Таsdiqlayman” Bo`stonliq tumani Axborot kutubxona markazi raxbari U. Nuriddinova
Download 27.44 Kb.
|
Bo\'stonliq tumani axborot bibliografiya bo`limining yozma xisoboti
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV chorak yozma HISOBOTI 2021 yil
- Bibliografiya ishlarini olib borilishi
“ТАSDIQLAYMAN” Bo`stonliq tumani Axborot kutubxona markazi raxbari _____________________U.Nuriddinova “____”______________________2021 yil Bo`stonliq tumani Axborot kutubxona markazi axborot-bibliografiya bo`limining IV chorak yozma HISOBOTI 2021 yil TOSHKENT VILOYATI BO’STONLIQ TUMANI AXBOROT – KUTUBXONA MARKAZI AXBOROT-BIBLIOGRAFIYA BO`LIMINING IV CHORAK YOZMA HISOBOTI. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7-iyundagi “O’zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmat ko’rsatishni yanada takomillashtirish to`g’risida”gi ПҚ-4354-sonli hamdaToshkent viloyati hokimining 2019 yil 10- iyundagi 4354-sonli qarorlarini ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent viloyati Bo`stonliq tuman AKMi axborot-bibliografiya bo`limi 2021 yil IV chorak davomida quyidagi ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Bibliografiya ishlarini olib borilishi
2021 yil IV chorak davomida axborot – bibliografiya bo`limi xodimlari bo`lim ish rejasi asosida ish olib bordilar. IV chorak davomida bo`limda 1083 ta maqolaga bibliografik tavsif berildi. 21-oktyabr O`zbekiston Respublikasi Davlat tili to`g`risidagi qonun qabul qilingan kunga “Sen millat g`ururisan –Ona tilim” deb nomlangan davriy nashrlar ko`rgazmasi tashkil qilindi. “Eng chiroyli bayroq” nomli ko`rik-tanlov o`tkazildi, tanlovda ishtirokchilar O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining rasmini chizdilar. Eng yaxshi chizilgan deb topilgan rasmlar mualliflari taqdirlanib, ushbu rasmlar ko`rgazmasi o`quv zalida tashkil etildi. Toxir Malik tavalludining 75 yilligi munosabati bilan tavsiyaviy ro`yxat va virtual ko`rgazma tayyorlandi. O`zbekiston Xalq shoiri Erkin Voxidov ijodiga bag`ishlangan kitobxonlar uchun esdalik, O`zbek ma’rifatparvar shoiri Avaz O`tar ijodiga bag`ishlangan esdalik, O`zbek adabiyotining buyuk vakili, o`zbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriy ijodiga bag`ishlangan tavsiyaviy ro`yxat tayyorlandi. Tumanda faoliyat yuritayotgan kutubxonachilar faoliyatini yanada yaxshilash va ularga uslubiy yordam ko`rsatish maqsadida “Kutubxona hisobini yuritish bo`yicha uslubiy qo`llanma”, “Bibliografik axborot berish va ma’lumotnoma-bibliografik xizmat ko`rsatish”, “Kutubxona fondini saqlash”, “Kutubxona fondini butlash”, “Bibliografik tavsif tuzish”, “Kutubxona fondini yuritish” bo`yicha uslubiy qo`llanmalar tayyorlandi. Kutubxona faoliyatiga oid yangiliklar va tadbirlar tuman gazetasida doimiy ravishda yoritilib borildi. Axborot-bibliografiya bo`limi rahbari O.Ilxomova Download 27.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling