Tasdiqlash haqida


-bob. Soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni soliq


Download 100.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana09.02.2023
Hajmi100.14 Kb.
#1182815
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2926-сон 05.09.2017

3-bob. Soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni soliq
to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshirish
10. Soliq to‘lovchi shaxsiy kabinet orqali davlat soliq xizmati organlariga:
a) Davlat soliq xizmati organlari bilan o‘zaro munosabatlarni shaxsiy kabinet orqali amalga
oshirish (amalga oshirishdan voz kechish) to‘g‘risidagi arizani;
b) davlat soliq xizmati organiga shaxsiy kabinet orqali yuborilishi O‘zbekiston Respublikasi
Soliq kodeksida
nazarda tutilgan hujjatlarni;
v) boshqa hujjatlarni (ma’lumotlarni), shu jumladan davlat soliq xizmati organlariga
murojaatlarni yuborishi mumkin.
Soliq to‘lovchilar tomonidan shaxsiy kabinet orqali davlat soliq xizmati organlariga
yuboriladigan elektron hujjatlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining
rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
11. Soliq to‘lovchilar tomonidan hujjatlar davlat soliq xizmati organlariga soliq to‘lovchining
shaxsiy kabineti orqali yuborilganda — jo‘natilgan kun, pochta orqali yuborilganda besh kundan
keyin olingan deb hisoblanadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020-yil 27-fevraldagi 2020-07-sonli
qarori 
(ro‘yxat raqami 2926-2, 31.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
31.03.2020-y., 10/20/2926-2/0390-son)
12. Soliq to‘lovchilar elektron hujjatlarni aktivlashtirilgan shaxsiy kabinet orqali yuborganda
ushbu hujjatlarni davlat soliq xizmati organlariga qog‘oz shaklida yuborish talab etilmaydi.
13. Shaxsiy kabinetga yangi hujjat kelib tushganda soliq to‘lovchining arizasida ko‘rsatilgan
mobil telefoni raqamiga avtomat tarzda SMS xabarnoma yuboriladi.
14. Soliq to‘lovchi o‘z shaxsiy kabinetida saqlanadigan elektron hujjatlarni ko‘rishi,
kompyuteriga yuklab olishi va chop etishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
15. Soliq to‘lovchi tomonidan shaxsiy kabinet orqali yuborilgan elektron hujjatlar O‘zbekiston
Respublikasining 
Soliq kodeksi
va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib
chiqiladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli 
buyrug‘i
(ro‘yxat
raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-
son)
16. Davlat soliq xizmati organlari shaxsiy kabinet orqali soliq to‘lovchilarga:
a) soliq to‘lovchiga shaxsiy kabinet orqali yuborilishi O‘zbekiston Respublikasi 
Soliq kodeksida
nazarda tutilgan hujjatlarni;
b) soliq to‘lovchiga beriladigan fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining
ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini berish rad etilganligi to‘g‘risidagi xabarnomani;
v) soliq to‘lovchiga beriladigan fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining
ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini;
g) boshqa hujjatlarni (ma’lumotlarni), shu jumladan soliq to‘lovchilarni davlat soliq xizmati
organlariga qilgan murojaatlariga javob xatlarini yuborishi mumkin.
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan shaxsiy kabinet orqali soliq to‘lovchilarga
yuboriladigan elektron hujjatlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining
rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
17. Davlat soliq xizmati organlari elektron hujjatlarni aktivlashtirilgan shaxsiy kabinet orqali
yuborganda ushbu hujjatlarni soliq to‘lovchilarga qog‘oz shaklida yuborish talab etilmaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
18. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuborilgan
elektron hujjatlar soliq to‘lovchi tomonidan o‘qib chiqilganidan keyin, lekin ushbu hujjat jo‘natilgan
sanadan e’tiboran uch kundan kechiktirmay olingan deb hisoblanadi.


Agar soliq to‘lovchida shaxsiy kabinet mavjud bo‘lmasa, hujjatlar buyurtma xat qilib pochta
orqali yuboriladi va ular jo‘natilganidan so‘ng besh kundan keyin olingan deb hisoblanadi.
Hujjatlar soliq to‘lovchiga yoki uning vakiliga shaxsan mazkur hujjatlar olingan sana
ko‘rsatilgan holda imzo qo‘ydirib topshirilishi mumkin.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020-yil 27-fevraldagi 2020-07-sonli
qarori 
(ro‘yxat raqami 2926-2, 31.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
31.03.2020-y., 10/20/2926-2/0390-son)
19. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan shaxsiy kabinet orqali soliq to‘lovchiga elektron
hujjatlar yuborilgan kuni soliq to‘lovchi tomonidan shaxsiy kabinetning amal qilishini to‘xtatib turish
to‘g‘risida ariza berilgan taqdirda yoki soliq to‘lovchining elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining
amal qilish muddati tugagan yoki bekor qilingan bo‘lsa, mazkur hujjatlar soliq to‘lovchiga uch ish
kuni ichida qog‘oz ko‘rinishida jo‘natiladi.

Download 100.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling