V.Fan o’qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Fan bo`yicha talabalarning bilim, ko`nikma va malakalariga quyidagi talablar qo`yiladi. Talaba:
- Qishloq xo`jaligini isloh qilish sharoitidada fermer xo`jaligi faoliyatini tashkil etish zaruriyati;
- fermer xo`jaliklari faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari;
- fermer xo`jaligi faoliyatini tashkil etish asosiy tamoyillari va usullari;
- fermer xo`jaligi faoliyatini diversifikatsiyalash strategiyasi to`g`risida tasavvurga ega bo`lishi;
- fermer xo`jaliklari faoliyatini tashkil etish orqali mehnat resurslaridanfoydalanishni;
- fermer xo`jaliklari faoliyatini optimal diversifikatsiyalash yo`llarini;
- asosiy tarmoq bilan bog`liq bo`lmagan sohalarda qo`shimcha tarmoq`ni tashkil etish yo`llarini;
- fermer xo`jaliklarida noqishloq xo`jalik faoliyatlarini tashkil etish yo`nalishlarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
- fermer xo`jaliklarida zamonaviy boshqaruv usullari;
- fermer xo`jaliklarida qo`shimcha tarmoqlar faoliyatini rejalashtirish;
- fermer xo`jaliyutarini samarali boshqarishda innovatsion ishlanmalardan foydalanish;
- fermer xo`jaligi faoliyatida tavakkalchilikni boshqarish;
- fermer xo`jaligi faoliyatini tashkil etishning sinergetik samaradorligi baholay olish ko`nikmalariga ega bo`lishi kerak..
|