"Tasdiqlayman" Buxoro viloyati Vobkent tuman
Download 26.06 Kb.
|
Gulmira
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buxoro Davlat Universiteti San’atshunoslik fakulteti Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo’nalishi
“Tasdiqlayman” Buxoro viloyati Vobkent tuman 4-umumiy o’rta ta’lim maktabi direktori : H.Rahmatov Buxoro Davlat Universiteti San’atshunoslik fakulteti Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo’nalishi 12-2TS-19 guruh talabasi Jumayeva Gulmira Odil qizining Buxoro viloyat Vobkent tuman 4-umumiy o’rta ta’lim maktabida amaliyot o’tagani haqida 3.03.2023 dan 20.05.2023 gacha bo’lgan umumiy Hisoboti Men Jumayeva Gulmira 3.03.2023-yildan 20.05.2023-yilgacha Buxoro viloyat Vobkent tuman 19-umumiy o’rta ta’lim maktabida 3-martdan 1-aprelgacha haftaning juma shanba kunlari va 4-apreldan 20-maygacha haftaning har kunida malakaviy amaliyotda bo’ldim. Amaliyot davrida men maktab direktori va barcha fan o’qituvchilari bilan muntazam ish olib borishga harakat qildim va maktab ichki tartib-qoidalari bilan tanishdim va o’rgandim. O’qituvchilarning dars o’tish jarayonlarini kuzatdim va dars jarayoni uchun kerak bo’ladigan turli o’qitish metodlari, yangi pedagogik texnalogiyalarning dars davomida qo’llanilishini, shu bilan birga noan’anaviy o’qitish uslublaridan foydalanishni va eng asosiysi pedagog sifatida o’quvchi bilan to’g’ri va samarali aloqa o’rnatishni kuzat-dim va o’rgandim. Tasviriy san’at va boshqa fan o’qituvchilari yordamida darsni to’g’ri tashkillashtirishni, mavzuga mos bo’lgan materiallar, ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, mavzuga mos keladigan qiziqarli o’yinlar tayyorlashni, barcha o’quvchilar bilan birdek ishlashni, psixologik ta’sir o’tkazishni, darsga jalb qila olishni, o’quvchilarni rag’batlantirishni, vaqt taqsimotini to’g’ri tashkil etishni o’rgandim va o’zim ham amaliyot davomida mustaqil ravishda “Tasviriy san’at” fanidan dars o’tdim. Amaliyot davrida bir qancha darslarni kuzatdim va ularni qanday tashkillashtirishni, nimalarga ko’proq e’tiborli bo’lish kerakligini, qanday pedagogik usullar yordamida darslarni qiziqarli va samarali tashkil etishni o’rgandim. Shu bilan birga maktabdagi jamoat ishlarida ham faol ishtirok etishga harakat qildim. Davomati va o’zlashtirishi past o’quvchilar bilan ish olib borishni, ularga ko’maklashishni o’zlashtirdim. Bunga menga sinf rahbarlarining yo’l-yo’riqlari yordam berdi. Albatta menga dars bergan va berayotgan ustoz murabbiylarimning hissalari juda kata. Ishonamanki, bu amaliyotim davrida o’rgangan va keyingi bosqichlarda o’rganadigan bilim va tajribalarim menga kelajakda ish faoliyatimda va albatta ustozlarim kabi yetuk malakali, o’z kasbimning mutaxassisi bo’lib yetishishda katta yordam beradi. Amaliyotchi talaba: G.O.Jumayeva Amaliyot rahbari: S.A.Nurmurodova Buxoro Davlat Universiteti San’atshunoslik fakulteti Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo’nalishi 12-2TS-19 guruh talabasi Jumayeva Gulmira Odil qizining Buxoro viloyat Vobkent tuman 4-umumiy o’rta ta’lim maktabida amaliyot o’tagani haqida 3.03.2023 dan 20.05.2023 gacha amaliyot o’tash davri bo’yicha Tavsifnoma Jumayeva Gulmira Odil qizi 3.03.2023 dan 1.04.2023gacha haftaning juma va shanba kunlari va 2023-yil 4-apreldan 20-maygacha haftada har kun 13-umumiy o’rta ta’lim maktabida malakaviy amaliyot o’tadi. Amaliyot davomida Jumayeva Gulmira o’zining yetakchilik qobiliyati , tashkilotchiligi, kommunikativligi bilan ya’ni barcha bilan muloqotga kirishish qobiliyati yuqori darajada ekanligini ko’rsatdi. Amaliyot davrida o’qituvchilardan dars o’tish metodlarini yaxshi o’zlashtirib, o’zi ham mustaqil tarzda tasviriy san’at va chizmachilik darslarini o’tib berdi, o’quvchilar bilan muntazam mashg’ulotlar olib bordi. O’quvchilarning ruhiyatini yanada yuksaltirdi. Jumayeva Gulmira o’zining tashabbuskorligi, qiziquvchanligi bilan o’qituvchilar ko’nglidan joy oldi. Maktabda o’tkaziladigan barcha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga faol qatnashdi. Maktab direktori: A.O’.Ro’ziyev Amaliyot rahbari: S.A.Nurmurodova Download 26.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling