Tasdiqlangan» «Qoraqalpoq hetк» aj aktsiyadorlari umumiy yig'ilishi qarori bilan 2016 yil 28 iyun'
V. IСhKI NAZORAT TIZIMIGA JAVOBGAR ORGANLAR
Download 20.1 Kb.
|
ichki-nazorat-nizomi
V. IСhKI NAZORAT TIZIMIGA JAVOBGAR ORGANLAR
VA ShAXSLAR 10. Ichki nazoratni Taftish komissiyasi, Jamiyat Kuzatuv kengashi, Ijro organi raxbari, ichki audit xizmati, shuningdek Jamiyatning barcha darajadagi boshqa xodimlari amalga oshiradilar. Bunda ularning har biri belgilangan tartibda ichki nazorat uchun javobgardir. 11. Jamiyatda faoliyat ko'rsatayotgan bo'linmalarining funktsiyalari, xuquqlari va majburiyatlari, javobgarligi, ularga to'lanayotgan xak, mukofot va kompentsasiyalarni xisoblash tartibi Jamiyatning ichki xujjatlarda belgilanadi. Ushbu xujjatlar, shuningdek ichki nazorat masalalariga bevosita yoki bilvosita ta'sir ko'rsatadigan boshqa xujjatlar ushbu Nizomga zid bo'lishi mumkin emas. 12. Jamiyatning moliya-xo'jalik faoliyati ustidan nazoratni tizimli tashkil etilishini ta'minlash maqsadida ichki nazorat protseduralari (tartib tamoyillari) Jamiyatning vakolatli bo'linmasi - ichki auditorlik xizmati tomonidan amalga oshiriladi va bunday xizmat bo'lmagan takdirda, Jamiyatning ichki nazorat uchun mas'ul bo'lgan Taftish komissiyasi tomonidan jamiyatning boshqa a'zolari va bo'limlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. 13. Kuzatuv kengashi funktsiyalariga kuyidagilar kiradi: - Ichki nazorat tizimining rivojlantirish strategiyalarini va ayrim operatsiyalarni ma'kullash yunalishlarini belgilash; - jamiyat aktsiyadorlarining yillik umumiy yigilishida. Jamiyat ijro etuvchi organi raxbarining muntazam xisobotlaridan, ichki va tashki auditlar xisobotlaridan, taftish komissiyasi xisobotlaridan va boshqa manbalardan olingan ma'lumotlar asosida ichki nazorat tizimining ishonchliligi va samaradorligini tahlil qilish va baholash natijalari to'g'risida ma'lumot kiritish; - ichki nazorat uchun mas'ul bo'lgan jamiyat bo'linmasi va uning tarkibini belgilash; - ichki nazorat jarayonlari va tartiblarini doimiy takomillashtirish. 14. Jamiyatda moliyaviy xisobotlarning to'g'riligi va to'likligi, ichki nazorat tizimining ishonchliligi va samaradorligi ustidan nazoratni tashkil etishga ustidan nazoratni tashkil etishga Kuzatuv kengashi mas'uldir. 15. Ichki nazorat tizimining Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan Jamiyatning ichki nazorati soxasidagi siyosatiga muvofiq xolda ishlashi uchun javobgarlik Jamiyatning ijro etuvchi organi raxbariga yuklatiladi. Jamiyatning ijro organi raxbari ichki nazorat tizimini joriy etilishini va samarali ishlashini ta'minlagan xolda, ichki nazorat tizimidagi jiddiy kamchiliklar va xatarlar hamda ularni bartaraf etish buyicha chora-tadbirlar rejalari va natijalari to'g'risida Kuzatuv kengashiga o'z vaktida axborot kiritadi. 16. Nazoratni amalga oshirish strategiyasi va tartiblarini batafsil ishlab chiqishda har kanday darajadagi bo'linmalarning xodimlari o'z vakolatlari doirasida bevosita ishtirok etadilar. Gayrioddiy vaziyatlar va muammolar yuzaga kelganda ularni hal qilish ushbu xodimlarning vazifasidir. Xodimlar ma'lum bir bitimdan kelib chiqadigan muxim muammolar yoki xatarlar to'g'risida Jamiyatning yukori raxbariyatiga axborot beradilar. 17. Jamiyat va uning alohida bo'linmalarining moliya-xo'jalik faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish uchun javobgarlik doimiy ravishdagi ichki nazorat organi - Taftish komissiyasiga yuklatiladi. 18. Ichki nazorat protseduralarining bajarilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish uchun javobgarlik, ya'ni Jamiyat tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy va xo'jalik operatsiyalarining O'zbekiston Respublikasi qonunlari va umuman Jamiyat Ustaviga muvofiqligi, shuningdek buxgalteriya xisobi va moliyaviy xisobotlarining to'likligi va ishonchliligi, ichki audit xizmati zimmasiga yuklatiladi. Ichki audit xizmati to'g'risidagi nizom Jamiyat Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi. 19. Jamiyatning ichki audit xizmati Kuzatuv kengashiga ichki audit va ichki nazorat tizimi natijalari tug'risida xisobot beradi. Jamiyatning ichki audit xizmati Kuzatuv kengashiga buysunadi. 20. Kuyidagi shaxslar Jamiyatning ichki audit xizmatida lavozimlarni egallash xukukiga ega emaslar: - iktisodiyot soxasidagi jinoyatlarni yoki tartib jinoyatlarini sodir etganligi uchun sudlanganligi tugallanmagan shaxslar; - jamiyatning ijro organi raxbari yoki a'zolari bo'lgan shaxslar; - jamiyatning rakibi bo'lgan boshqa yuridik shaxsning ta'sischilar (aktsiyadorlar, ishtirokchilar), ijro etuvchi xokimiyat raxbari yoki a'zolari yoki ishchilari bo'lgan shaxslar; Ichki audit xizmati a'zolariga bo'lgan boshqa talablar Jamiyat Kuzatuv kengashi tomonidan belgilanishi mumkin. 21. Ichki nazorat tizimining to'g'ri ishlashi xodimlarning kasbiy maxoratiga ham bog'lik. Jamiyat xodimlarni tanlash, ishga yollash, ukitish va ularning yukori malakasini hamda yukori ahlokiy meyorlarga muvofiqligini ta'minlashga intiladi. Download 20.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling