Tasdiqlayman” O’ibdo’ Shokirova T. Sh “ ” 2012 yil nazariy dars rejasi


Download 1.06 Mb.
bet54/106
Sana05.05.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1429179
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   106
Bog'liq
Ҳуқуқшунослик Дарс Ишланма

Mehnatni normalash sarflangan mehnatni o’lchash va unga yarasha haq to’lash imkonini beradi. Mehnatning quyidagi normalari ko’zda tutilishi mumkin:
a) vaqt normasi;
b) ishlab chiqarish normasi;
v) xizmat ko’rsatish normasi;
g) xodimlar soni normasi.
Mehnat haqi miqdori qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kam bo'lmasligi, uning eng ko'p miqdori esa chegaralanishi mumkin emas;
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, ayrim mehnat shartnomalarini tuzishda zarur shartlar ro'yxati kengaytirilishi mumkin. Masalan, muddatli mehnat shartnomasini tuzishda ishning nafaqat boshlanish sanasi, balki uning tamom bo'lish sanasi ham qayd etiladi. Xodimni muayyan ishni bajarish vaqtiga mo'ljallab ishga qabul qilishda u bajarishi lozim bo'lgan ish aniq ko'rsatilishi zarur. O'rindoshlar bilan mehnat shartnomasini tuzishda qonun hujjatlari bilan nazarda tutilgan eng ko'p muddat doirasida bajarilishi lozim bo'lgan kundalik ishning aniq muddati belgilanadi. Shunisi ham muhimki, mehnat shartnomasini tuzish paytida xodimlarning qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan mehnat huquqlari va kafolatlari darajasi pasaytirilishi mumkin emas.
Yuqorida ta'kidlanganidek, taraflarning kelishuviga ko'ra, mehnat shartnomasida qo'shimcha shartlar nazarda tutilishi mumkin. Ular taraflarning majburiyatlarini aniqlash, ularni to'ldirish, xodimga qo'shimcha imtiyoz va afzalliklar berilishni nazarda tutishi mumkin.
Qo'shimcha shartlarga quyidagilar kiritilishi mumkin:

  • xodimga mehnat sharoitlari belgilangan holda YATMM va MMda nazarda tutilgan qo'shimcha mehnat majburiyatlarini yuklash;

  • bir necha kasbda ishlash tartibi va shartlari ko'rsatilgan holda mehnat shartnomasining mustaqil sharti sifatida bir necha kasbda (lavozimda) ishlash;

  • xodim sinov muddati bilan ishga qabul qilinayotgan taqdirda, sinovning aniq muddati belgilanishi (qachondan-qachongacha);

  • xodim yuqori malakasi uchun, agar bu amaldagi qonun hujjatlarida, jamoa shartnomasida (barcha darajadagi jamoa kelishuvlarida) yoki korxona, tashkilot, muassasada amal qiluvchi boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan hollarda, murak- kabroq ishlarni bajarish bilan bog'liq bo'lgan mehnatga haq to'lashning (tarif stavkalari, mansab maoshlari, qo'shimcha haqlar, ustamalar, mukofotlar va boshqa tarzdagi taqdirlash) yuqoriroq miqdorini yakka tartibda belgilash;

  • xodim uchun belgilangan ish vaqti tuzumi (to'liqsiz ish kuni, to'liqsiz ish haftasi, qisqartirilgan ish vaqti, soatbay ish, ish kunining boshlanishi va tamom bo'lishi va boshqalar);

  • qo'shimcha haq to'lanadigan va haq toianmaydigan dam olish kunlari, ta'tillar berish;

  • ijtimoiy-maishiy tusdagi shartlar (bolalar bog'chasida o'rin ajratish, sanatoriy-kurortda davolanish uchun yo'Uanma bilan ta'minlanish, transport xizmati, markazlashtirilgan tartibda oziq-
    ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash, uy-joy berish va boshqalar);

  • muddatli mehnat shartnomasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda muddatidan oldin bekor qilinganda neustoyka to'lash.

Nazorat savollari.


A . Beriladigan savollar :
1.Ish vaqtidan tashqari ishlarga to`lanadigan haq?
2.Jamoat vazifalarini bajarayotganda qanday haq to`lanadi?
3.Kafolatli to`lov nima?
4.Kompensatsiya to`lovi nima uchun to`lanadi?

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling