Tasdiqlayman” O’ibdo’ Shokirova T. Sh “ ” 2012 yil nazariy dars rejasi


Download 1.06 Mb.
bet59/106
Sana05.05.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1429179
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   106
Bog'liq
Ҳуқуқшунослик Дарс Ишланма

4.

Mustahkamlash
(qo’llash )

35 minut.

_Har bir guruh mustaqil fikirlarini tinglaydi va ularni umumlashtiradi. Yangi mavzuni o’quvchilar kasbiy faoliyatida va hayotida qanchalik dolzarbligini alohida uqtiradi.Og’zaki savol-javob o’tkazadi. Yangi mavzuga oid o’quvchilar tomonidan tayyorlangan ma’lumotlarni eshitadi va baholaydi.

Og’zaki savol-javob.

Savollar.





5.

Yakuniy qism



5
minut.



_Kichik guruhlar ishini baholaydi va izohlaydi.Faol o’quvchilarni rag’batlatlantiradi. O’quv maqsadiga erishishish darajasini tahlil qiladi. Darsni yakunlaydi va uyga vazifa topshiriladi. Huquqshunoslik. VI bob.Konspekt.

Og’zaki so’rov; tezkor so’rov .
Yozma so’rov; test savollari orqali.
Suhbat. Baholash,tushuntirish.

Kitoblar qo’shimcha adabiyotlar



O’qituvchi ______ Qo`ldashev M.G`.
(imzo) (F.I.O)
Reja:
1 Oila huquqi tushunchasi
2.Oila huquqining tamoyillari (printsiplari)
3. Oila huquqi tizimi
1. Oila huquqi tushunchasi
Oila jamiyatning tabiiy va asosiy xujayrasidir. U qancha mus­tahkam bo’lsa, jamiyat ham shuncha mustahkam va tez rivojlanadi. Ja­miyatimiz asosi-oila moddiy va ijtimoiy jihatdan mustahkamlan­moqda. Oila a’zolari o’rtasidagi munosabatlar axloq-odob va huquqiy qoidalar bilan tartibga solinadi. Oila huquqi huquqning mustaqil sohasi bo’lib, nikoh, qon-qarindoshlik, bolalarning nasl-nasabini belgilash, ota-ona qaramo­g’idan mahrum bo’lgan bolalarni joylashtirish shakllaridan kelib chiqadigan munosabatlarni huquqiy tartibga soladi.
Oila huquqini predmeti bo’lib, oila a’zolari o’rtasidagi shaxsiy va mulkiy munosabatlar hisoblanadi.SHaxsiy munosabatlarga, er-xotinning familiyasi, bolalar tarbiyasi, oila turmushi masalalarini hal qilishi, mashg’ulot turi, kasb va turar-joy tanlash huquqlari kiradi. Mulkiy munosabatlarga esa, er va xotinning nikoh davomida orttirgan umumiy mulklari, shuningdek nikoh qayd etilgunga qadar, bo’lajak er-xotinning umumiy mablag’lari hisobiga olingan mol-mulklari, agar qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha holat ko’rsa­tilmagan bo’lsa, ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi. Ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari, oila a’zolarining va boshqa shaxslarning aliment majburiyatlari kiradi.
Huquqiy-demokratik davlat, erkin adolatli fuqarolik ja­miyatida mulkiy bo’lmagan nomulkiy shaxsiy munosabatlar asosiy belgilovchi, mulkiy munosabatlar esa bo’ysunuvchi hosila xarakterga ega. Oilaviy munosabatlar yig’indisida mulkiy bo’lmagan shaxsiy munosabatlarni ustun bo’lishligining sababi, avvalo naslni davom ettirish va bolalarni tarbiyalash bilan bog’liqdir. SHunday qilib, oila huquqi nikoh tuzish tartibi va shartlari, nikohning tugatilishi, nikohning haqiqiy emasligi, oilada er va xotin o’rtasida, ota-ona bilan bolalar o’rtasida, oilaning boshqa a’zolari o’rtasida kelib chiqadigan shaxsiy va mulkiy munosabat­larni, farzandlikka olish, vasiylik va homiylik, bolalarni oilaga tarbiyaga olish tufayli kelib chiqadigan munosabatlarni, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tartiblarini belgilaydigan huquqiy normalar yig’indisidan iborat.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling