Tasdiqlayman” Denov tuman 41-sonli Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori. D. B. Badalova
Download 35.89 Kb.
|
navro\'z rag\'bat
- Bu sahifa navigatsiya:
- KUN TARTIBIDAGI MASALA
- Q A R O R Q I L A D I: 1.
“TASDIQLAYMAN” Denov tuman 41-sonli Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori. ______D.B.Badalova “17” mart 2023-yil Denov tuman 41-sonli Maktabgacha ta’lim tashkilotining rivojlantirish jamgarmasi tasarruf etish komissiyasining B A YO N N O M A S I № ___ “17” mart 2023-yil Denov tuman Raislik qiluvchi: Denov tuman 41-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori: D.B.Badalova Taklif qilindi: Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi: I.M.Sirojiddinova Qatnashdilar: MTT xodimlari jami 18 nafar Kotib: N. Razzoqova KUN TARTIBIDAGI MASALA Denov tuman 41-son Maktabgacha ta’lim tashkilotida 21-Mart “Navro’z bayrami” munosabati bilan faoliyat olib borayotgan xodimlarni moddiy rag‘batlantirishni ko‘rib chiqish haqida. Y I G‘ I L I SH N I N G B O R I SH I Kun tartibidagi masala bo‘yicha Denov tuman 41-sonli Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori D.Badalova so‘zga chiqib, yig‘ilishni ochiq deb e’lon qildi. Barchani yaqinlashib kelayotgan 21-Mart “Navro’z bayrami” munosabati bilan tabriklab, o’z vazifasini sidqidildan bajarayotgan, barkamol avlodni yetuk etib tarbiyalashda o’z hissalarini qo’shgan xodimlarni rag’batlantirish haqida ta’kidlab o’tdi. Denov tuman 41-sonli Maktabgacha ta’lim tashkiloti Kasaba uyushmasi raisi I.Sirojiddinova tashkilot xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni ko‘rib chiqish haqida ma’ruza qildi. Ma’ruzada Denov tuman 41-son Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi Asanova Zarina Ramil qizi va til o’qituvchisi Eshmurodova Shohista Shuhrat qizi ish faoliyatini samaradorligini oshirishda o‘z hissasini qo‘shganligi, ish faoliyati davomida ishga vijdonan yondashganliklari aytib o‘tildi. Yig‘ilishda Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi I.Sirojiddinova so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020-yil 20-noyabrdagi №187-sonli “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining shtatlar jadvali va tarifikasiyasini tuzish, xodimlarning ish vaqtini hisobga olish va ish haqini hisoblash bo‘yicha metodik ko‘rsatmalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga ko‘ra, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan rag‘batlantirish lozimligini aytib o‘tdi. Yuqoridagilarga ko‘ra, yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan xodimlarni samarali va vijdonan ishlashga, xizmat vazifasida sadoqatli munosabatlari bilan hamkasblariga na’muna bo’layotgan, jamoat ishlariga faol qatnashayotgan xodimlarni 1(bir) oylik maosh miqdorida moddiy rag‘batlantirish lozim deb topildi. Masala yuzasidan pedagoglardan Mirzayeva Jumagul, Ergasheva Muhlisa o’z fikr mulohazalarini bildirdi. Suxbat davomida yig‘ilish qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga tashkilot direktori D.Badalova va yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan javoblar berilib, yig‘ilishga yakun yasaldi. Kun tartibidagi masalani ko‘rib chiqib, so‘zga chiqqanlarning fikrlarini eshitib yig‘ilish Q A R O R Q I L A D I: 1.Kun tartibidagi masala bo‘yicha tashkilot xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni ko‘rib chiqish haqida tashkilotning Kasaba uyushmasi raisi I. Sirojiddinovaning qilgan ma’ruzasi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2.O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020-yil 20-noyabrdagi №187-sonli buyrug‘iga ko‘ra, Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan Denov tuman 41-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi Asanova Zarina Ramil qizi va til o’qituvchisi Eshmurodova Shohista Shuhrat qizi ish faoliyati davomida o’z vazifasini sitqidildan bajarganliklari sababli 1 (bir) oylik maosh miqdorida moddiy rag‘batlantirilsin. 3.Qarorning ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman. Yig‘ilish kotibi: N. Razzoqova Yig‘ilishda qabul qilingan qarorni maqullagan komissiya a’zolari. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachi: J. Mirzayeva Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi: V. Xodjayeva Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi: H. Tojiboyeva Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachi yordamchisi: R. Sulaymonova Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi: I. Sirojiddinova Download 35.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling