«tasdiqlayman» 132-maktab rahbari
Download 32,32 Kb.
|
«tasdiqlayman»
- Bu sahifa navigatsiya:
- Farhod va Shirin”
- Monte Kristo grafi”
- Ulug`bek xazinasi”
Xudoyberdi To`xtaboyevning
Yangi qahramonlari bilan Tanishishni xohlashadi.
O`g`rigina bola, shum bolani, Bo`g`irsoq va Zumradni, “Kichkina shahzoda”ni, To`maris va Shiroqni, Alpomish, Barchinoyni, Amir Temur, Boburshohni, Ibn Sino, Beruniyni, Shoirlar sultoni Navoiyni, “Farhod va Shirin”larni, Bahrom va Diloromni, Orifjon-u Hoshimjonni, “Jimjitlik”da Tolibjonni, “Padarkush” bo’lmagan Sohibni, Maugli, Tom Soyyerni, “Choliqush” – Feredeni, Skarlet O`Xarani, Natasha Rostovani, Ixtiyandr, Gutyerani, Doston “Romayana”ni Jumavoy va Kruzoni, “Monte Kristo grafi”ni Ya’ni Edmon Dandesni, Onegin, Tatyanani, Pechorin va Belani, O`zbek oyim, Oftob oyimni, “Akbar va Humoyun”ni, Esdan hech chiqarmaymiz Mazza qilib o`qiymiz, Kinolarda ko`ramiz. Ali Qushchi berkitgan “Ulug`bek xazinasi”ni Albatta, biz topamiz. So`ng xazina – kitoblarni Mutolaa qilamiz.
4-kitobi 22-bobdan parcha. ...Elchilar Keshda bir kungina to`xtalishdi, u ham asosan mahobatli Oqsaroy tomoshasiga ketdi. Balandligi yuz gaz saroyga yaqinlasharkan, Muhammad al-Keshiy eng tepada - peshtoqdagi kun nurida yaraqlab turgan yirik yozuvga diqqatni qaratdi: -Elchi janoblari! Sizga aytgandim, hov anovi yozuvni ko`ryaptilarmu? Unda shunday ma`no bor: "Bizning qutratimizga shubha qilg`onlar biz qurg`on imoratlarga boqsunlar". Peshtoq ustunining old tomonida cho`ziq oltiburchak ichidagi arabcha yozuv ma`nosi esa bunday: "Adolat - davlat asosi va hukmdorlar shiordir". Hov ro`baro`dagi yaraqlab turgan lavhaga boqingiz: "Podsholar so`zi – so`zlar podshosi", - deb bitilgan. Barini Sohibqironning o`zlari yozdirganlar. - Esimda, aytgandingiz. Bebaho so`zlar! O, Temurbek hazrati oliylarining qudratlari chindanda-da buyuk! Rostdan ham, ul zotning so`zi- so`zlar podshosi! - dedi Klavixo ulug`vor peshtoqdan ko`z uzmay.
L u g` a t balandligi yuz gaz - примерно высота 70 метров peshtoq - портал kun nurida yaraqlab turgan - блестающий в свете дня shubha qilg`onlar - сомневавшие hukmdorlar shiori - девиз правителей hazrati oliylari - его превосходительство Download 32,32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling