Ona tili va adabiyoti fani o`qituvchilari: N.Raximov
Q.To`laganov
Jarqo`rg`on tumani xalq ta`limi bo`limiga qarashli 52- sonli umumta`lim maktabida 2020-yil 3-Dekabr kuni 5-sinf o’quvchilari o’rtasida „Kimning hati chiroyli“ mavzusida o’tkazilgan diktanlar tanlovi
BAYONNOMASI
2020-yil 3-Dekabr Jarqo`rg`on tumani
Qatnashdilar: 5-sinf o`quvchilari, ona tili va
adabiyot fani o`qituvchilari
2020-yil 3-Dekabr kuni 52-sonli umumta’lim maktabida 5-sinf o’quvchilari o’rtasida „Kimning hati chiroyli“ mavzusida diktantlat tanlovi bo’lib o’tdi. Diktantlar tanlovini ona tili va adabiyoti fani o’qtuvchilari N.Raximov va Q.To`laganovlar olib borishdi. 5-sinf ona tili fanidan „Beminnat do’st“ mavzusida diktant yozildi. Diktant yozishda birinchi galda o’quvchlarning husnixat savodxonligi hisobga olinib, imlo, ishorat, uslubiy xatolari ko’rib chiqilib tekshirildi. O’quvchilar diktant yozishda husnixat savodxonligini va imlo, ishorat va uslubiy xatoliklarga yo’l qo’ymaslikka harakat qilishdi. I o’rin Mengliboyev Quvonchbek, II o’rin Mengliboyev Serbek, III o’rin Ergashev Ulug`beklar egallashdilar. „Kimning xati chiroyli “ mavzusida o’tkazilgan diktantlar tanlovidan asosiy maqsad o’quvchilarning husnixat savodxonligini yaxshilash, bo’g’in ko’chirish qoidalariga amal qilish, imlo, ishorat va uslubiy xatoliklarini doimo farqlay bilishdan iboratdir.
Ona tili va adabiyoti fani o`qituvchilari: N.Raximov
Q.To`laganov
Jarqo`rg`on tumani xalq ta`limi bo`limiga qarashli 52- sonli umumta`lim maktabida 2020-yil 9-Dekabr kuni 7-sinf o’quvchilari o’rtasida „Til millat ko’zgusi“ mavzusida o’tkazilgan bukletlat tanlovi
BAYONNOMASI
2020-yil 9-Dekabr Jarqo`rg`on tumani
Qatnashdilar: 7-sinf o`quvchilari, ona tili va
adabiyot fani o`qituvchilari
2020-yil 9-Dekabr kuni 52-sonli umumta’lm maktabida 7-sinf o’quvchiri o’rtasida „Til millat ko’zgusi“ mavzusida bukletlar tanlovi bo’lib o’tdi. Bukletlar tanlovini ona tili va adabiyoti fani o’qituvchilari N.Raximov va Q,To`laganovlar olib borishdi. Bunda o’quvchilar bukletlar tanlovidan tashqari „ona tilim“ va „O’zbek tili“ she’rlarini aytib o’tishdi. Bunda 7- sinf o’quvchisi Qulnazarova Iroda she’rni ifodali va mazmunli aytib berdi. Bukletlar tanlovida I-o’rinni 7- sinf o’quvchisi Choriyeva Husnida, II-o’rinni Ergashev Sardor egallashdi. Bukletlar tanlovi qiziqarli va mazmunli o’tkazildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |