Tasdiqlayman” Maktab direktori E. Saidov


Sariosiyo tumani 24- sonli umum ta`lim maktabi 2-“A” sinf


Download 28.42 Kb.
bet2/8
Sana10.02.2023
Hajmi28.42 Kb.
#1185510
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
OTA-ONA YIG\'LISH BAYONNOMA





Sariosiyo tumani 24- sonli umum ta`lim maktabi 2-“A” sinf
o`quvchilari ota- onalarining 3 - Sonli yig`ilish
BAYONNOMASI
5. 01 . 2023-yil 24-maktab binosi
Yig`ilish raisi Mardonova S
Kotib Bobonazarova Z
Qatnashdilar: 2-“a” sinf o`quvchilarining ota-onalari
Kun tartibi
1. II chorak yakuni va III chorak vazifalari
2. Oilada sog`lom turmush tarzini tashkil etish
3. Farzandlarini dars tayyorlashlari uchun sharoit yaratib berish haqida
Eshitildi
Kun tartibidagi masala yuzasidan sinf rahbari Bobonazarova Z
so`zga chiqdi, u o`z nutqida II chorak yakuni haqida quyidagilarni gapirdi. Chorak boshida sinfda
15 nafar o`quvchi bo`lib, shundan 8 nafarini qiz bolalar 7 nafarini o`g`il bolalar tashkil etdi. Chorak oxirida ham 15 nafar o`quvchi saqlanib qolindi . O`quvchilar chorak davomida 2-sinf materiallarini puxta o`rganib bordilar. Sinf davomati 99,4 % ni tashkil etdi. Sinfda sifat o`zlashtirish 73,5 % ni, umumiy o`zlashtirish 95,9% ni ko`rsatdi. Sinfda o`zlashtirishga qiynalayotgan o`quvchilar ham bor. O`ylaymanki, bu o`quvchimiz bu chorakda o`rtoqlarini yetib oladi. 3 nafar o`quvchi 5 baholarda o`qidi Ular Yo`ldosheva M, Haydarqulova Sh va Yoqubjonov Azamat.
Sinfning boshqa o`quvchilari ham puxta o`zlashtirishga harakat qilmoqdalar. Demak, biz II chorak yakunini namunali deb baholasak bo`ladi. O`quvchilar shu zaylda o`qishda davom etsalar, III chopakda ham yaxshi natijalarga erishadilar. A`lo baholarga o`qigan o`quvchilarga rahmatnoma e`lon qilaman . Bu chorakda ham o`qishlarini ana shunday davom ettirishlarini kutib qolaman . Boshqa o`quvchilar ham o`qishlarida tub burilish yasab yana ham faolroq bo`ladilar degan umiddaman.
Shuningdek III chorak vazifalari ham belgilab olindi: 1) Darslarga kech kelmaslik; 2) Berilgan topshiriqlarlarni o`z vaqtida bajarish; 3) Sababsiz dars qoldirmaslik;
4) Dars jadvali asosida darsliklarni olib kelish lozimligi aytildi.
Bundan tashqari II chorak yakunidan so`ng o`quvchilarga qishki ta`til berilganini, ta`til vaqtida o`quvchilar ota-onalarining ruxsatisiz, yolg`iz ko`cha-kuyda yurmasliklari ham aytib o`tildi.
Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi:
1. II chorak yakuni o`zlashtirish va davomatni hisobga olgan holda namunali deb topilsin.
2. III chorakda yuqorida ko`rsatilgan vazifalarni bajarishda sinf o`quvchilariga yordam berish ota-onalar zimmasiga yuklatilsin.
Kun tartibidagi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqib, “Oilada sog`lom turmush tarzini tashkil etish” mavzusidagi ma`ruzani o`qib eshittirdi. “Oila jamiyatning bir bo`g`inidir. Har bir inson tug`ilgan kunidan boshlab o`zining ma`naviy, ijtimoiy, moddiy ehtiyojlarini qondiradi. Shu sababli oiladagi muhitning qay tarzda bo`lishi bolaning tarbiyasiga ta`sir etuvchi muhim omil hisoblanadi. Bolaga milliy ta`lim tarbiya eng avval oilada singdiriladi. Bu jarayon bobolar o`giti, otalar ibrati, ona mehri orqali amalga oshiriladi. oilada sog`lom turmush tarzini shakllantirish ham muhim bir masal hisoblanadi. “Inson salomatligi tabiiy va ijtimoiy iqtisodiy omillarga bog`liq. Kishining salomatligini belgilovchi muhim uning turmush tarzidir. Bu tushunchaga mehnat va dam olish tartibi, to`g`ri ovqatlanish, ijtimoiy faollikni zarur darajada saqlash, organizmni chiniqtirish, shaxsiy gigiyena talablariga rioya qilish , kundalik hayotdagi zarur odatlardan zararli odatlardan voz kechish tushuniladi”. Oiladagi muhit bola tarbiyasiga katta ta`sir ko`rsatadi O`quvchilar mavzu yuzasidan fikr mulohazalarini bildirdilar.
Kun tartibidagi masala yuzasidan yig`ilish qaror qiladi.
1. “Oilada sog`lom turmush tarzini tashkil etish ” mavzusida ma`ruza o`qib eshittirilgani ma`lumot uchun qabul qilinsin.
2.Farzandga o`rnak bo`lish, ular oldidagi ota-onalik burchini bajarish, sinf ota-onalari zimmasiga yuklatisin. .
Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqib, sinf ota-onalariga dars tayyorlash bilim garovi ekanligini, fanlarni o`zlashtirish ahvoli dars tayyorlash bog`liqligi haqida to`xtalib o`tdi . Sinfimizda 19 nafar o`quvchi bo`lib, ular orasida o`qishni bilmaydigan o`quvchi yo`q. Ammo o`zlashtirishga qiynaladigan , o`rtoqlaridan orqada qoladigan, o`z vaqtida darslarini tayyorlamaydigan o`quvchilar bor. Ana shu o`quvchilar fanlarni o`zlashtirishga qiynaladilar. Ular muntazam dars tayyorlab kelsalar sinfimizda fanlarning o`zlashtirish ancha yuqori darajada boladi. Bolalarimizni dars tayyorlab kelishlari uchun dars stolini bo`lishi ular uchunyana ham qulay sharoit yaratadi. O`quvchiga dars tayyorlashiuchun sharoit yaratib bersangiz, ularni maktabga ,dars tayyorlash ga qiziqishi yana ham ortadi. Ota-onam menga befarq emas, demak men o`qishim kerak degan o`y uni a`lo o`qishiga turtki bo`ladi.
Sinf o`quvchilarini har doim fanlardan puxta tayyorgarlik ko`rib kelishlarini yo`lga qo`ysak maqsadga erishgan bo`lar edik.
Yig`ilish kun tartibidagi masala yuzasidan qaror qiladi:

Download 28.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling