Tasdiqlayman” O’ibdo’ Shokirova T. Sh “ ” 2012 yil nazariy dars rejasi


Download 1.06 Mb.
bet104/106
Sana05.05.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1429179
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106
Bog'liq
Ҳуқуқшунослик Дарс Ишланма

Xalqaro huquq subyekti tushunchasi
«Huquq subyekti» tushunchasi davlat va huquq nazariyasida ishlab chiqilgan bo'lib, davlatlarning ichki huquq yoki xalqaro huquqqa nisbatan emas, balki umuman huquqqa nisbatan qo'l-laniladi.
Xalqaro huquq ma'lum xalqaro munosabatlarni tartibga soladi, buning natijasida ular xalqaro-huquqiy munosabatga aylanadi. Xalqaro huquq me'yorlari bilan tartibga solingan xalqaro-huquqiy munosa-batlarning qatnashchilari xalqaro huquq subyektlari deb ataladi.
Xalqaro huquq subyektlari — xalqaro huquq me'yorlari bilan subyektiv huquq va majburiyatlarga ega bo'lgan, shuningdek, tegishli huquqiy munosabatlarning real qatnashchilari bo'lishi mumkin bo'lgan taraflar, shaxslardir.
Agar «xalqaro huquq subyekti» atamasi uzoq vaqt davomida faqat xalqaro huquq nazariyasida foydalanib kelingan bo'lsa, so'nggi vaqtlarga kelib xalqaro-huquqiy hujjatlarda ham, xususan BMT doirasida qabul qilingan universal konvensiyalarda foydalanilmoqda. Masalan, 1986-yildagi davlatlar va xalqaro tashkilotlar yoki xalqaro tashkilotlar o'rtasidagi shartnoma huquqi to'g'risidagi Vena Konvensiyasining 3-moddasida «bitta yoki bir necha davlatlar o'rtasida, bitta yoki bir necha xalqaro tashkilotlar va bir yoki bir necha davlat yoki xalqaro tashkilot hisoblanmaydigan xalqaro huquq subyektlari o'rtasida tuzilgan xalqaro bitimlar to'g'risida so'z boradi». Boshqacha aytganda, davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro huquq me'yorlari bilan subyektiv huquq va majburiyatlarga ega bo'lgan qandaydir bir ijtimoiy tuzilmalar xalqaro huquq subyekti hisoblanishi belgilangan.
Xalqaro huquq fanida birlamchi va ikkilamchi (hosilali) xalqaro huquq subyektlariga bo'linadi.
Birlamchi xalqaro huquq subyektlari — avvalo, davlatlar va ayrim hollarda millatlardir. Ular ijtimoiy organizm sifatida paydo bo'lib, muqarrar ravishda o'zaro aloqa o'rnatadi, o'zi o'zaro xalqaro muomala qoidasini yaratadi.
Ikkilamchi (hosilali) xalqaro huquq subyektlari birlamchi subyektlar tomonidan yaratiladi. Ularning xalqaro-huquqiy layoqatining hajmi uning tashkilotchilarining ixtiyori va maqsadiga bogiiq. Bu hukumatlararo tashkilot bo'lishi ham mumkin yoki erkin shaharlar singari davlatga o'xshash tuzilma bo'lishi ham mumkin. Tashkilotchilar ularga o'z nomidan davlatlararo munosabatlarga kirishish huquqini beradi.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling