Q A R O R Q I L A D I :
1. Pensiya jamg‘armasi Toshkent viloyati boshqarmasi Odob-Axloq kamissiyasi raisi Sh.Abdiyevning Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani “Saxovat” MFY Farg‘ona yo‘li ko‘chasi 11-uyda yashovchi fuqaro A.Mirzayevning 2022-yil 12-dekabrda O‘zbekiston Respublika Prezidentining “Ishonch telefoni”ga (995003/55-son, 9950002/22-son bilan ro‘yxatga olingan) hamda 2022-yil 6-dekabrda Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparatiga qilgan og‘zaki murojaati ijro uchun qabul qilinsin.
2. Pensiya jamg‘armasi Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tuman bo‘limi xodimi Maxmudov Zohidjon Sobitovichning hatti-xarakati yusasidan fuqaro A.Mirzayevning murojaatiga asosan xodim Odob-axloq qoidalariga rioya qilmaganligi hamda fuqaro bilan qo‘pol muomila qilganligi yuzasidan xodimga intizomiy jazo chorasi qo‘llanilsin.
3. Pensiya jamg‘armasi Toshkent viloyati boshqarmasi va tuman shahar bo‘limlarida doimiy ravishda Odob-axloq qoidalari bo‘yicha xodimlarga tushunchalar berib borilsin.
4. Ushbu yig‘ilish bayoni qarorini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.
Komissiya kotibi D.Aminov
Do'stlaringiz bilan baham: |