“tasdiqlayman” Direktor: A. Abdualimov


Download 91.38 Kb.
bet1/5
Sana11.01.2023
Hajmi91.38 Kb.
#1089048
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2.Bo\'shliqlarni to\'ldirish



O’ZBEKISTON RESPUBLIKSI XALQ TA’LIMI
VAZIRLIGI

SURHONDARYO VILOYATI


OLTINSOY TUMANI
9-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI
O’quvchilar bilimidagi bo’shliqlarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo’yicha

QO’SHIMCHA MASHG’ULOTLAR OLIB BORISH USULLARI VA METODLARI


“TASDIQLAYMAN”

Direktor: A.Abdualimov

25.10.2021




Oltinsoy tumani XTB-ga qarashli 9-umumiy o’rta ta’lim maktabi Aniq fanlar uslubiy birlashma rahbari A. Abdualimovning 1-chorakda O’quvchilar bilimidagi

bo’shliqlarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo’yicha


T A V S I Y A
O’quvchilar bilimidagi bo’shliqlarni to’ldirish masalasi
quyidagi tartibda amalgam oshirib borildi:



  1. Elektron jadvallar orqali o’quvchilarning chorak davomida qaysi mavzularni o’zlashtira olmayotganliklari va bular qaysi o’quvchilar ekanligi aniqlanib olindi.

  2. O’quvchilar ro’yxati va ularning chorak boshidagi bilim samaradorligi “Qo’shimcha mashg’ulotlar jurnali” ga kiritildi.

  3. O’qituvchi tomonidan o’quvchilar o’zlashtira olmagan mavzular bo’yicha choraklik reja tuzib olindi.

  4. Qo’shimcha mashg’ulotlar jadvali tuzildi.

  5. Qo’shimcha mashg’ulot olib borish uchun konspekt yozilib borildi.

  6. Mashg’ulot olib borildi.

  7. Qo’shimcha mashg’ulotlarning chorak davomidagi o’zgarishlari bo’yicha hisobot tayyorlandi.

  8. O’quvchilar tomonidan mavzularni o’ta past o’zlashtirilishiga o’qituvchining tajribasi yetarli bo’lmagan holatlar aniqlanganda ularga metodik ko’mak berish uchun metod birlashmaning tavsiyasiga ko’ra tajribali o’qituvchilardan biriktirib borildi.



1. O’quvchilar bilimidagi bo’shliqlarni aniqlash:

O’quvchilar bilimidagi bo’shliqlarni aniqlashning eng qulay usuli maxsus elektron jadvallar orqali amalga oshirishdir.


Buning uchun o’qituvchi (yoki rahbar, tashqi nazorat vakili) tomonidan chorak davomida o’tilgan mavzular bo’yicha sinov ishlari o’tkazildi, sinov ishlari test olish, yozma ish, amaliy mashg’ulot o’tkazish, normativ topshiriq, bilimlar attestatsiyasi va hakazolar orqali amalga oshirildi.
Sinov natijalari elektron jadvaliga tusirildi va quyidagicha aniqlandi:
Elektron jadvallarning vertical yo’nalishi bo’yicha o’quvchilar qaysi mavzularni yuqori va qaysilarini past darajada o’zlashtirishlari kelib chiqadi, gorizontal yo’nalishi bo’yicha esa qaysi o’quvchi past o’zlashtirishi va qaysi mavzularni bilmaganliklari aniqlab olindi.

Jadvalda o’quvchilarning o’zlashtiriah darajasi yuqoridan boshlab har 10 foizga o’zlashtirgan o’quvchilar guruhlarga ajratilgan. Qo’shimcha mashg’ulotlarga ana shu jadvalning eng oxiridagi guruhlarning kamida


2 tasiga kirgan o’quvchilarni tanlab olingan.
Maslan, 70% dan past o’zlashtirgan o’quvchilar soni _____ nafar, 70-79% o’zlashtirgan o’quvchilar soni _____ nafar, har ikkala guruhdan _____ nafar o’quvchilar mashg’ulotga qamrab olindi. Ular quyidagi o’quvchilar:
1. Mardonov D
2. Abdug`aforov G
3. Choriqulova T
4. Saidmurodov E
5. Maxmadshoeva M
Shuni ta’kidlab o’tish joizki, qo’shimcha mashg’ulotga qamrab olingan o’quvchilardan tashqari hali 100% samaradorlikka erisha olmagan o’quvchilar ham bor (80-90%, 90-99% samaradorlikka erishgan o’quvchilar nazarda tutilmoqda). Ularni qo’shimcha mashg’ulotga jalb qilinmagani bilan ular bilimidagi bo’shliqlarni to’ldirish masalasi e’tibordan chetda qolmasligi kerak. Ularga dars jarayonida qo’shimcha topshiriq yoki uyga vazifa berish kabi usullar bilan faoliyat olib boorish maqsadga muvofiq.
Misol qilib keltirilgan 5-sinf uchun to’ldirilgan yuqoridagi jadvalda o’qituvchining javoblari eng oxirgi qatorda 95% natija bergan yoki o’quvchilar davomati oxirgi ustunda 84%, darslik bilan ta’minlanishi ham aniq keltirilgan. Bu bilan o’quvchining bilimida bo’shliq paydo bo’lishiga ta’sir etuvchi omillarga:



  1. Maktabda yaratigan sharoit;

  2. Maktabning o’quv moddiy bazasi;

  3. O’qituvchi kasb-mahoratining yetishmasligi;

  4. Mavzularning murakkabligi;

  5. Fanlar bo’yicha mutaxassislarning yetishmasligi;

  6. Ota-onasining o’quvchi o’qishiga befarqligi;

  7. O’quvchi xotirasining zaifligi;

  8. Dars davomidagi kayfiyati;

  9. Salomatligi;

10. Darslarga to’liq qatnashmasligi;
11. O’quvchini uy vazifalarini bajarmasligi;
12. O’quvchini o’qishga nisbatan pul toppish harakatlarini ustunligi;
13. O’quvchilarning sinf va yozma ish daftarlarini muntazam
tekshirilmasligi;
14. O’quvchilar kundalik daftarlari orqali ota-onalar, sinf rahbarlari hamda fan o’qituvchilari hamkorligining yaxshi uyushtirilmaganligi va boshqalar kabi omillarni qo’shib hisobga olib borilsa va shu asosida reja tuzilsa, o’quvchilar bilimidagi bo’shliqlarni to’ldirish osonlashadi.
Elektron jadvalning tuzilishi tartibiga ko’ra o’quvchilarning shu fandan darslik bilan ta’minlanish darajasi va shu fan bo’yicha dars mashg’ulotlariga qatnashishi (davomati) hamda o’qituvchining o’zi dars berayotgan fan bo’yicha bilim darajasi (tashqi nazorat orqali) ham kelib chiqadi. (Elektron jadvallar faqat kompyuter orqali emas, qo’lda chizib, bajarilishi ham mumkin).
O’quvchilar bilimidagi bo’shliqlarni aniqlab borish uchun shu fandan choraklik testlarning 2-3 variantlari bo’yicha bankini yaratilgan.



Download 91.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling