Tasdiqlangan davlat soliq xizmati organlari rahbariyati va mansabdor shaxslari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarni qabul


Download 36.6 Kb.
Pdf просмотр
Sana09.02.2018
Hajmi36.6 Kb.

Davlat soliq qo‘mitasining 

2013 yil 15 avgustdagi 340-sonli buyrug‘iga asosan  

tashkil etilgan Ixtisoslashtirilgan komissiyaning  

2015 yil 16 maydagi 11-sonli qarori bilan 

TASDIQLANGAN 

 

 

DAVLAT SOLIQ XIZMATI ORGANLARI RAHBARIYATI VA MANSABDOR 

SHAXSLARI TOMONIDAN JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNI QABUL 

QILISH DAVLAT XIZMATI  

REGLAMENTI 

 

 

1. XIZMAT KO‘RSATISH MAZMUNI 

 

1.1. Xizmat ko‘rsatish nomi  

Davlat  soliq  xizmati  organlari  rahbariyati  va  mansabdor  shaxslari  tomonidan 

jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish. 

1.2. Xizmat ko‘rsatish natijasi 

Davlat  soliq  xizmati  organlari  rahbariyati  va  mansabdor  shaxslarining  qabuliga 

kirish. 

1.3. Xizmat ko‘rsatuvchi organ 

Davlat  soliq  xizmati  organlarida  jismoniy  shaxslar  va  yuridik  shaxslarning 

vakillarini qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, hududiy davlat 

soliq  boshqarmalari  va  tuman  (shahar)  davlat  soliq  inspektsiyalari  tomonidan  amalga 

oshiriladi. 

1.4. Huquqiy asoslari 

O‘zbekiston  Respublikasining  2014  yil  3  dekabrdagi  «Jismoniy  va  yuridik 

shaxslarning  murojaatlari  to‘g‘risida»gi  Qonuni,  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasining 1999  yil 29 martdagi «O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va 

boshqaruv  organlarida  ish  yuritish  va  ijro  nazoratini  tashkil  etish  bo‘yicha  normativ-

huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida»gi 140-sonli qarori. 



1.5. Xizmatdan foydalanuvchilar 

O‘zbekiston  Respublikasi  va  xorijiy  davlatlarning  jismoniy  va  yuridik  shaxslari 

hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar. 

1.6. So‘rovnoma berish muddati 

Davlat  soliq  xizmati  organlari  rahbariyati  va  mansabdor  shaxslari  qabuliga 

kirmoqchi bo‘lgan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari istagan vaqtlarida 

(shaxsan  kelish  yo‘li  bilan,  telefon  hamda  interaktiv  davlat  xizmatlari  orqali)  qabulga 

yozilishi mumkin.  


 

Davlat  soliq  xizmati  organlari  rahbariyati  va  mansabdor  shaxslari  qabuliga 



kirmoqchi bo‘lgan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarni qabulga yozish qabul bo‘lib 

o‘tadigan kuni qabul boshlanishi vaqtidan 30 daqiqa oldin to‘xtatiladi. 



1.7. Ijro muddati 

Davlat  soliq  xizmati  organlarida  jismoniy  shaxslar  va  yuridik  shaxslarning 

vakillarini qabul qilish belgilangan kun va soatlarda, qabul qilish jadvallariga muvofiq 

amalga oshiriladi. 

Davlat soliq xizmati organlari rahbariyati va mansabdor shaxslari qabuliga kelgan 

jismoniy  shaxslar  va  yuridik  shaxslarning  vakillarini  qabul  qilish  navbatma-navbat 

amalga oshiriladi. 

1.8. Tasdiqnoma yuborish muddati  

Davlat  soliq  xizmati  organlari  rahbariyati  va  mansabdor  shaxslari  tomonidan 

jismoniy  shaxslar  va  yuridik  shaxslarning  vakillarini  qabul  qilish  yuzasidan  berilgan 

so‘rovlarga tasdiqlar o‘sha zaxoti beriladi. 

 

2. XIZMATDAN FOYDALANUVCHILARNI  

XABARDOR QILISH 

2.1. Ma’lumot hajmi va tarkibi 

Davlat  soliq  xizmati  organlari  rahbariyati  va  mansabdor  shaxslari  tomonidan 

jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish davlat xizmati yuzasidan foydalanuvchilarga 

qo‘yidagi ma’lumotlar beriladi: 

davlat  soliq  xizmati  organlarining  joylashgan  manzillari,  o‘tish  yo‘llari  hamda 

navbatchi qismlarning telefon raqamlari;   

davlat  soliq  xizmati  organlari  rahbariyati  va  mansabdor  shaxslari  ro‘yxati  va 

ularning qabul qilish kun va soatlari. 



2.2. Kengaytirilgan holda xabardor qilish 

Jismoniy  va  yuridik  shaxslarni  (ularning  vakillarini)  qabul  qiluvchi  davlat  soliq 

xizmati organining mas’ul mansabdor shaxslari ro‘yxati va ular tomonidan jismoniy va 

yuridik  shaxslarni  (ularning  vakillarini)  qabul  qilish  jadvallari  davlat  soliq  xizmati 

organlari  ma’muriy  binolarida  hamma  kirishi  mumkin  bo‘lgan  joylardagi  stendlarda 

hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining www.soliq.uz rasmiy veb 

saytida joylashtirib boriladi. 

2.3. So‘rov bo‘yicha xabardor qilish 

Davlat  soliq  xizmati  organlari  rahbariyati  va  mansabdor  shaxslari  qabuliga 

yoziladigan  jismoniy  va  yuridik  shaxslar  ularning  so‘rovlari  qabul  qilinganligi 

to‘g‘risida telefon qo‘ng‘irog‘i orqali ma’lumot olishlari mumkin. 



 

 

2.4. Xizmat ko‘rsatish joyi haqida xabardor qilish 

Davlat  soliq  xizmati  organlari  joylashgan  manzillari,  o‘tish  yo‘llari  hamda 

navbatchi  qismlarning  telefon  raqamlari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq 

qo‘mitasining www.soliq.uz rasmiy veb saytida ko‘rsatilgan. 

2.5. Foydalaniladigan blanka (forma)lar  

Davlat  soliq  xizmati  organlari  rahbariyati  va  mansabdor  shaxslari  tomonidan 

jismoniy  va  yuridik  shaxslarni  qabul  qilish  davlat  xizmatidan  foydalanish  uchun 

tasdiqlangan blanka (forma)lar ishlatilmaydi. 



 

3. XIZMAT KO‘RSATISH 

3.1. Ish vaqti 

Qabulga yozilish ish kunlari soat 9-00 dan 18-00 ga qadar amalga oshiriladi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq  qo‘mitasining  www.soliq.uz  rasmiy  veb 

saytidagi interaktiv xizmati orqali kunning istalgan vaqtida qabulga yozilish mumkin. 



3.2. Kutish sharti 

Davlat  soliq  xizmati  organlarida  jismoniy  shaxslar  va  yuridik  shaxslarning 

vakillarini qabul qilish navbatma-navbat amalga oshiriladi. 

Qabulga  kelganlar  o‘z  navbatini  maxsus  ajratilgan  xonalarda  (kutish  xonalari, 

navbatchi qism xonalari) kutishadi. 

 

4. XIZMAT KO‘RSATISH TARTIB – TAOMILI 



4.1.Talab qilinadigan hujjatlar 

Qabulga  kelgan  jismoniy  shaxs  o‘z  shaxsini  tasdiqlovchi  hujjatni,  yuridik 

shaxsning vakili esa o‘z vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatni, shuningdek o‘z shaxsini 

tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatishi kerak.  



4.2. Xizmat ko‘rsatish qiymati 

Xizmat bepul ko‘rsatiladi. 



4.3. Xizmat ko‘rsatish bosqichlari 

Qabulga  kelganlar  «Jismoniy  va  yuridik  shaxslarni  qabul  qilish  kitobi»da 

ro‘yxatga olinadi. Kitobga jismoniy shaxsning yoki yuridik shaxs vakilining familiyasi, 

ismi-sharifi, yashash va ishlash manzili, murojaatning qisqacha mazmuni yoki maqsadi 

qayd etiladi. 

Navbati  kelgan  murojaat  etuvchini  Navbatchi  qism  xodimi  qabul  xonasiga 

kuzatib qo‘yadi. 

4.4. Xizmat ko‘rsatishning ichki-idoraviy harakatlari 

Davlat  soliq  xizmati  organlari  rahbariyati  va  mansabdor  shaxslari  qabuliga 

yozilish  shaxsan  kelish,  telefon  qo‘ng‘irog‘i  hamda  Davlat  soliq  qo‘mitasining 


 

www.soliq.uz rasmiy veb saytidagi interaktiv xizmati orqali amalga oshiriladi. 



Bevosita  qabul  bo‘lib  o‘tadigan  kunlari  kelgan  jismoniy  shaxslar  va  yuridik 

shaxslarning vakillari belgilangan vaqtdan kechikmasdan Ruxsatnomalar berish byurosi 

navbatchisiga murojaat qilib, qabulga yozilishlari lozim.  

Qabulga  kelgan  jismoniy  shaxslar  yoki  yuridik  shaxslarning  vakillari 

respublikaning  olis  hududlari  yoki  xorijiy  davlatlardan  bo‘lsa,  davlat  soliq  xizmati 

organlarining  Navbatchi  qismi  xodimlari  bu  haqda  Kotibiyatga  yoki  rahbariyatga 

ma’lum  qiladi  va  murojaat  uchun  kelgan  shaxsni  jadvaldan  tashqari  qabul  qilishni 

tashkillashtiradi. 

Davlat  soliq  qo‘mitasi  Raisining  qabuliga  kelgan  jismoniy  va  yuridik  shaxslar 

murojaatlari  bo‘yicha  tezkor  o‘rganishni  talab  etadigan  masalalarni  hal  etishni  tashkil 

etish  maqsadida,  qabul  kuni  Kotibiyat  tomonidan  qo‘mita  markaziy  apparati  tarkibiy 

tuzilmalari hamda hududiy davlat soliq xizmati organlari boshliqlari xabardor qilinadi. 

Qabul  chog‘ida  jismoniy  shaxslar  yoki  yuridik  shaxslarning  vakillari  o‘z 

murojaati bo‘yicha to‘la-to‘kis javob olib qanoatlangan taqdirda, «Jismoniy va yuridik 

shaxslarni qabul qilish kitobi»da bu haqda belgi qo‘yilib, qabulga yakun yasaladi. 

Agar  jismoniy  yoki  yuridik  shaxs  murojaatini  hal  qilish  uchun  qo‘shimcha 

ma’lumotlar  to‘plash,  o‘rganish  yoki  tekshirish  o‘tkazish  zarurati  tug‘ilib,  qabul 

chog‘ida  javob  berish  imkoni  bo‘lmasa,  bu  haqda  jismoniy  yoki  yuridik  shaxsga 

ma’lum qilinadi va shundan so‘ng: 

jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilgan rahbar (Rais, 

Rais o‘rinbosari, hududiy davlat soliq xizmati organi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari) 

murojaatni  belgilangan  tartibda  ko‘rib  chiqish  va  javob  qaytarish  bo‘yicha  tegishli 

tarkibiy tuzilma(lar)ga rasmiy topshiriq chiqaradi. Ushbu topshiriq belgilangan tartibda 

Devonxonada ro‘yxatga olinadi va ijrosi nazorat qilinadi; 

qabul  jadvaliga  muvofiq,  qabul  tarkibiy  tuzilma  rahbari  tomonidan  amalga 

oshirilgan  hollarda  rahbariyatga  rasman  bildirishnoma  kiritiladi  va  rahbariyatning 

munosabat belgisi (rezolyutsiyasi) bo‘yicha murojaatni ko‘rib chiqish tashkil etiladi. Bu 

holda  ham  rahbar  munosabat  belgisi  (rezolyutsiyasi)  bilan  bildirishnomani 

Devonxonada  hisobga  olish  va  ijrosini  nazorat  qilishning  belgilangan  tartibiga  amal 

qiladi. 


4.5. Rad qilish asoslari 

Qabulga yozilish quyidagi sabablarga asosan rad etilishi mumkin: 

Jismoniy shaxsning o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmagan takdirda; 

Yuridik  shaxslarning  vakillarida  ularning  vakolatini  va  shaxsini  tasdiqlovchi 

hujjatlari bo‘lmagan taqdirda; 

Qonunga zid bo‘lgan boshqa xatti-harakatlar sodir etilganda. 

O‘zbekiston  Respublikasining  «Jismoniy  va  yuridik  shaxslarning  murojaatlari 


 

to‘g‘risida»gi  Qonunining  8-moddasiga  muvofiq  Jismoniy  shaxslarni  va  yuridik 



shaxslarning  vakillarini  qabul  kilish,  agar  ularning  shunday  xususiyatga  ega  bo‘lgan 

ilgarigi murojaati bo‘yicha qaror qabul qilingan bo‘lsa, rad etilishi mumkin. 



 

 

5. SIFATNI TA’MINLASH 

 

5.1. Sifat ko‘rsatkichlari 

Ko‘rsatilgan  xizmatning  sifati  takroriy  murojaatlarning  past  ko‘rsatkichi  bilan 

aniqlanadi. 

5.2. Xizmatning sifatsizligi bo‘yicha shikoyat kilish 

Xizmatdan  foydalanuvchi  davlat  soliq  xizmati  organlari  tomonidan  sifatsiz 

ko‘rsatilgan xizmat,  xizmat ko‘rsatish jarayonlariga rioya qilmaslik holatlari bo‘yicha, 

mansabdor  shaxslarning  harakatlari  yoki  harakatsizligi  ustidan  shikoyat  berish  uchun 

davlat soliq xizmatining yuqori turuvchi organiga (yuqori turuvchi mansabdor shaxsiga) 

yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.  

 

 

Kiritildi: 



Navbatchi qism boshlig‘i v.v.b.                                      M.Mirzamaxmudov 

 

 



Kelishildi: 

Texnik boshqarma boshlig‘i                                          A.Qurbonov 

 



Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling