"Tasdiqlayman" Maktab direktori: S. Usmonova


Download 141 Kb.
bet6/8
Sana02.01.2022
Hajmi141 Kb.
#201561
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
fan oyligi hisoboti

Darsning jixozi;kompyuter, tarqatma materiallar, baholash uchun kartochkalar, rasmlar, darslik doska.
Darsning metodi; No’ananaviy usul, guruhlar bilan ishlash.
Darsning borishi; I.Tashkiliy qism; a) Salomlashish

Salomlashish jarayonida o’quvchilar bilan salomlashilgandan so’ng vatan haqida she’r aytildi.

b)Davomat aniqlash.

c) Kun xabarlari bilan tanishish.O’quvchilar tomonidan kunning muhim habarlari bilan tanishtiriladi.



Tashkiliy qism jarayonida O’zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 80 yilligi haqida ma’lumotlar berib o’tiladi.

O’quvchilar tomonidan I.Karimov haqidagi ma’lumotlarni berib o’tildi.

O’zbekistonni rivojlantirish bo’yicha 2017-2021-yillarga mo’ljallangan “Harakatlar strategiyasi” haqida ma’lumotlar berib o’tildi.

II.O’tgan darsni takrorlash. Ushbu jarayonda “Ha-Yo’q ” jadvali to’ldirish orqali o’tgan mavzu takrorlanadi.

III.Yangi dars bayoni.

Ushbu jarayonda o’qituvchi tomonidan mavzuni o’quvchilarga tushuntirib beradi. O’quvchilar tomonidan Xiva shaxri haqida ma’lumotlar berib o’tiladi.

Shayboniyxon bosqini arafasida Xorazm Sulton Husayn Boyqarohukmdor bo’lgan Xuroson davlati tasarrufida edi. Xorazmga qo’ng’irot qabilasidan chiqqan Chin So’fi hokim etib taynlangan va u rasman Husayn Boyqaro noibi hisoblanardi.

1505-yilda Shayboniyxon, 1510-yilda esaEron hukmdori shoh Ismoil Xorazmni bosib oladi.Biroq shoh Ismoilning hukmronligi uzoqqa bormadi. Xorazmlilklar safaviylar hukmronligi qarshi qipchoqlik siyosiy kuch madadiga suyanadilar. Ayni paytda Xorazmning mo’tabar zotlari mamlakat taxtiga Shaybon avlodidan Berka Sultonning o’g’li dashti qipchoqlik Elbarsxonni o’tkazishga qaror qiladilar. Ubu davrda Dashti Qipchoqda edi. Berka Sultonning xonadoni Shayboniyxon xonadoni bilan garchand bir shajaradan bo’lsada, ular o’zaro dushmanlik munosabatida edilar. 1480-yilda o’zaro toju-taxt uchun kurashda M. Shayboniyxon tomonidan o’z bobokaloni Shayboniyxon avlodiga mansub Berka Sultonning o’ldirganligi buning sabablaridan biri edi.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. Bunda o’qituvchi tomonida guruhlarga savollar berilib javoblar tinglanadi.

V.Uyga vazifa. “Qadimda va bugun Xorazm ” mavzusida referat tayyorlash.

VI. baholash va darsni yakunlash.

“Ha yoki Yo’q” savolliklari I-guruh

1.1753-yilda Buhoro xonli taxtiga Mang’itlar keldi___________

2. Buhoro xonligi Eronga 200 ming xarvor tovon to’ladi________


3. Muhammad Hakimbiy Amir etib taynlandi_________________

4.Qo’sh puli poliz ekinlaridan olingan soliq___________________

5.Tanobona,zakot, qo’sh puli soliqlari natural tarzda olingan?__________

6. Amir Shoxmurod davrida Qozonariq, Toymanariq va To’g’uzariq qazilgan?________________

1997-yilda Buhoro shaxrining 2700yilligi nishonlandi._____________________

7.Amirlik tashqi savdoda Eron, Xitoy va Hindiston bilan savdo munosabatlarini o’rnatgan._________________

8.Dinnosirbek Xirot shaxri hokimi bo’lgan.______________

9. amirlik qo’shini muntazam bo’lib, qoracherik deb atalgan._______________

10. Vola 1770-1842-yillarda yashab ijod etgan. Uning ko’zi tug’ma ojiz bo’lgan.________________

“Ha yoki Yo’q ” savollar jadvali II-guruh


1.“Qushlar munozarasi”asari Mujrim Obidga tegishli._____________

2. Mirshab- amir otxonasiga ma’sul shaxs.____________

3.Xususiy yerlar asosan arblarga tegishli bo’lgan.___________

4. XVIasrdan boshlab davlat yerlari hiroj deb atalgan._____________

5. “Qushlar munozarasi” asarida 14ta qush suhbati yoritilgan.____________

6. “Gulshan ul-mulk ” asari ikki qismdan iborat._______________

7. Xayol, Vafo , Nazar, Ishq obrazlari Nishotiyning ”Qushlar munozarasi” asarida ko’rsatilgan.________________

8. Mir Ma’sum Olamiyon Amir Haydar davrida yashab ijod etgan.___________

9. ”Amiri Ma’sum” nisbati Amir Shoxmurodga tegishli._________

10. Mang’itlar sulolasi davlatni 1753-1920-yillarda boshqargan.______________

“Ha yoki Yo’q ” savollar jadvali III-guruh


  1. Amir Shoxmurodning kasbi pichoqqa qin yasovchi bo’lgan.____________

  2. ”Toqi muqaddas” olti qirrali usti yopiq bozor.______________

  3. Xarvor- bir otga yuk bo’ladigan miqdor.___________

  4. Amirlikda eng nufuzli lavozim bu qo’shbegi._____________

  5. Registon –mayda tosh yotqizilgan maydon.__________

  6. “Shashmaqomga ” 250 dan ortiq kuylar kiritilgan.___________

  7. Ahmad Donish saroy kutubhonasida 20 yil davomida hattot va rassom bo’lib ishlagan.__________

  8. Amir Nasrullo Yollanma qo’shinga tayanib janglarga kirgan.________

  9. 1821-yilda Mang’itlar qo’zg’olon ko’targan.___________

10 “Yilnomalar to’plami” asari Mir Olim Buhoriy qalamiga mansub.______________



Download 141 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling