"Tasdiqlayman" 293-sonli maktab direktori
Word jadvali ustida ba'zi amallar
Download 1.47 Mb.
|
6-sinf Hujjatlarda jadvallar bilan ishlash
Word jadvali ustida ba'zi amallar
1. Birinchi satr kataklariga, odatda, ustunlarda joylashgan ma'lumotlar uchun sarlavhalar, birinchi ustunga esa tartib raqamlari yoziladi. Jadval kataklari ma'lumotlar bilan to'ldiriladi. Buning uchun yurgich sichqoncha yordamida kerakli katakka joylashtiriladi va zaruratga qarab [Tab] yoki yo'nalish klavishlari yordamida boshqa kataklarga o'tiladi.
2. Jadvaldagi ma'lumotlarning hajmiga qarab ustunlarning kengligini o'zgartiriladi. Buning uchun sichqoncha ko'rsatkichi ustunlarning chegara chizig'iga olib kelinadi. Sichqoncha ko'rsatkichi ko'rinishga kelgach, chap tugmasi bosilgan holda kerakli tomonga siljitiladi.
Jadvalda formatlash. Jadval kataklaridagi ma'lumotlarni alohida yoki birgalikda (blokka olib) formatlash mumkin. Bunda ma'lumotning joylashish usuli, o'lchamlari, shriftning ko'rinishini FORMATLASH uskunalar paneli yordamida osongina o`zgartirladi. Kataklar fonining rangi yoki katak chegaralari ko'rinishlari Format menyusining Chegaralar va bo'yash (Границы и заливка...) yoki Jadval menyusining Jadval xossalari (cвойства таблицы...) bo'limining Chegaralar va bo'yash bo'limi yordamida o'zgartiriladi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling