«tasdiqlangan» «max plumber»


Download 56.5 Kb.
bet1/9
Sana14.01.2023
Hajmi56.5 Kb.
#1093218
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ustav hujjatlari


Xorazm viloyati tomonidan 2022-yil 15-sentabrda
1965314-son reestr raqami bilan
«RO’YXATGA OLINGAN»

«MAX PLUMBER» mas’uliyati cheklangan jamiyati ishtrokchilarining 2022- yil 15-sentabrdagi 1-son umumiy yig’ilishi
bayonnomasi bilan
«TASDIQLANGAN»



«MAX PLUMBER»
MAS’ULIYATI CНEKLANGAN JAMIYATINING USTAVI

Urganch shahar – 2022




  1. UMUMIY QOIDALAR


    1. «BIG ALPHA» Mas’uliyati cheklangan jamiyatining (bundan buyon matnda «Jamiyat» deb yuritiladi) mazkur Ustavi O‘zbekiston Respublikasining «Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida»gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari, shuningdek Jamiyat Ishtirokchilarining 2022-yil 15-sentabr dagi Ta’sis shartnomasi asosida ishlab chiqilgan.

    2. Jamiyatning Ishtirokchilari:

— «XASANOV AKMAL IKRAMOVICH» — 100 000 000.00 UZS, ya’ni 100.00%;
.

    1. Jamiyatning to‘liq firma nomi:

Davlat tilida: «MAX PLUMBER» mas’uliyati cheklangan jamiyati,
Rus tilida: Общество с ограниченной ответственностью «MAX PLUMBER»; Jamiyatning qisqartirilgan firma nomi:
Davlat tilida: «MAX PLUMBER» MChJ Rus tilida: OOO «MAX PLUMBER».

    1. Jamiyatning pochta manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati.

    2. Jamiyat cheklanmagan muddatga tashkil etiladi.



  1. JAMIYATNING YURIDIK MAQOMI


    1. Jamiyat O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga asosan yuridik shaxs hisoblanadi. Jamiyat belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi.

    2. Jamiyat o‘z faoliyatini mazkur ustav va O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq va ta’sis hujjatlariga asosan amalga oshiradi.

    3. Jamiyat o‘z majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi. Jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zararlar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar. Jamiyatning o‘z hissasini to‘la qo‘shmagan ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo‘yicha har bir ishtirokchi hissasining to‘lanmagan qismining qiymati doirasida solidar javobgar bo‘ladilar.

    4. Jamiyat o‘zining firma nomi yozilgan shtamp va blankalarga, shuningdek belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan o‘z emblemasiga, tovar belgisiga ega bo‘lishga haqli.

    5. Jamiyat o‘z egaligida mustaqil balansda hisobga olinadigan alohida mol-mulkka ega, o‘z nomidan huquqlar va majburiyatlar olishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.




  1. Download 56.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling