Tasdiqlangan “Respublika kơp tarmoqli agrosanoat birjasi” aj arbitraj komissiyasi tơg’risida nizom


Download 47.11 Kb.

Sana01.03.2018
Hajmi47.11 Kb.

 

«RKTAB» AJ Birja Kengashining  

06.09.2016  yildagi  9-son Bayonnoma bilan 

TASDIQLANGAN 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



“Respublika kơp tarmoqli agrosanoat birjasi” AJ Arbitraj komissiyasi tơg’risida 

NIZOM 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Toshkent – 2016 



 Preambula…….………………………………………………………………………………3 

1 bob. Umumiy qoidalar.....…………….……………………………………………..………3 

§1. Arbitraj komissiyasini tuzish tartibi va uning faoliyatini tashkiliy asoslari ...................…..3 

§2. Arbitraj komissiyasi vazifalari…………………………………………………………..…3 

§3. Arbitraj komissiyasi huquq va majburiyatlari…………..………………………..………...4 

§4. Arizachilar va boshqa manfaatdor shaxslarning huquq va majburiyatlari ..……………….5 

2 bob. Arbitraj komissiyasi faoliyati........……………………………………………….….......5 

§1. Arbitraj komissiyasi tomonidan nizolarni kơrib chiqish tartibi………………………..….…5 

§2. Birja A'zolari ơrtasidagi, Birja A'zolari va ularning mijozlari ơrtasidagi nizolarni kơrib 

chiqish…………………………………………………………………...………………………6 

3 bob. Arbitraj komissiyasi qarorlari  va ularning ijrosi...……………………………………..….6 

§1. Arbitraj komissiyasi qarorlarini qabul qilish tartibi.....……………………………..………...6 

§2. Qarorlar ijrosi......……………………………………………………….………………..….7 

4 bob.  Yakuniy qoidalar...................………………………………………………………..…....7 

§1. Arbitraj komissiyasi faoliyati, hujjatlarni saqlanishi ustidan nazorat..……………..…..……7 

§2. Ushbu Nizomni kuchga kirishi va ơrgartish hamda qơshimchalar kiritish 

tartibi.......………………………………………………………………………………………….7 

  

           Ushbu Arbitraj komissiyasi tơg’risidagi Nizom 12.09.Ơzbekiston Respublikasining 



“Birjalar va birja faoliyati tơg’risida”gi Qonuni 12.09.2014 yildagi ƠRQ-375-son Ơzbekiston 

Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan  yangi tahriri (Ơzbekiston Respublikasi qonunloari 

tơplami, 2014y, 38-son, 481 bet), qonunchilikning boshqa hujjatlari, “Respublika kơp tarmoqli 

agrosanoat birjasi” AJ (keyingi ơrinlarda-Birja) Ustaviga muvofiq ishlab chiqilgan va Birja 

A'zolari ơrtasida, Birja A'zolari va ularning mijozlari ơrtasida paydo bơlayotgan nizolarni hal  

etish, Respublika kơp tarmoqli agrosanoat birjasidada savdo qilish Qoidalarida (keyingi ơrinlarda 

– Qoidalar) nazarda tutilgan, Birjada kelishuvlarni tuzish va bajarish jarayonida  yuzaga keladigan 

masalalarni echish tartibini belgilaydi. 



1 bob. Umumiy qoidalar 

§1. Arbitraj komissiyasini tuzish tartibi va uning faoliyatini tashkiliy asoslari  

1.  Birja arbitraj komissiyasi (keyingi ơrinlarda - Komissiya ) Birja Bosh direktori qarori bilan 

tashkil  etiladigan Birjaning shtatdan tashqari tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi. 

2. Komissiyani umumiy tashkiliy-uslubiy rahbarligi Birja Bosh direktori tomonidan tayinlangan 

shaxs tomonidan amalga oshiriladi.  

3. Arbitraj komissiyasi tarkibiga Birja Bosh makleri, Birja hisob-kitob-kliring palatasi Raisi, Birja 

huquqshunosi va Bosh makler taklifiga kơra Bosh direktor tomonidan tasdiqlangan  yuqori 

malakali Birja A'zolari treyderlari tarkibidan ikki nafar mustaqil shaxslar kiradi. Arbitraj 



komissiyasi tarkibi Birja Bosh direktori buyrug’i bilan tasdiqlanadi. Arbitraj komissiyasi shaxsiy 

tarkibidagi ơrgarishlar Birja Bosh direktori buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi. 

4. Komissiya  Raisi majburiyatlariga quyidagilar kiradi: 

   Birja A'zolari va ularning mijozlarini arizalarini kơrib chiqilishini ta'minlash; 

   Birja a'zolari va ularning mijozlarining arizalarini ơrnatilgan tartibda kơrib chiqilishini  

ta'minlash; 

ishlarni  eshituvga/kơrib chiqishga tayyorlash; 

   zarur bơlgan hollarda maslahat ovozi huquqiga  ega boshqa mutaxassilarni ( ekspertlarni) jalb 

qilish; 

   Komissiyani chaqirish va yig’ilishlarini ơtkazish hamda ularda raislik qilish;  

   Bir yilda bir marotaba Birja Bosh direktoriga Komissiya  ishi tơg’risida hisobot taqdim  etish. 

5. Komissiya  ơz ishida Ơzbekiston Respublikasi qonunchiligiga, Birja Ustaviga, Birja Qoidalari 

va ichki nizomlariga tayanadi. 

6. Arbitraj komissiyasi yig’ilishlari arbitraj komissiyasi raisi tomonidan zaruratga kơra chaqiriladi. 

Arbitraj komissiyasi yig’ilishini ơtkazish uchun kvorum a'zolar sonining 60 foizidan kam 

bơlmasligi kerak. Arbitraj komissiyasi yig’ilishlarida bayonnoma  yuritiladi. Arbitraj 

komissiyasida ish  yuritishni uning kotibi olib boradi 

§2. Arbitraj komissiyasi funksiyulari 

7. Arbitraj Komissiyasi quyidagi funksiyularni amalga oshiradi: 

  Birjada kelishuvlarni rơyxatga olish va shartnomalarni rasmiylashtirishda  yuzaga keladigan 

nizolar va masalalarni hal  etadi

  Birja A'zolari tomonidan Birjaning ichki nizomlari va Qoidalariga rioya   etilishi masalalari 

bơyicha nizoli holatlarni hal  etadi; 

  Birja A'zolarining ularning huquqlarining kamsitilishi va Birja savdolarining barcha 

ishtirokchilarining tengligi prinsipining buzilishi tơg’risidagi arizalarini kơrib chiqadi;  

  Birja arbitraj tajribasini ơrganadi va umumlashtiradi va bu asosda Qoidalarni takomillashtirish 

bơyicha takliflarni ishlab chiqadi. 

8. Komissiya  quyidagilar ơrtasida  yuzaga keladigan nizolarni kơrib chiqadi: 

  Birja a'zolari ơrtasida; 

  Qoidalarda nazarda tutilgan masalalar bơyicha Birja A'zolari va ularning mijozlari ơrtasida.  

9. Savdo ishtirokchilari tomonidan Birjada Qoidalarga rioya   etilishi, ular tomonidan amalga 

oshirilgan kelishuvlar bơyicha kelishuv majburiyatlarini bajarishda qonunchilikka rioya  etilishi, 

Birja A'zolari tomonidan va komissiyani mijozlar bilan kelishuv  majburiyatlarini bajarilishiga 

kơmaklashadi.  

10. Birjada nizolarni hal  etishda, Komissiya  aybdor tomonni aniqlaydi va Qoidalarda nazarda 

tutilgan, Qoidalar va kelishuv majburiyatlarini buzuvchilarga qơllanishi lozim bơlgan 

sanksiyalarini belgilaydi. 

11. Nizolarni kơrib chiqishda Birja A'zolari faoliyatidagi qonunbuzilishlar aniqlangan taqdirda 

Komissi  Birja Bosh direktor nomiga aybdor tomondan Qoidalar bilan belgilangan miqdordagi 

jarimani undirish tơg’risida tavsiya  chiqaradi 

12. Quyidagi holatlarda Komissiya  murojaatlarni kơrmasdan qoldiradi: 

a) avval qabul qilingan Komissiya  qarori yoki Birja Bosh direktori qarori mavjud; 

b) Birja Bosh direktori tomonidan qabul qilingan qaror ustidan sud tartibida shikoyat qilingan 

bơlib, sud tomonidan talablarni rad  etish tơg’risidagi qaror va/yoki nizo predmeti bơyicha hal 

qiluvchi qaror qabul qilingan; 

v) sud organlarining qabul qilingan hal qiluv qarori mavjud; 


g) taqdim  etilgan nizo Komissiya  vakolatiga tegishli  emas va bu nizo faqat sud tartibida kơrib 

chiqilishi mumkin. 

Murojaatni kơrib chiqmasdan qoldirish tơg’risidagi qaror qonunchilik bilan belgilangan 

muddatlarda manfaatdor tomonlarga xabar qilinadi. 



§3. Arbitraj komissiyasi huquq va majburiyatlari 

13. Komissiya  quyidagi huquqlarga  ga: 

a)  yuzaga kelayotgan nizolar bơyicha yozma murojaat qabul qilingandanda nizoni ob'ektiv va 

tơg’ri echimini topish uchun Birja A'zosidan hujjatlarni taqdim  etishini talab qilish

b)  nizoni kơrib chiqish uchun zarur hollarda tegishli sohalarda maxsus bilimlarga  ega 

mutaxassislarni taklif  etish; 

v) Birja A'zolaridan ularni Birjada savdolarni ơtkazish jarayonida amalga oshirilgan harakatlar va 

tuzilgan kelishuvlar bơyicha yozma tushuntirishlar olish; 

g) nizoni har tomonlama, tơliq va ob'ektiv hal  etilishi uchun zarur bơlgan boshqa ma'lumotlarni 

olish; 


d) majburiyatlarni buzgan tomonlarga (Birja A'zolari) qoidalar bilan nazarda tutilgan sansiyalarni 

qơllashni Birja Bosh direktoriga tavsiya   etish

e) qaror chiqarish uchun yig’majildda zarur dalillar mavjud bơlsa tomonlar vakillarisiz arizalarni 

kơrib chiqish. 

14. Komissiya  quyidagilarga majbur: 

a) Birjada kelishuvlar buyicha tomonlarning huquq va majburiyatlarini tartibga soladigan me'yoriy 

hujjatlarga amal qilish; 

b)  nizolarni kơrib chiqishda qonunchilik talablarini buzmaslik va qat'iy qonun doirasida harakat 

qilish. 

§4. Arizachilar va boshqa manfaatdor shaxslarning huquq va majburiyatlari 

15. Arizachilar,Birja A'zolari va ularning mijozlariga quyidagi huquqlarga  ga:  

a) ơzining buzilgan huquqlari va birja bozori ishtirokchilari huquqlarini himoya  qilish uchun 

Komissiyaga ariza topshirish;  

b) Komissiyadagi ish materiallari bilan tanishish;  

v) Komissiya  yig’ilishlarida shaxsan yoki vakil orqali (ishonchnomaga kơra) ishtirok  etish

g) nizo predmetiga tegishli hujjatlar yoki qơshimcha dalillarni taqdim  etish; 

16. Birja A'zolari va ularning mijozlari – Arizachilar quyidagilarga majbur: 

a) kelishuv majburiyatlarini bajarish bơyicha qonunchilik talablariga rioya   etish; 

b) boshqa Birja A'zolari va Birjaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini buzmaslik; 

v) nizoni hal  etish uchun Komissiya  tomonidan sơralgan barcha zarur hujjatlarni taqdim  etish; 

g) muhokama predmeti bơyicha Komissiya  va Bosh direktor qarorlarini ijro  etish. 



2 bob. Arbitraj komissiyasi faoliyati 

§1. Arbitraj komissiyasi tomonidan nizolarni kơrib chiqish tartibi 

17. Komissiyada ishlar tomonlar ơrtasida nizo mavjud bơlganda yozma arizaga muvofiq kơrib 

chiqiladi, jumladan:  

a) Birja A'zolari arizalari; 

b) qonunchilikda belgilangan holatlarda Birja A'zolari mijozlari - jismoniy va  yaridik 

shaxslarning arizalari. 



18. Komissiya  materiallarni Komissiya ga kơrib chiqish uchun ariza kelib tushgandan keyin 15 

kalendar kunidan kơp bơlmagan vaqt mobaynida kơrib chiqadi. 

19. Arizasi nizoni kơrib chiqish uchun zarur bơlgan hujjatlarni ilova qilgan holda ariza nusxasini 

ikkinchi tomonga  borishi shart. 

20. Ariza yoki xat vakolatli shaxs tomonidan imzolanishi lozim. Zarur bơlgan hollarda, ariza 

ơrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma mavjud bơlgan taqdirda ishonch bildirilgan 

shaxs tomonidan imzolanishi mumkin. 

21. Komissiya ga arizalar qonunchilik bilan nazarda tutilgan talablarning buzilishi, amalga 

oshirilgan kelishuv bơyicha shartnoma majburiyatlani bajarmaslik holatlari  yuz bergan taqdirda 

topshirilishi mumkin. 

22. Ariza quyidagilar kơrsatiligi kerak: 

a) arizachi va kelishuv bơyicha tomon nomi, ularning pochta manzili va telefonlari, elektron 

pochta manzillari; 

b) arizachini huquqi buzilganligiga ishora qiluvchi sharoitlar; 

v) talabnomada kơrsatilgan asosli sharoitlar va ularni tasdiqlovchi dalillar; 

g) ilova qilingan hujjatlar rơyxati. 

23. Arizada nizoni hal  etish uchun zarurati bơlsa boshqa ma'lumotlar ham kơrsatiladi. 

24. Kelishuv tomoni (Birja A'zosi) ariza (xat) nusxasini olgandan sơng 5 ish kuni davomida 

Komissiyaga yozma ravishda tushuntirish va nizoni kơrib chiqish uchun zarur bơlgan barcha 

hujjatlarni taqdim  etishi shart. 

25.  Yuzaga kelgan nizo bơyicha tushuntirish berish yoki hujjatlarni taqdim qilishdan bơyin 

tovlanganlik taqdirda Komissiya  taqdim  etilgan hujjatlar asosida qaror qabul qilish huquqiga  

ega. 

26. Tomonlardan biri tashrif buyurmagan taqdirda Komissiya  ishni uning ishtirokisiz kơrib 



chiqishi va qaror qabul qilishi mumkin, ushbu qaror xaqida ishtirok  etmagan tomonga xabar 

beriladi. 

27. Komissiya  yig’ilishlari ochiq jarayonda oshkora ơtadi. Komissiya  qaroriga muvofiq tijorat 

siriga rioya   etish zarurati bơlgan taqdirda (qonunda beglilangan holatlarda) yig’ilish yopiq tarzda 

ơtkazilishi mumkin, bu xaqda tomon (tomonlar) yig’ilish boshlanishidan avval Komissiyaga xabar 

berishi lozim. 

28. Komissiya  yiq'ilishi bayonnomasida nizoni kơrib chiqishdagi asosiy tomonlar va Komissiya  

tomonidan qabul qilingan qaror kơrsatiladi. 

29. Komissiya  a'zolariga ishdagi tomonlarning birini arizasiga muvofiq rad qilish bildirilishi 

mumkin. Rad qilish quyidagi holatlarda bildirilishi mumkin:  

a) agar Komissiya  a'zosi tomonlar vakillarining biri bilan qarindoshlik aloqalarida turgan bơlsa; 

b) agar u ishning natijasidan shaxsan tơg’ridan-tơg’ri yoki bilvosita manfaatdor bơlsa; 

v) agar uning xolisligiga shubxa uyg’otuvchi boshqa shart-sharoitlar bơlsa. 

30. Rad qilish tơg’risidagi ariza Komissiya  tomonidan Komissiyaning rad qilish bildirilgan a'zosi 

ishtirokisiz kơrib chiqiladi. Rad qilishni qabul qilish tơg’risidagi qaror oddiy kơp ovozlar soni 

bilan qabul qilinadi. 

32. Komissiya  a'zolaridan birini rad qilish tơg’risidagi qaror qabul qilingan taqdirda, Komissiya  

yig’ilishi boshqa kunga qoldiriladi, Birja Bosh direktori  va Komissiya  tarkibiga (vaqtincha, aniq 

bir nizoni kơrib chiqish uchun) ushbu nizomga muvofiq boshqa shaxsni kiritish bơyicha qaror 

qabul qiladi. 



 

 

§2. Birja A'zolari ơrtasidagi nizolarni kơrib chiqish 

33. Birja A'zolari ơrtasidagi, Birja A'zolari va ularning mijozlari ơrtasidagi quyidagi masalalar 

bơycha nizolarni hal  etadi: 

a) Qoidalarda nazarda tutilgan Birjadagi kelishuvlar bơyicha; 

b) Qoidalar va topshiriq shartnomalari hamda brokerlik xizmat kơrsatish shartnomalari bilan 

nazarda tutilgan majburiyatlarni Birja A'zolari va/yoki ularning treyderlari tomonidan bajarishi 

bơyicha; 

v) Birja savdolari faoliyatida ajarayonida tomonlar ơrtasida  yazaga keladigan kelishmovchiliklar 

bơyicha.  

34. Komissiya  tomonilarni  yarashtirishga intilishi kerak.  

35. Ishlar tomonilar yoki ularning vakillari ishtirokida kơrib chiqiladi. Vakil qonun bilan 

ơrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomaga  ega bơlishi kerak. 



3 bob. Arbitraj komissiyasi qarorlari  va ularning ijrosi 

§1. Arbitraj komissiyasi qarorlarini qabul qilish tartibi 

36. Qaror kơrib chiqilayotgan ishda qatnashayotgan Komissiya  a'zolarining oddiy kơpchilik ovoz 

berish yơl bilan qabul qilinadi. 

37. Ovoz berishda va qaror qabul qilishda Komissiya  Raisi betaraf bơlish huquqiga  ega  emas. 

Komissiya  A'zolarining ovozlari  ovoz berishda teng bơlganda rais ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. 

38. Murrakab ishni kơrib chiqishda Komissiya  qaror qabul qilishni keyingi yig’ilishgacha 

qoldirish huquqiga  ega. 

40. Komissiya  yig’ilish bayonnomasi komissiya  qarorini ơz ichiga oladi. Komissiya  

bayonnomasi komissiya  Raisi, yig’ilishda ishtirok  etayotgan barcha komissiya  A'zolari 

tomonidan imzolanadi, komissiya  qarori  esa komissiya  yig’ilishi tugaganidan sơng  e'lon 

qilinadi. 

41. Qarorni ơz ichiga olgan Komissiya  bayonnomasidan kơchirma tomonlarga va Birja Bosh 

direktoriga beriladi. 

42. Komissiya  vakolatiga kirmagan nizolar bơyicha, arbitraj komissiya  Raisi tomonidan tegishli 

qaror qabul qilinadi hamda tomonlar uni arbitraj komissiyasi kotibidan imzo qơyib yoki  elektron 

pochta orqali olishlari mumkin. 

47. Komissiya  ơz tashabbusi bilan yoki tomonlarning birini arizasiga kơra bayonnomadagi 

terishda yơl qơyilgan xato yoki aniq xatoni tơg’irlash huquqiga  ega. Ariza bannoma 

rasmiylashtirilgan paytdan boshlab 3 ish kuni davomida topshiriladi. 

  

 



 

 

 



§2. Qarorlar ijrosi 

49. Arbitraj komissiya  qarori ijro  etish uchun manfaatdor shaxslar va tashkilotlarga  boriladi. 

51. Arbitraj komissiyasi bayonnomalari maxsus registrga tikiladi va komissiya  kotibida saqlanadi.  

4 bob.  kuniy qoidalar 

§1. Arbitraj komissiyasi faoliyati, hujjatlarni saqlanishi ustidan nazorat 

52. Nizolarni kơrib chiqishda Komissiya  qonunchilik, Qoidalar, ushbu Nizomga tayanadi.  

53. Komissiya  Raisi ishtirok  etmagan taqdirda (mehnat ta'tiliga chiqishi yoki kasallik tufayli 

ishtirok  etmaslik), uning majburiyatlari vaqtincha Komissiyaning boshqa a'zosiga  yuklatiladi. 



54. Komissiya  ishtirok  etmagan taqdirda (mehnat ta'tiliga chiqishi yoki kasallik tufayli ishtirok  

etmaslik), Komissiya  tarkibiga vaqtincha ushbu nizomga muvofiq boshqa shaxs kiritilishi 

mumkin. 

55. Komissiya  a'zosi yig’ilishlarda ishtirok  etishdan muntazam bơyin tovlaganda, Komissiya  

Raisining taqdimnomasiga kơra Birja Bosh direktori uni Komissiya  a'zolari tarkibidan chiqaradi. 

56. yig’ilish bayonnomalari va hujjatlari tikilgan Komissiya  materiallari qonun bilan ơrnatilgan 

saqlov muddatlariga  ega. 

57. Komissiya  hujjalari (materiallari) saqlanishi uchun javobgarlik Komissiya  kotibiga  

yuklatiladi va uning ơrniga boshqa shaxs tayinlangan taqdirda, kơrsatilgan hujjatlar topshirish 

qabul qilish dalolatnomasi bơyicha topshiriladi.  



§2. Ushbu Nizomni kuchga kirishi va ơrgartish hamda qơshimchalar kiritish tartibi 

58. Ushbu Nizom Birja kengashi tomonidan tasdiqlanganidan sơng kuchga kiradi. 

59. Nizomga ơzgartish va qơshimchalar kiritish tơg’risidagi loyihalar Komissiya  tomonidan 

ishlab chiqiladi va tasdiqlash uchun Birja kengashiga kiritiladi. 

60. Ushbu Nizomga kiritilgan barcha ơzgartish va qơshimchalar, agar tasdiqlashda boshqa muddat 

belgilanmagan bơlsa Birja rasmiy saytida  e'lon qilingandan sơng kuchga kiradi. 




Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling