Tasdiqlayman” O’ibdo’ Shokirova T. Sh “ ” 2012 yil nazariy dars rejasi
Download 1.06 Mb.
|
Ҳуқуқшунослик Дарс Ишланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy huquqi predmetining o’ziga xos hususiyatlari
- Birinchi yondoshuv
- Ikkinchi yondoshuv
Konstitutsiyaviy huquq normalari:
birinchidan, qonunchilik doirasida siyosiy munosabatlarning eng muhim qismini tartibga soladi; ikkinchidan, ijtimoiy munosabatlarni muayyan tomonlarga yo’naltiriladi, ya’ni konstitutsiyaviy huquqning norma va printsiplari ijtimoiy munosabatlar taraqqiyotini belgilab beradi. Demak, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy huquqi o’ziga xos predmetga ega. Uning predmetini asosan ijtimoiy-siyosiy munosabatlar tashkil etadi. O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy huquqi tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin. O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy huquqi shaxs, jamiyat va davlat o’rtasida vujudga keladigan va davlat hokimiyatini amalga oshirish jarayonida paydo bo’ladigan, inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan munosabatlarni tartibga soluvchi konstitutsiyaviy huquqiy normalar tizimi (yig’indisi)dir. 2. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy huquqi predmetining o’ziga xos hususiyatlari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy huquqi – mustaqil huquq sohasi bo’lib, u milliy huquqiy tizimning o’zagi, yadrosini tashkil etadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy huquqi – muayyan konstitutsiyaviy -huquqiy normalar tizimi (yig’indisi) dan iborat. Huquqshunoslik fanida Konstitutsiyaviy huquqning predmetini aniqlashda uch yondoshuv bor. Birinchi yondoshuv: konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solishning predmetini davlat hokimiyatini amalga oshirish tashkil etadi. Bu yondoshuv rossiyalik huquqshunoslarga xosdir. Konstitutsiya tartibga soladigan ijtimoiy munosabatlarning aksariyatini davlat hokimiyatini tashkil etish va amalga oshirish masalalari tashkil etadi. Ikkinchi yondoshuv: konstitutsiyaviy huquqning predmetini, avvalambor, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish tashkil etadi. YA’ni davlat hokimiyati manfaatlari inson manfatlaridan kelib chiqishi kerak. Uchinchi yondoshuv: konstitutsiyaviy huquq predmetini davlat hokimiyati va inson huquqlariga oid munosabatlarni tartibga solish tashkil etadi. SHunday qilib, bu yondoshuv birinchi va ikkinchi yondoshuvlarni o’zida uyg’unlashtiradi. Bu fikrni mahshur frantsuz konstitutsiyashunos olimi Anri Oriu shunday ifodalagan edi: «Konstitutsiyaviy huquqning asosiy maqsadi-davlat hokimiyati va inson huquqlari, erkinliklarini muayyan nisbatda yashashini ta’minlashdan iborat». Hozirgi zamon konstitutsiyalari esa yana bir yangi uchinchi guruh, ya’ni ijtimoiy munosabatlarni ham tartibga soladi. So’z "shaxs-jamiyat-davlat o’rtasidagi munosabatlarni konstitutsiyaviy tartibga solish to’g’risida ketmoqda. SHunday qilib, O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy huquqi predmeti uchta katta ijtimoiy munosabatlar guruhidan iborat. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy huquqi: Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling