqil ish 

bajarish, ko’rgazmali qurollar tayyorlash va h.k) bajarganligi uchun qo’yiladi. 

Oraliq baholashda talabalarning ma’ruza darslaridagi faolligi hisobga olinadi, hamda 

ikki marta oraliq nazorat (yozma ish, test yoki nazoratning boshqa turi) o’tkazilib ularga 

ham tegishli ball ajratiladi. 

Yakuniy baholash ballari talabalarning tayanch so’z va iboralar bo’yicha bajargan 

yozma ishi uchun qo’yiladi. 



Kompyuter, axborot va yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash 

"Ish yuritish asoslari" kursini o’qitishda ilg’or pedagogik va axborot 

texnologiyalaridan foydalangish imkoniyatlari quyidagilardan iborat: 

• 

fanni mazmunini ko’rsatuvchi ko’rgazmali albomlardan foydalanish;  



• 

ma’ruza matnidagi shakliy va raqamli ma’lumotlarni kafedra oldindan tayyorlab, 

talabalarga etkazish. Bu o’qituvchining vaqtini tejab, talabalarni ortiqcha 

yozishdan ozod qiladi;  

• 

test savollarini tuzish;  



• 

"tayanch" iboralar ishlab chiqib, ularning talabalar tomonidan mukammal 

o’zlashtirishini ta’minlash;  

• 

ayrim mavzular bo’yicha ma’ruzalarni O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy 



faoliyatini boshqaradigan yuqori tashkilotlarning mas’ul xodimlari tomonidan 

o’tishini ta’minlash;  

• 

masofaviy o’qitishni tashkil etish bo’yicha kompyuterda bajariladigan 



dasturlardan foydalanish;  

• 

xorijiy universitetlar professorlari tomonidan yozilgan ayrim ma’ruzalarni 



o’qitilib, teleekran orqali namoyish etishga erishish va boshqalar. 

INTERNET tarmoqlarida mavjud bo’lgan fanga taalluqli saytlar ro’yxati: 

1. 


http://www.cer.uz

  

2. 



http://www.referat.ru

  

3. 



http://www.plekhanov.ru

  

4. 



http://www.litera.ru

 

Ish dasturini tuzishga oid uslubiy tavsiyalar 

"Ish yuritish asoslari" fani 1 kursda o’qitiladi. Bu fanni o’qitilishidan asosiy maqsad 

ular doimiy ravishda har xil hujjatlarga duch keladilar va amalda foydalanadilar. 



2. FAN DASTURI 

Iqtisodiyotni va tashkilotlarni boshqarishda ish yuritishni tutgan o’rni 

"Ish yuritish asoslari" fanini predmeti va vazifalari. Fanni uslubiy asoslari. Fanni 

boshqa o’quv fanlar bilan bog’liqligi. "Ish yuritish asoslari" haqida tushuncha bozor 

iqtisodiyoti sharoitida korxona va muassasalarni boshqarish faoliyatida ish yuritish va 

hujjatlashtirishni o’rni va mohiyati. "Hujjat" haqida tushunchalar, xizmatda 

hujjatlashtirish bilan bog’liq bo’lgan amallar, hujjatlashtirish sohasi funktsiyalari, hujjat 

turlari. 

Respublika umumdavlat ish yuritish sistemasi va uni boshqarishni 

takomillashtirishdagi o’rni. Umumdavlat ish yuritish sistemasini xalq xo’jaligi, uni 

tarmoklari va korxonalarini boshqarish avtomatlashtirish sistemasini ma’lumotlar bilan 

ta’minlashdagi o’rni. Umumdavlat ish yuritish sistemasini asosiy mazmuni va tarkibi. 


Hujjatlarni tayyorlashdagi asosiy talablar. Hujjatlarni (klassifikatsiyasi) tasniflanishi 

Boshqarish faoliyatida qo’llaniladigan hujjatlarni asosiy turlari. Hujjatlarni turlari va 

ko’rinishlari haqida tushunchalar. 

Hujjatlarni boshqarish funktsiyasidagi ma’nosi bo’yicha turlari, kelib chiqish, 

tuzilgan joyi, tayyorlanish yo’llari, ma’lumotlarni ifodalashdagi ko’rinishlari, muddatlar 

ko’rinishi, yaratilish davri. 

Hujjatlarni formulalarini tarkibi. Hujjatlarni formulyari va zaruriy qismlari 

rekvizitlari haqida tushuncha. Boshqarish hujjatlari, blankalari. Hujjat avtori va uni 

zaruriy qismlar rekvizitlari. Hujjat adresi va sanasi. Ilova haqida belgi: Hujjatni 

guvohnomasi. 

Hujjatlarda kelishish va rozilik belgisi. Hujjatlardagi belgilar. Hujjatni sarlavhasi va 

mazmuni. Hujjatlarni mazmunini bayon qilishdagi asosiy tamoyillar. Bayon qilish, 

ketma-ketlik mantiqi. Hujjat matnida mantiqiy elementlarni (kirish, dalillarni keltirish, 

xulosalar qilish) to’g’ri va teskari joylashtirish. 

Hujjat uslubi-xizmat, ish yuritish nutqi. 

Matn bayonini ravshan, aniq, qisqa, sistemaliligi ma’noli va to’liqligi. Hujjatlardagi 

ish yuritish xizmat oxangi. Hujjatlarni xuquqiy kuchi va asoslanganligi. Hujjatlarni 

qonuniy va boshqa qonuniy hujjatlar bilan solishtirish. Hujjatlar tayyorlashda umumiy 

davlat hujjatlar sistemasini tavsiyalari. 

Xizmat hujjatlarini tahrir qilish uslubi va texnikasi. Sodda va murakkab hujjatlar. 

Boshqarish hujjatlarida jadvallarni qo’llanishi. 

Xizmat hujjatlari bir ko’rinishga (unifikatsiya) keltirish va standartlash haqida 

tushuncha. Tashkiliy-farmoyishli hujjatlarni asosiy standartlari. Boshqarish hujjatlarini 

klassifikatori. Qofiya mantlari va ulardan foydalanish qoidalari. Qog’ozlarni standart 

formalari va ularni ish yuritishdagi tashkil qilishning ahamiyati. 

Shartnoma va kontraktlarning tuzilishi asoslari. Ularga oid hujjatlar 

Shartnoma to’g’risida tushuncha. Shartnomalar tuzishning umumiy metodikasi. 

Shartnoma tuzilishi va uning asosiy sharoitlari. Shartnoma tuzish tartibi. Shartnomani 

almashtirish haqidagi bitim. Tomonlarning shartnomani o’zgartirishi. 

Shartnoma bajarilishini jarimasiz (ikki tomonlama) ta’minlash usuli. Kafolat, garov. 

Xo’jalik shartnomalarining mazmuni va turlari. Xo’jalik shartnomalarining namunalari. 

Shartnoma old hujjatlari. Shartnomalar bajarilishini ta’minlashda qarz olish va boshqa 

usullar: oldi-sotdi, tovarlar bilan ta’minlash, ijara, pudrat, lizing va boshqa shartlashuv 

munosabatlari. 

Tashkiliy-farmoyishli hujjatlar 


Iqtisodiyotni boshqarishda tashkiliy-farmoyish hujjatlarning ahamiyati. Tashkiliy-

farmoyishli hujjatlarning umumiy ta’rifi. Tashkiliy-farmoyishli hujjatlar sistemasi haqida 

tushuncha. Tashkiliy hujjatlar. Muassasa, idora va korxonalarni nizomlari va ustavlari. 

Farmoyishli hujjatlar va ularning umumiy ta’rifi. Farmoyishli hujjatlarning mazmuni 

bayoniga qo’yiladigan talablar. Buyruq formulyari. Asosiy faoliyat bo’yicha buyruqlar. 

Buyruqni tayyorlash va rasmiylashtirish. Buyruqlarning ikki turi. Umumiy masalalar va 

shaxsiy tarkib (kadlar buyicha) buyruqlar. Buyruqlar matni. Asoslovchi (kirish) va 

farmoyish qismlari, buyruqning (formasi) ko’rinishi. Unifitsiyalashgan tashkiliy-

farmoyishli hujjatlar sistemasida foydalaniladigan hujjatlar ro’yxati: Nizom, ko’rsatma, 

yo’riqnoma, majlis bayoni, bildirishnoma, tushuntirish xati, ma’lumotnoma, dalolatnoma, 

xizmat xatlari, talegramma, telefonagramma va telefakslar. 

Shaxsiy tarkib bo’yicha hujjatlar. Shaxsiy tarkib bo’yicha buyruqlar va ularni 

xususiyatlari. Farmoyishli hujjatlar bilan ishlash. Shaxsiy hujjatlarni tuzish. Hujjatlarni 

rasmiylashtirish. 



Ish yuritishni tashkil etish va uning texnologiyasi 

Ish yuritish xizmatining strukturasi va funktsiyasi. Ish yuritishning tashkil etishning 

markazlashtirilgan va aralashgan formasi. 

Korxonalarda ish yuritishning struktura va instruktsiyasi, uning ahamiyati ularga 

qo’yiladigan talablar. 

Boshqarish faoliyati uchun hujjatlar axboroti almashuvining ahamiyati. Korxona va 

muassasalar korrespondentsiyasining tarkibi va hajmi. "Hujjatlar aylanishi" tushunchasi. 

Hujjatlar aylanishining tarkibi va hajmi. 

Hujjatlar aylanishi hajmi bo’yicha korxona va muassasalarning to’rt guruhga 

qarashligi mezoni. Hujjatlar aylanishining bosqichlari. 

Korrespondentsiyalarni qabul qilish va taqsimlash. Korrespondentsiyalarni etkazib 

berish. Hujjatlarni ijro etishga yo’naltirish. 

Qarorlarga (rezalyutsiya) qo’yiladigan talablar. Hujjatlarni bajarish. 

Korrespondentsiyalarni jo’natish. Korxona va muassasalarda hujjatlar aylanishining 

chizmasi. 

Moliyaviy hisoblash operatsiyalari bo’yicha hujjatlar 

Moliya hisob-kitobjarayoni bo’yicha hujjatlarga ta’rif berish. Bank va kassa jarayoni 

bo’yicha standart blankalarning namunalari. Bu hujjatlarning nomi va standart shaklidan 

ularning farqi. 

Byudjet va ssuda hisobini ochish tartibi. To’lov talabi va uni rasmiylashtirish. 

To’lov topshiriqlarining hisobi. Akkredetiv va maxsus hisobini ochish haqida ariza. 

Hisob-limitlangan kitobchalarni berish haqida ariza. Hisob-faktura, rekvizitlar, 


rasmiylashtirish tartibi va tayinlash (belgilash). Debitorlar, kreditorlari orasidagi hisobni 

tekshirish akti va ularni tuzish tartibi. 

Hisobni tekshirish natijalari haqida xat. Aktseptdan voz kechish haqidagi telegramma 

va xatlarni tuzish tartibi va mazmuni. Kassirning majburiyati. Kassa rekvizitining akti, 

uni belgilash va tuzish tartibi. Mehnat roziligi (bitim). Bajarilgan ishlarning to’lovi 

haqida hisob-arizasi. Pul mablag’larining qabul qilish ishonchnomasi. 

Biznes-planning firma va korxonalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish plani bilan 

o’zaro bog’liqligi. Biznes-planni qo’llash nazorati va uni saqlash. 



Hujjatlarni sistemaga keltirish va saqlash 

Ish yuritish faoliyatini shakllantirishdagi talablar. Ishlatilgan hujjatlarni taqsimlash 

va joylashtirish. Hujjatlarni joylashtirishni ichki tartibi: Kitoblarning muqovasini 

rasmiylashtirish. Ish kitoblarining mavzusi. Ish kitoblarini saqlash muddati. Joriy yildagi 

hujjatlarning bo’limlarda ish yuritishi. Hujjatlardan operativ maqsadda foydalanish. 

Ish yuritishda saqlanadigan hujjatlar haqidagi ma’lumotlarni tashkil etish. Muassasa 

kantselyariyasi va bo’limlariga hujjatlar va ish kitoblarini topshirish tartibi. Vaqtincha 

foydalanish uchun ish kitoblarini berish. Hujjatlardan nusxa ko’chirish uchun guvohlik 

berish tartibi. Ish kitoblari hujjatlaridan varaqlar sug’irilishi. Ish yuritishni olib borishda 

va ish blankalarini saqlashdagi javobgarlik. 

Ish bajaruvchi va amalga oshiruvchilarning hujjatlarni saqlashi. Hujjatlarni saqlash 

haqida javobgarlik. Muassasalardan hujjatlarni olib chiqish tartiblari. 

Hujjatlar bahosini ekspertlash haqidagi tushuncha. Ish yuritishda xujjtlarni saqlash va 

tugatish uchun tanlashdagi joriy qoidalar. 

Ishlab chiqarishda tugatilgan ish kitoblarini, ish yuritishdan muassasa arxiviga 

topshirish muddati. Tizim bo’linmalaridan muasasa arxiviga ish kitoblarini, 

nomenklatura ish kitoblari bilan taqqoslab, tekshirish. Davomi saqlanadigan ish 

kitoblarini rasmiylashtirish. Hujjat materiallarini yo’q qilishga dalolatnomalar tuzish. 

Muassasa arxivida hujjatlarga ro’yxat tuzish tartibi. Korxona va muassasa arxiviga ish 

hujjatlari va kitoblarini topshirish. 



Hujjatlarni ro’yxatga qo’yish va bajarilishini nazorat qilish 

Hujjatlarni ro’yxatga olish haqidagi ma’lumot. Hujjatlarni ro’yxatga olishning 

maqsadi, vazifalari va asosiy qoidalari. Hujjatlarni ro’yxatga olishning shakllari. 

Hujjatlarni ro’yxatga olishning markazlashgan, nomarkazlashgan va aralash shakllari, 

ularning samaradorligi. Ro’yxatga olishning turli usullariga qiyosiy xarakteristika berish. 

Boshqaruv faoliyatida ijro-nazoratining roli va ahamiyati. 

Bozor munosabatlarini joriy etishda va sharoitida ijro nazorati. Ijro nazorati 

byurokratizm va sansolarlikni to’xtatishning asosidir. Hujjatlar ijrosi nazoratini tashkil 



etish. Ijro muddati va mazmunini tekshirish. Nazoratga tegishli hujjatlar. Ijro nazorati 

texnikasi va texnologiyasi. Nazoratning kartochka usuli. Nazoratni tashkil etishda 

perfokartalarini qo’llash. 

Hujjatlarni nazoratdan chiqarish tartibi. Elektron-hisoblash texnikasi orqali ijro 

nazorati. 

Bozor iqtisodiyoti sharoitida hujjatlarni takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari. Ish 

yuritishning chet el tajribasi 

Bozor iqtisodiyoti sharoitida ish yuritishni ixchamlashtirishning asosiy yo’nalishlari. 

Hujjatlarni tuzish sifatini yaxshilash. 

Mehnat madaniyati. Hujjat aylanishini muvaffaqiyatli amalga oshirish. Hujjatlarni 

ishlab chiqish tartibi va olib borishni soddalashtirish. Rahbar va mutaxassislarni o’zlari 

tomonidan bajariladigan o’ziga xos bo’lmagan texnik xodimlar vazifasidan ozod qilish. 

Hujjatlarni qayd qilishni tartibini to’g’ri tuzilishi. Hujjatlar ijrosini nazorat qilishni 

amalga oshirish. Ish yuritish kadrlarini tanlash va joy-joyiga qo’yish. Ish yuritish 

sistemasida xodimlarning ish vaqtidan unumli foydalanish. 

Ish yuritish jarayonini ixchamlashtirish usullari. Ish yuritishni tashkil etishni 

o’rganish. O’rganish natijalarini tahlili. Ish yuritish sistemasini kompyuterlashtirishning 

ahamiyati. Ish yuritishni mexanizatsiyalashtirishning vositasiga umumiy tavsifnoma. 



3. SEMINAR MAShG’ULOTLARI MAVZUSI 

Hujjatlarni tayyorlashdagi asosiy talablar. Hujjatlar turlari 

Hujjatlarni to’g’ri tayyorlash va ularga qo’yiladigan talablar. Hujjatlarni turlari. 

Hujjatlar to’g’risida tushuncha, ularning asosiy turlari, ko’rinishlari. Sodda va murakkab 

hujjatlar turlari.* Xizmat hujjatlarini tahlil qilish uslubi. 



Sharnoma va kontraktlarning tuzilish asoslari. Ularga oid hujjatlar 

Shartnoma tuzish sharoitlari. Shartnoma turlari, ularni to’g’ri tanlash.* Shartnomada 

ko’rsatilishi zarur shartlari. Shartnoma muddatlari. Shartnomada qo’llaniladigan 

qo’shimchalar. 



Tashkiliy-farmoyish hujjatlar 

Tashkiliy-farmoyish hujjatlar klassifikatsiyasi.* Tashkiliy-farmoyishli hujjatlarni 

umumiy ta’rifi. Farmoyishli hujjatlar bilan ishlash.* 

Ish yuritishni tashkil etish va uning texnologiyasi 


Ish yuritishni tashkil etish.* Boshqarish faoliyati uchun hujjatlar axborotining 

ahamiyati. Hujjatlar aylanishi. Korrespondentsiyani qabul qilish. Korrespondentsiyani 

jo’natish.* 

Moliyaviy-hisoblash operatsiya hujjatlari 

Moliyaviy-hisobotlarda qo’llaniladigan hujjatlar turlari, nomlari, standart shakllari, 

ularni to’ldirish nusxalari va ularni tasdiqlovchi javobgar shaxslar. 

Hujjatlarni sistemaga keltirish va saqlash 

Ish yuritishni shakllantirish. Hujjatlarni joylashtirish tartibi.* Hujjatlardan operativ 

foydalanish.* Muddati o’tgan hujjatlarni arxivga topshirishni rasmiylashtirish. 

Hujjatlarni ro’yxatga olishning zarurati., qonun-qoidalari, vazifalari.* 

Hujjatlar tuzishni takomillashtirish, ixchamlashtirish, sifatini yaxshilash.* 

Byurokratizmga barxam berish. Ish yuritish jarayonini ixchamlashtirish va to’liq 

mexanizatsiyalashtirish. 

4. TAVSIYa ETILAYoTGAN MAVZULAR BO’YIChA KO’RGAZMA 

NAMOYISh MATERIALLARI 

"Ish yuritish asoslari" fani bo’yicha ko’rgazmali amaliy o’quv materiallari ro’yxati 

• 

Ish yuritish-ko’rgazmali albomi.  



• 

Tashkiliy hujjatlar.  

• 

Farmoyish hujjatlari.  



• 

Ma’lumot-axborot hujjatlari.  

• 

Xizmat yozishmalari.  



• 

Xodimlar faoliyatiga doir hujjatlar.  

• 

Hujjatlar ustida ishlash tartiboti. 



Slaydlar ro’yxati 

• 

Ish yuritishni tashkil etish.  



• 

Hujjatlarni to’g’ri tayyorlash.  

• 

Tashkiliy-farmoyishli hujjatlar.  



• 

Biznes reja va unga oid hujjatlar.  

• 

Hujjatlarni ro’yxatga qo’yish va bajarilishni nazorat qilish.  



• 

Ish yuritishning chet el tajribasi. 



Axborot manbalari ro’yxati 

• 

Yillik strategik ma’lumotlar.  

• 

Korxona hisobotlari.  



• 

Birja axborotlari.  

• 

Bank axborotlari.  



• 

Televidenie, radio yangiliklari.  

• 

Voqealar sharxi. 



 

 

5. O’ZLAShTIRISh NAZORATI 

"Ish yuritish asoslari" fanidan nazorat qilish turlari quyidagicha 

1.  Fan uchun belgilangan maksimal ball - 36 ball;  

2.  Fan uchun saralash bali - 19,8 ball. Shu jumladan: 

• 

joriy baholash - 12,6 ball;  



• 

oraliq baholash - 12,6 ball;  

• 

yakuniy baholash - 10,8 ball. 



6. ADABIYoTLAR 

Asosiy adabiyotlar 

1. Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. -T.: 

O’zbekiston, 1995.  

2.  O’zbekiston Respublikasini mehnat qonunlari Kodeksi. // Xalq so’zi, 1996 yil 30 

yanvar.  

3. O’zbekiston Respublikasini kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni 

rag’batlantirish to’g’risida qonun. // Xalq so’zi, 1996 yil 4 yanvar.  

4.  O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar to’g’risidagi qonuni. - T., 1995.  

5.  O’zbek tilida ish yuritish. - T., 1990.  

6. Mixeeva T.B, Sharer N.A.. Obuchenie kommercheskoy perepiske na russkom, 

uzbekskom i angliyskom yazikax. Uchebnoe posobie. - T.: TGU, 1993.  

7.  Deeva T.M. i drugie. Delovaya perepiska. - M., 1992.  

8.  Xozyaystvennie dokumenti. Sbornik dogovorov. - M., 1995.  

9.  Kommercheskiy dogovor ot zaklyucheniya do ispolneniya. - M., 1995.  

10. Averyanova L.V. Bankovskaya korrespondentsiya na angliyskom yazike. Uchetno-

raschetnie operatsii. - M., 1996.  



11. Fedotova. I.G., Tsigankova N.N. Kommertsiya i pravo Anglo-russkie sootvetstviya 

korrespondentsii. Uchebnoe posobie. - M., 1991.  

12. Pustozerova V.M. Oformlenie kupli-prodaji. - M.Prior, 1996.  

13. Oformlenie sdelok kupli-prodaji. Prakticheskie rekomendatsii. - M., 1995.  

14. Sbonik tipovix dogovorov. - M.: Infra-M, 1995.  

15. Yarigina I.Z. Kak organizovat rabotu s inostrannimi bankami i firmami. Protokoli, 

peregovori, kontrakti. -M.: A.O. Konsaltingbank, 1995.  

16. Posrednicheskie operatsii. Prakticheskie rekomendatsii po sostavleniyu dogovora. - 

M.,1995.  

17. Posrednicheskie sdelki. Dogovor porucheniya. Dogovor komissiya. - M., 1994.  

18. Import tovarov: oformlenie pasporta sdelki. - M., 1996.  

19. Fenova L.A. Vneshneekonomicheskie kontrakti: sbornik dogovorov. Kontraktov. - 

M., 1994.  

20. Tomsinov V.A. Vneshnetorgovie sdelki: Prakticheskie rekomendatsii po sostavleniyu 

kontraktov. - M., 1994. 

Qo’shimcha adabiyotlar 

1.  Andreev V.I. Deloproizvodstvo. 3-e izd. // Upravlenie personalom, 1996.  

2. Aminov M., Madvaliev A. va boshq. Ish yuritish. Amaliy qo’llanma. - T.: 

O’zbekiston Milliy Entseklopediyasi, 2000.  

3.  Doljnosnie instuktsii. - M.: PRIOR, 2002.  

4.  Ish yuritish atamalarining ruscha, o’zbekcha, qisqacha lug’ati. - T.: Fan, 1994.  

5.  Kuznetsov S.L. Deloproizvodstvo na kompyutere. 2-e izd. - M.: ZAO Biznes shkola 

Intel-sintez, 1999.  

6.  Metodicheskie ukazaniya po sostavleniyu delovoy dokumentatsii. G.Gafurova. - T., 

1985.  


7.  Muxiddinova X.S., Abdullaev N.A. Rasmiy uslubning diplomatik yozishmalar turi.- 

T.: O’z.RXTV. RTM, 1997.  

8.  Stanyukov M.V., Pustozerova V.I. Deloproizvodstvo v upravlenii personalom. - M.: 

PRIOR, 2001.  



9.  Stanyukov M.V. Obraztsi dokumentov po deloproizvodstvu. - M.: PRIOR. 

 

Document Outline

  • O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
    • "RO’YXATGA OLINDI" 
    • № VM-343-53402-3.20 "1" iyul 2003 y.
    • "TASDIQLANDI" O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi 
    • ____________________ "8" iyul 2003 y.
    •  
    • ISh YuRITISh ASOSLARI fanidan DASTUR 
      • Oliy ta’limning 340000 - "Biznes va boshqaruv" ta’lim sohasidagi 5340200 - "Menejment" bakalavriat yo’nalishi uchun 
        •  
        •  
        •  
        • Toshkent - 2003 
      • 1. SO’Z BOShI 
        • Fanni o’qitish maqsadi, vazifalari va boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi 
        • Fanni o’qitish bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar 
        • Seminar mashg’ulotlari bo’yicha bajariladigan ishlar maksimal miqdoriga talablar 
        • Auditoriya mashg’uloti turlarining soatlar hajmi 
        • Talabalar bilimini baholash uchun o’tkaziladigan nazorat tadbirlari 
        • Kompyuter, axborot va yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash 
        • INTERNET tarmoqlarida mavjud bo’lgan fanga taalluqli saytlar ro’yxati: 
        • Ish dasturini tuzishga oid uslubiy tavsiyalar 
      • 2. FAN DASTURI 
        • Iqtisodiyotni va tashkilotlarni boshqarishda ish yuritishni tutgan o’rni 
        • Hujjatlarni tayyorlashdagi asosiy talablar. Hujjatlarni (klassifikatsiyasi) tasniflanishi 
        • Shartnoma va kontraktlarning tuzilishi asoslari. Ularga oid hujjatlar 
        • Tashkiliy-farmoyishli hujjatlar 
        • Ish yuritishni tashkil etish va uning texnologiyasi 
        • Moliyaviy hisoblash operatsiyalari bo’yicha hujjatlar 
        • Hujjatlarni sistemaga keltirish va saqlash 
        • Hujjatlarni ro’yxatga qo’yish va bajarilishini nazorat qilish 
        • Bozor iqtisodiyoti sharoitida hujjatlarni takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari. Ish yuritishning chet el tajribasi 
      • 3. SEMINAR MAShG’ULOTLARI MAVZUSI 
        • Hujjatlarni tayyorlashdagi asosiy talablar. Hujjatlar turlari 
        • Sharnoma va kontraktlarning tuzilish asoslari. Ularga oid hujjatlar 
        • Tashkiliy-farmoyish hujjatlar 
        • Ish yuritishni tashkil etish va uning texnologiyasi 
        • Moliyaviy-hisoblash operatsiya hujjatlari 
        • Hujjatlarni sistemaga keltirish va saqlash 
      • 4. TAVSIYa ETILAYoTGAN MAVZULAR BO’YIChA KO’RGAZMA NAMOYISh MATERIALLARI 
        • "Ish yuritish asoslari" fani bo’yicha ko’rgazmali amaliy o’quv materiallari ro’yxati 
        • Slaydlar ro’yxati 
        • Axborot manbalari ro’yxati 
      •  
      •  
      • 5. O’ZLAShTIRISh NAZORATI 
        • "Ish yuritish asoslari" fanidan nazorat qilish turlari quyidagicha 
      • 6. ADABIYoTLAR 
        • Asosiy adabiyotlar 
        • Qo’shimcha adabiyotlar 

Download 75.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling