«Tasdiqlayma n» Bag’dod tumani 32-umum ta`lim maktabi direktori: K. Yuldashova


Download 55.33 Kb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi55.33 Kb.
#1571632
1   2   3   4   5
Bog'liq
МЧС мактабда чумилиш баён ва маълумоти

Yodda tuting! Suvdagi har qanday baxsiz hodisalarning guvohi bo‘lsangiz, zudlik bilan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 1050 yoki 101 qisqa raqamlariga, Tez tibbiy yordam xizmatining 103 qisqa raqamiga xabar berish tо‘g‘risida tushunchalarni berdi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan tuxtalib quyidagilarni takidlab o’tdi. Botulizm ovqatdan zaharlanish kasalliklari ichida markaziy nerf sistemasining zararlanishi bilan kechadigan og’ir kasallik bo’lib, bu kasallik botulizm tayoqchalari bilan zararlangan oziq-ovqat mahsulotlarini iste`mol qilganda vujudga keladi. Kasallik qo’zg’atuvchi mikroblar odam va issiq qonli xayvonlar ichagida alomatlarini paydo qilmay yashaydi. Ichakdan axlat massasi orqali tashqi muhitga ajralgan qo’zg’atuvchilar sporalarga aylanib, tuproqda, suvda va o’simliklar barglarda, o’tlarda uzoq muddatgacha saqlanadi. Ayniqsa go’ng solingan tuproqda qo’g’atuvchilar ko’p bo’ladi. Sporalar qulay sharoitga tushgandan so’ng ko’payib, o’sish jarayonida toksinlar ajratadi. Bu toksin boshqa toksinlar va kimyoviy moddalar ichida eng kuchli organik zahar xisobalanadi, uning zmikrogrammi odamni o’ldiradi. Ta`kidlash kerakki, botulizm toksini oziq-ovqat mahulotlarining sifati va ta`miga amalda ta`sir qilmaydi, ba`zan mazasi taxirroq, rangi, quyuq-suyuqligi o’zgaradi. Botulizm qo’zg’atuvchisi odam organizmiga kirganidan so’ng, kasallikning birinchi belgilari yuzaga kelguncha bo’lgan vaqt-bir nechta soatdan 2-3 kungacha, ba`zan 10 kungacha davom etadi. Bu organizmga tushgan toksin miqdoriga bog’liq.
Botulizm kasaligida quyidagi asosiy belgilar kuzatiladi: Xolsizlik, og’iz qurishi, bosh og’rishi, ko’rishning pasayishi, ko’z oldi xiralashishi (tuman) va buyumlarni ikkiga bo’linib ko’rinishi, qorachiqlarning kengayishi, qovoqlarning osilib qolishi, nutqning buzilishi,yutishning qiyinlashishi, qayd qilish va ich ketish. Botulizm bilan kasallagan bemor o’z vaqtida tibbiyot muassasasiga kechikib murojaat qilsa va davolash o’z vaqtida boshlanmasa, oqibati o’lim bilan yakunlanishi mumkin. Oziq-ovqatdan zaharlanishni oldini olishning eng yaxshi usuli-ovqatlanish gigienasi qoidalariga, ovqatni to’g’ri saqlash va elementlar ogohlikka rioya qilishdir.
Ovqatning ranggiga, xidiga va ta`miga e`tibor bering. Noxush chirigan xid, ta`mning nordonligi, tilning achishi sergak torttirish kerak. Mahsulot sifati buzilganligi belgisi sifatida uning konsistensiyasi o’zgarishi, uning yuzasida shilliq xosil bo’lishi ham xizmat qilishi mumkin.
Mog’or bilan qoplangan, buzilgan meva va sabzovotlarni, shishgan konserva bankalari va sut va sut mahsulotlarini paketlarini afsuslanmasdan tashlab yuborish kerak.Temir qopqoq bilan “yopilgan” banka o’ziga xos ovoz bilan ochilishi kerak, bu uning germetik yopilaganligi ko’rsatadi. Agar ovoz bo’lmasa, konservalarni iste`mol qilmaslik kerak. Sotib olinayotganda, mahsulotlarning ishlab chiqarish muddati va yaroqlik muddati, o’ramning yaxlitligini tekshirish kerak. Shuningdek, muzlatgichni muntazam ravishda ko’zdan kechirish lozim.
O’zbekistonda odam uchun kasallikning yetakchi manbai-itlar xisoblanadi. Kasallik xayvonlardan xayvonlarga va xayvonlardan odamlarga yuqadi. E`tiborli jihati, quturish odamdan odamga va odamlardan xayvonlarga yuqmaydi. Quturgan it kasallik alomatlari royobga chiqishidan 10 kun oldin, ya`ni kasallik yashirin davrining oxirgi 10 kunida hamda kasallik boshlanganidan toki o’lgunga qadar yuqumli xisoblanadi. Ta`kidlash o’rinliki, bugungi kungacha quturish kasalligining davolash usullari ishlab chiqilmagan bo’lib, eng daxshatlisi quturish kasalligi juda og’ir kechib, kasallik 100 foiz o’lim bilan tugaydi.
Quturish kasalliginini oldini olish bilan nafaqat veterinariya va tibbiyot sohasi xodimlari, balki barcha, xar bir kishi shug’ullanishi lozim. Xususan, quturish kasalligining oldni olishda, xayvonlarni, ayniqsa itlarni saqlash qoidalariga rioya qilish, odamlarni quturish kasalligining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ming afsus bilan ta`kidlash joizki aksariyat fuqarolar it saqlash qoidalariga rioya qilmaydi, itlarni o’z vaqtida veterinariya ko’rigidan o’tkazib, quturish kasalligiga qarshi emlatmaydi. Itlar tishlashidan jabr tortayotganlarning 80 foizidan ko’prog’i aynan egali itlarga to’g’ri kelayotganligi ham fuqarolarning it saqlash qoidalariga rioya qilmayotganligidan dalolat beradi. Ba`zi fuqarolar uylaridagi iti kasal bo’lsa yoki uni boqa olmasa, yo bo’lmasa biror kishini tishlasa, itlarni ko’chaga xaydash, yashash turgan joyidan uzoqroq joyga itni adashtirib kelish bilan cheklanadi. Shundan keyin bu itlar qarovsiz, daydi itlarga aylanib qoladi. Bu daydi itlar esa quturish kasalligining asosiy manbai sifatida atrofdagilarga juda katta xavf tug’diradi. Ko’chadagi qarovsiz, daydi itlar odamlar uchun quturish kasalligining asosiy manbai ekanligini unutmasligimiz kerak. It vaqti-bemahal hurib, kishilarni bezovta qiladi. Bo’shalib ketgan itlar esa, kishilarni qopib olishi, turli jarohatlarga, kasalliklarga va xatto quturish kasalligiga chalinishi sabab bo’lishi mumkin. It ba`zida odamlar uchun “ajal” qurboniga aylanib qolishi mumkinligini yoddan chiqamaslik darkor.

Download 55.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling