Tasdiqlayman” Baliqchi tuman hokimi: J. Abdurayimov


Download 32.47 Kb.
bet1/2
Sana18.02.2023
Hajmi32.47 Kb.
#1213709
  1   2
Bog'liq
Балиқчи туман йўл харитаси


TASDIQLAYMAN”
Baliqchi tuman hokimi:
____________J.Abdurayimov


2023 yil _____ yanvar'


Andijon viloyati Baliqchi tumani umumiy o‘rta ta'lim maktablarida xorijiy
tillarni o‘qitish samaradorligini oshirish, umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchilariga kasbni o‘rgatish
ishlarini tashkil etishga qaratilgan

YO‘L XARITASI”



Т/р

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmlari

Muddati

Moliyalash-tirish manbalari

Mas'ul ijrochilar




O‘quvchilarni kasbni o‘rgatish ishlarini tashkil etish





Maktablarda o‘quvchilarning kasblar to‘g‘risida tushunchalarini kengaytirish

1. O‘quvchilarni hududdagi ixtisoslashuvi, korxona va tashkilotlarda mavjud ish o‘rinlarida yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishtirish.
2. O‘quvchilar va korxonalar bilan “Kasb va yoshlar” muloqot oyligini tashkil etish.
3. Maktab direktorlari hamda
ota-onalar bilan o‘quvchilarni kasbga o‘qitish majburiyligi borasida tushuntirish ishlarini olib borish.

2023 yil fevral'

2023 yil aprel'



-

Tuman xalq ta'limi bo‘limi
Umumiy o‘rta ta'lim maktablari direktorlari





Tumandagi umumta'lim maktablarining 10-11 sinf o‘quvchilarning kasbga bo‘lgan qiziqishlarini o‘rganish.

1. Tumandagi umumta'lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazish.
2. So‘rovnoma natijalarini tahlil qilish hamda 1-3-ilovalarga muvofiq tegishli ma'lumotlarni tuman hokimligiga kiritish.

Ikki hafta muddatda

-

Tuman xalq ta'limi bo‘limi
Umumiy o‘rta ta'lim maktablari direktorlari





Umumta'lim maktablari 9-sinf bitiruvchilarini
kasb-hunar maktablariga jalb qilish ishlarini tashkil etish.

1. Kasb-hunar maktablarida maktab o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar” kunlarini o‘tkazish reja-jadvalini tasdiqlash.
2. Umumta'lim maktablarini
kasb-hunar maktablariga biriktirish.
3. Maktablarning 9-sinf bitiruvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha ota-onalar bilan tushuntirish ishlarini olib borish.

2023 yil aprel'
2023 yil aprel'-may
2023 yil may-iyun'

-

Tuman hokimligi,
Tuman xalq ta'limi bo‘limi, tumandagi KXM rahbarlari,
Umumiy o‘rta ta'lim maktablari direktorlari





O‘quvchilarni kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha umumta'lim maktablari direktorlari uchun o‘quv-seminarini tashkil qilish.

1. Tuman seminarini o‘tkazish dasturini va ishtirokchilar ro‘yxatini shakllantirish.
2. Tumanidagi 35-umumta'lim maktabida tuman seminarini tashkil etish.
3. Seminarga tuman umumta'lim maktablari direktorlari va ota-onalarini jalb qilish.

O‘n kun muddatda

2023 yil fevral'



-

Tuman xalq ta'limi bo‘limi
3-umumiy o‘rta ta'lim maktabi direktori





O‘quvchilarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish.

1. Maktablarda “Biznes dars”larini tashkil etish bo‘yicha dastur va loyihalarni shakllantirish. Dastlab, birinchi sektor 55 maktab, ikkinchi sektor 16 maktab, uchinchi sektor 34 maktab va to‘rtinchi sektor 54 maktablarda namuna sifatida amalga oshirish.
2. Dars jarayonlariga uyg‘unlashgan holda “Biznes dars”larini o‘tkazish.
3. “Biznes dars”larini o‘tkazish jarayonlariga o‘z sohasida yuqori natijalarga erishgan tadbirkorlarni jalb qilish. (Tuman tadbirkorlar uyushmasi bilan xamkorlikda)

Bir hafta muddatda

2023 yil fevral' oyidan boshlab



-

Tuman hokimliklari, tuman Yoshlar ishlari agentligi , Tuman xalq ta'limi bo‘limi, Markaziy bank tuman bo‘linmalari,





Kasblar o‘qitiladigan ta'lim muassasalarini belgilash.

1. O‘qitiladigan kasblarga mos ravishda jihozlanganlik holatidan kelib chiqib, kasblarga o‘rgatiladigan maktablar ro‘yxatini shakllantirish.
2. Tanlangan kasblar asosida o‘qitishni tashkil etish maqsadida mas'ul ishlab chiqaruvchi tashkilot va korxonalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. (Tuman tadbirkorlar uyushmasi bilan xamkorlikda)
3. O‘qitiladigan kasblar bo‘yicha dars beradigan pedagog va ishlab chiqarish ustalari ro‘yxatini shakllantirish.
4. Ishlab chiqarish ustalarini malaka oshirish kursi dasturlari asosida o‘qitish.
5. Psixologik diagnostika natijalaridan kelib chiqib, kasblar kesimida o‘quvchilar guruhini shakllantirish.
6. O‘quvchilar yashash manzilidan kelib chiqib, kasblarga o‘rgatish jadvali va mashg‘ulot o‘tkaziladigan muassasalarni tasdiqlash.

2023 yil fevral'
2023 yil mart
2023 yil mart
2023 yil fevral oyidan boshlab

-

Tuman hokimligi, tuman xalq ta'limi bo‘limi
Umumiy o‘rta ta'lim maktablari direktorlari





11-sinf o‘quvchilarini daromad topadigan ish bilan ta'minlash choralarini ko‘rish.

1. 11-sinf o‘quvchilari darsdan tashqari vaqtlarda haq to‘lanadigan ish bilan bandligini ta'minlash uchun korxona va tashkilotlarni maktablarga biriktirish. (Tuman tadbirkorlar uyushmasi bilan xamkorlikda ishlash)
2. O‘quvchilarni kasbga o‘rgatish jarayonining hisobini yuritish.

2023-2024 o‘quv yilidan boshlab

-

Tuman hokimligi,
tuman xalq ta'limi bo‘limi,
umumta'lim maktablari direktorlari





Umumta'lim maktablarida ishlab chiqarish ustaxonalarini tashkil etish.

1. O‘quv ustaxonalarini loyihalashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlash.
2. O‘quv ustaxonalari quriladigan maktablar ro‘yxatini shakllantirish. Tajriba asosida 15,4 va 54,55,16 maktablar.
3.Tumandagi umumta'lim maktablarida loyiha asosida o‘quv ustaxonalarini qurish uchun tuman hokimligiga taklif kiritish.

2023 yil fevral

Mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan (hisob-kitoblar asosida)

Tuman hokimligi,
tuman moliya bo‘limi, tuman xalq ta'limi bo‘limi,
umumta'lim maktablari direktorlari





Umumta'lim maktablaridagi texnologiya fan xonalarini jihozlash.

1. Tumandagi umumta'lim maktablari texnologiya xonalari jihozlanishi darajasini xatlovdan o‘tkazish hamda jihozlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.
Umumta'lim maktablarida Jami 76 ta texnologiya xonalari mavjud bo‘lib ulardan 24ta o‘g‘il bolalar uchun va 52 ta qiz bolalar uchun mo‘ljallangan.
2. Texnologiya fan xonalarini belgilangan talablar asosida jihozlash choralarini ko‘rish.



2023 yil
1 fevral'
2023 yil
may

Mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan (hisob-kitoblar asosida)

Tuman xalq ta'limi bo‘limi
Umumta'lim maktablari direktorlari





Umumta'lim maktablarida o‘quvchilarning kasbga o‘rgatish ishlarini tashkil etish.

1 Tumandagi umumta'lim maktablarining bo‘sh turgan yer maydoni va bino-inshootlarini xatlovdan o‘tkazish.
2. Xatlov natijasida maktab joylashgan hudud infratuzilmasini inobatga olgan holda, maktab hududidagi yer maydonida yengil konstruksiyali qurilmalar qurish uchun tuman hokimligiga takliflar kiritish. Tajriba asosida 15,4 va 54,55,16 maktablar.
3. Yengil konstruksiyali qurilmalar hamda bo‘sh binolar negizida kasb hunar maktablari bilan hamkorlikda o‘quvchilarni kasbga o‘qitish kurslarini tashkil qilish.
4. Mazkur ishlarni amalga oshirishda tadbirkorlik sub'ektlarini jalb qilish. (Tuman tadbirkorlar uyushmasi bilan xamkorlikda ishlash)



2023 yil
fevral'
2023 yil davomida

-

Tuman hokimligi,
tuman xalq ta'limi bo‘limi,
umumta'lim maktablari direktorlari







Умумтаълим мактабларида ишлаб чиқариш корхоналари филиалларини ташкил қилиш.

1. Maktablar kesimida ishlab chiqarish korxonalari filiallarini tashkil qilish imkoniyatlarini o‘rganib chiqish. (Tuman tadbirkorlar uyushmasi bilan xamkorlikda ishlash)
2. Hududlar imkoniyatlaridan kelib chiqib ishlab chiqarish korxonalarini jalb qilgan holda maktablarda ularning filiallarini tashkil qilish.
3. Korxonalar filiallarida umumta'lim maktablari o‘quvchilarini kasbga o‘qitish bilan bir qatorda ishlashini tashkil qilish.



Bir oy muddatda
Yil davomida

-

Tuman hokimligi,
tuman bandlik bo‘limi, tuman xalq ta'limi bo‘limi,
umumta'lim maktablari direktorlari





Umumta'lim maktablarida ta'lim olayotgan o‘quvchilarga bir vaqtning o‘zida ta'lim olish va biriktirilgan korxonalarda ishlash imkoniyatini yaratish.

1. Umumta'lim maktablarini tumandagi korxona va tashkilotlarga biriktirish.
(Tuman tadbirkorlar uyushmasi bilan xamkorlikda ishlash)
2. Hamkor korxonalar bilan birgalikda dual ta'lim shakli asosida o‘qitish imkoniyatlarini o‘rganish va tegishli kasblarni tanlash.
3. Tanlab olingan kasblar bo‘yicha o‘quvchilarni dual ta'lim shaklida o‘qitishni yo‘lga qo‘yish.

2023 yil fevral'

2023 yil fevral'


2023 yil mart oyidan boshlab

-

Tuman hokimligi,
tuman bandlik bo‘limi, tuman xalq ta'limi bo‘limi,
umumta'lim maktablari direktorlari




Download 32.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling