Tasdiqlayman” O’ibdo’ Shokirova T. Sh “ ” 2012 yil nazariy dars rejasi
Download 1.06 Mb.
|
Ҳуқуқшунослик Дарс Ишланма
Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi. Konstitutsiya va qonunlar huquqiy normalar tizimida oliy yuridik kuchga egadir. Turli xil davlat idoralari chiqaradigan normativ-huquqiy hujjatlar qonunlarga zid bo'lmasligi kerak.
3. Inson huquqlari va erkinliklariga riova etilishi, ularning himoya qilinishi va ta'minlanishi. Inson huquqlari va erkinliklari unga tug'ilganidan tegishli bo'lib, ular insondan ajralmasdir. Gap, eng avvalo, insonning yashash, erkinlik, daxlsizlik va xavfsizlikka ega bo'lish huquqlari hamda boshqa huquq va erkinliklari to'g'risida bormoqda. Barcha fuqarolar qonun va mustaqil sud oldida tengdirlar. Davlat va fuqaroning o'zaro mas'uliyati. Davlat qonunlarda shaxs erkinligining me'yorini belgilab qo'yar ekan, xuddi shu chegaralarda o'zini ham qaror qabul qilishda cheklab qo'yadi. Jamiyatda hokimiyatning qonuniyligi (legilimligi). Hokimiyat qonuniy deb e'tirof etilishi uchun u quyidagi talablargajavob berishi shart: demokratik saylovlar yo'li bilan shakllantirilgan bo'lishi; samarali faoliyat yuritib, jamiyatda barqarorlik va qat'iy tartibnita'minlashi; ham mamlakat ichkarisida, ham xalqaro miqyosda tan olinishi. Hokimivat vakolatlarining bo'linishi. Davlat hokimiyati bir qo'lda to'planib qolmasligi uchun hokimiyatning uchta tarmog'ini qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini ajratib qo'yish kerak. Ushbu hokimiyat tarmoqlarining har biri o'z vakolati doirasida amal qiladi. 7. Sudning mustaqilligi. Sud davlat hokimiyatining boshqa ikki tarmog'i kabi mustaqildir. Boshqacha aytganda, sud faoliyatiga hech kimning aralashishiga yoi qo'yilmaydi. X. Huquqni muhofaza qiluvchi idortilarning samarali ishlashi. Agar inson huquqlari va erkinliklari poymol etilsa yoki bunga tahdid mavjud boisa, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar unga yordam berishlari kerak, ushbu huquq va erkinliklarni himoya qilishlari kerak. 9. Huquqiy madaniyatning yuksak darajada ekanligi. Huquqiy madaniyatning eng muhim ko'rsatkichi jamiyatdagi huquqiy ong darajasidir. Huquqiy ong huquqqa munosabat, qonun talablarini bajarish zarurligini anglash darajasini ifodalaydigan huquqiy qarashlar yig'indisi. Huquqiy madaniyat amaldagi qonunlarni bilish, huquqni hurmat qilish va huquqiy qoidalarga rioya etishda namoyon bo'ladi. 10. Dcmokratiyaning rivojlanishi va takomillashuvi. Siyosiy huquqlar va erkinliklar kafolatlanishi, xalq davlat boshqaruvida doimo ishtirok etishi, rivojlangan fuqarolik jamiyati shakllanishi va ma'lum bir muxolafatning bo'lishi zarur. Huquqiy davlat etatik davlatdan butunlay ajralib turadi. Mazkur tafovut davlat hokimiyatini tashkil qilish va amalga oshirishning barcha taraflari, shuningdek, oldida turgan vazifalarni hal etish shakl va usullari, jamiyat, millat va elatlar, ijtimoiy guruhlar va alohida fuqarolar, siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalari kabi tarmoqlarni qamrab oladi. Ulardan eng muhimlariga to'xtalamiz Huquqiy davlatda hokimiyatning butun mexanizmi — har bir organ, mansabdor shaxs — o'z faoliyati davomida huquqiy prinsiplar va qoidalarga tayanadi, o'z faoliyatini ular bilan bog'laydi. Huquqiy normalar nafaqat aholi uchun, balki davlat organlari va mansabdor shaxslar uchun ham majburiy bo'ladi. Ularning huquq chegara-laridan chiqishiga umuman yo'l qo'yilmaydi yoki imkon berilmaydi. Agar etatik davlatda rasmiy organlar va mansabdor shaxslar huquqni o'zlari uchun ikkinchi darajali va majburiy cmas deb tushunsalar, huquqiy davlat sharoitida bunday holat, aksincha, umuman nomaqbul va nojoiz hisoblanadi, shu sababdan u sekin-asta yengib o'tiladi. Huquqiy davlat normativ qonunlarni qabul qilish va e'tirof etish bilan cheklanib qolmaydi. U mazkur qonunlar zaruriy ravishda hayotga talbiq etilishi, barcha jismoniy va yuridik shaxslar, davlat va jamoat organlari, korxona, muassasa va tashkilotlar faoliyatini kerakli yo'nalishga solishga katta ahamiyat beradi. Davlatning huquqni amalga oshirish borasidagi faoliyati asosiy va/.il'a hisoblanadi. Huquqiy davlatda davlat normaliv hujjatlarining amal qilishida subordinatsiyaga rioya qilinishiga katta ahamiyat beriladi. Unda huquq manbalari, ya'ni normativ hujjatlarning qat'iy bo'ysun-dirilgan tizimi shakllanadi, amal qiladi va rivojlanadi. Bu tizimda har bir hujjatning o'rni uning yuridik kuchiga bog'liq bo'ladi. Mazkur huquqiy manbalar «ehromi»ning cho'qqisi — yuqori yuridik kuchga ega bo'lgan konstitutsiya hisoblanadi. Hech qanday huquqiy manba konstitutsiya normalari va prinsiplariga zid bo'lishi mumkin emas. Aksincha, davlat organlarining barcha normativ hujjatlari va huquqning boshqa manbalari konstitutsiyaga asoslanishi, uni aniqlashtirishi, to'ldirishi va mazmunini rivojlantirishi lozim. Shunga muvofiq ravishda konstitutsiyaviy va oddiy qonunlar tuziladi, yuridik pillapoya (piramida)ning quyi «qavatlari»da davlat rahbarining hujjatlari, hukumat farmonlari va farmoyishlari, vazirliklar va idoralarning buyruqlari va ko'rsatmalari, mahalliy vakillik va ijro etuvchi organlarning hujjatlari, huquqiy odatlar, sud va ma'muriy pretsedentlar yaratiladi. Kam yuridik kuchga ega bo'lgan hujjatlarga yuqoriroq yuridik kuchga ega hujjatlarga nisbatan ustun ahamiyat berilishi lotalitar va avtoritar davlatlarga xos bo'lib, huquqiy manbalar subordinatsiyasi va iyerarxiyasini buzadi, shu bois huquqiy davlat uchun zid hisoblanadi. Huquqiy davlatda, birinchidan, shaxs va ijtimoiy munosabatlar subyektlarining haq-huquqlari, huquq va erkinliklarning keng miqyosda qamrab olinganligi, normal hayot faoliyatini ta'minlash hamda jamiyat oldida turgan vazifalarni hal etish uchun yetarliligi bilan ajralib turadi. Ikkinchidan, huquqlar bilan ajralmas birlikda majburiyatlar tizimining mutanosib va muvofiq tizimini o'z ichiga oladi. Uchinchidan, huquqni hayotga tatbiq etish aniq yuridik kafolatlar bilan mustahkamlangan. Bunda ijtimoiy munosa-batlarning bir turdagi subyektlari orasida tenglikni mustah-kamlashga, sinfiy, milliy, urug'-aymoqchilik imtiyozlarini belgilash va bu orqali ulardan biriga imtiyoz berib, ikkinchisini imtiyozlardan mahrum etishga yo'l qo'yilmaydi. Subyektlar orasida mazkur tenglikning yo'qligi etatik jamiyatning huquqiy amaliyoti uchun xosdir. Ayni paytda huquqiy davlat shaxs va ijtimoiy munosabatlar subyektlarining haq-huquqlarini qo'llab-quvvatlash, normativ jihatdan mustahkamlash va takomillashtirish haqida g'amxo'rlik qiladi. Nazorat savollari A . Beriladiga savollar : Davlatning kelib chiqishi haqidagi nazariyalar. 2. Davlatning va uning belgilari. 3. Davlat shakllari. 4. Davlatning funktsiyalari. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling