Tasdiqlayman” Maktab direktori
Download 3.58 Mb.
|
4-sinf Sinf soati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi
- Milliy va umummadaniy kompetensiyasi
MMIBDO`: ___________________
Sinf rahbar: ___________________ Mavzu: Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya I.Kirish. Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilarga Konvensiya haqida tushuncha berish.O`z huquqlarini farqlay olish,bir-birlarini hurmat qilishga o`rgatish. Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: Mavzuga oid ko`rgazma Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi Tayanch kompetensiya elementlari: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish. O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish. Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash. Tashkiliy qism: -O`quvchilarni darsga hozirlash II.Asosiy qism: “Bola huquqlari to`g`risida”gi Konvensiyasi BMT tomonidan1989-yil 20-noyabrda qabul qilingan.1990 yil yuridik kuchga kirdi. O`zbekiston Resbublikasi BHKni 1992-yil 9-dekabrda ratifikatsiya (moslashtirish) qilingan.BHKda 2 qism,54 moddadan iborat bo`lib,1-41 moddalar bola huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.42-54 moddalar esa bola majburiyatlari bayon etilgan. BHKsi to`rt ta tamoyil 1.Yashash huquqi. 2.Rivojlanish huquqi. 3.Himoyalanish huquqi. 4.Ishtirok etish huquqi 13,23,28,29-moddalar ta`lim olishga oid moddalar hisoblanadi. Yurtimizda bolalarga har tomonlama g`amxo`rlik,onalik va bolalikni muhofaza qilish,sog`lom avlodni kamol toptirish uchun eng yaxshi moddiy sharoit va axloqiy muhitni ta`minlash masalalari davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan. Bolalarga g`amxo`rlik, ularning huquqlari va qonuniy man`faatlari himoyasi bilan nafaqat davlat tuzilmalari, balki ko`plab nodavlat notijorat tashkilotlar ham shug`ullanayotganini ta`kidlash o`rinli,deb hisoblaymiz.”Kamolot”yoshlar ijtimoiy harakati,Bolalar jamg`armasi,”Sog`lom avlod uchun”hukumatga qarashli bo`lmagan xalqaro xayriya jamg`armasi,”Sen yolg`iz emassan”respublika bolalar jamg`armasi, Respublika bolalarni ijtimoiy moslashtirish markazi kabi jamoat tuzilmalari shular jumlasidandir. III.Yakuniy qism: a)Mavzu yuzasidan savol-javob o`tkaziladi. b)”Charxpalak”metodi bo`yicha “Hamma hammaga o`rgatadi.”mashqi o`tkaziladi. O`quvchilar guruhlarga bo`linib,har bir guruhga BHK dan topshiriqli kartochkalar beriladi.Ular o`z fikrlarini yozadilar.Ma`lum vaqtdan so`ng, guruhlar ketma-ket tarzda qog`oz almashadilar.Shu tarzda oz fursat ichida bir nechta topshiriqlarni bajaradilar. O`quvchilar fikrlari xulosalanib,faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling