«Tasdiqlayman» O’quv ishlar bo’yicha Direktor o’rinbosari


Download 1.14 Mb.
bet24/62
Sana16.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1496098
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   62
Bog'liq
«Tasdiqlayman» O’quv ishlar bo’yicha Direktor o’rinbosari

Belgili ma’lumotlar. Har qanday belgili ma’lumotning qiymati ixtiyoriy uzunlikdagi alifbo—raqamli belgilar majmuidan iborat (masalan, «5», «Vatan», «1025»,...). Ma’lumotlarni bunday ifodalash eng ko’p tarqalgan. Belgili ma’lumotning qiymati «1055» ga teng bo’lsa, mashina bu qiymatni osongina songa aylantirib olishi ham mumkin.
Ko’pgina tizimlarda belgili ma’lumotning uzunligi 255 belgi bilan chegaralangan. Lekin ishlab chiqarish texnologiyasining rivojlanishi axborotlar tizimi yaratuvchilariga keng imkoniyatlar ochib bermoqda. Hozirgi paytda ikki o’lchamli jadvallardan, ba’zi tizimlarda belgili ma’lumot qiymati sifatida uzunligi 30 yoki 40 belgi bo’lgan biror turdagi fayl nomini yozish imkoniyatlari mavjud.
Bu nom orqali ixtiyoriy uzunlikdagi ob’yektning biografiyasini o’z ichiga olgan matnli fayl yoki ob’yektning fotosuratini ko’rsatuvchi grafik fayl ochish mumkin.
Bundan tashqari, hozirgi zamon tizimlarida belgili ma’lumot sifatida ixtiyoriy tuzilish va uzunlikdagi (shu jumladan, tasvir va ovoz) ob’yektlar saqlanishi mumkin.
Sonli ma’lumotlar. Bunday turdagi ma’lumotlarga faqat sonlar misol bo’ladi.axborotlar tizimi foydalanuvchilar uchun bunday ma’lumotlar faqat o’lchami (raqamlar soni) va uning aniqligi (nuqtadan keyingi raqamlar soni)ning ahamiyati katta.
Mantiqiy ma’lumotlar. Bu turdagi ma’lumotlar (ba’zida bunday ma’lumotlar Bul qiymatlari deyiladi) bir-birini inkor qiluvchi TRUE (rost) «1» yoki FALSE (yolgon) «0» qiymatlarini qabul qiladi.
Ulardan tizimda ko’zda tutilgan maqsadni amalga oshirish uchun biror ob’yektning holatini ko’rsatishda foydalanish mumkin. Masalan, «lampa yoniq» (TRUE) yoki «lampa o‘chirilgan» (FALSE). Mantiqiy ma’lumotlarning informatikadagi ahamiyati beqiyos ekanligini informatika kursidan yaxshi bilasiz.
Oldingi mavzulardan birida o’quvchilar haqidagi ma’lumotlarni saqlovchi telefon ma’lumotnomasi jadvali berilgan edi. Lekin kundalik hayotda ancha murakkab tuzilishga ega bergan ma’lumotlar ombori bilan ish ko’rishga to’g’ri keladi. Berilgan axborotning mazmuni va undagi ma’lumotlarga ko’ra ular turli ko’rinishlarda ifodalanishi mumkin.



Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling