3-4 ml berilliyning biror tuzi eritmasiga ammoniy karbonatning to'yingan
eritmasidan tomizing. Cho'kma tushishini va cho'kmani ammoniy karbonatning
to'yingan eritmasidan mo'l olganda erib ketish sabablarini tushuntiring. Hosil
bo'lgan eritmani qaynating. Eritma qaynatilganda cho'kma tushish sababini
tushuntiring. Reaksiya tenglamasini yozing. 50C gacha qizdirilgan magniy tuzi
eritmasiga to'Iiq cho'kish. sodir bo'lguncha natriy karbonat eritmasidan quying.
Tushgan cho'kmani filtrlang, suv bilan yuving va quritish shkafida 100-150°C da
quriting. Filtratni qaynaguncha qizdiring. Nima kuzatiladi? Reaksiyalar
tenglamalarini yozing. Magniy va berilliy tuzlariga karbonat ioni ta’sir etganda
qanday
ketma-ket
reaksiyalar boradi0 Qaysi jarayonlar
natijasida berilliy va
magniyning gidroksoionlari hosil bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: