Daraxtsimon (iyerarxik) modellar.
Tarmoqli (to’rli) modellar.
Relyasion modellar.
Yana shu narsani ta’kidlash lozimki, ma’lumotlar omborsi modellarining faqatgina yuqorida qayd qilingan modeli mavjud deyish, noto’g’ri. Chunki, bulardan tashqari yana ma’lumotlar omborsining binar munosabatlar modeli, ER – modellari, semantiq model kabi boshqa turlari ham mavjud. Lekin amalda asosan dastlabki ta’kidlangan uchta turli modellar ko’proq qo’llanilib kelinmoqda.
Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi o’zining ma’lum ko’rinishdagi ichki tuzulishishiga, amalgam oshiruvchi amaliy dasturlarga ega bo’lishi lozim.
Bunday dasturlar ikki turga: integrallashgan va paketli dasturlarga ajratiladi.
Integrallashgan dasturlar avtomatlashgan ishchi joylari yaratishning asosini tashkil etadi.
Hozirgi kunda integrallashgan dasturlarga nisbatan paketli dasturlardan foydalaniladi.
Keng tarqalgan paketli dasturlarga matnli axborotlarni qayta ishlash (Word), “Elektron jadvallar” va ma’lumotlar omborini qayta ishlash tizimlari misol bo’ladi. Keng tarqalganligi bo’yicha “Ishchi grafiklar” tizimi va kommunikatsiya tizimlari keyingi o’rinda turadi.
Muayyan yo’nalishdagi ma’lumotlar omborini boshqarish uchun mutaxassislar tomonidan dasturlar yaratiladi. Ularda foydalanuvchining tizim bilan miloqoti asosida ma’lum hujjatlarni yaratish yoki uni qayta ishlashda ko’riladigan tipik vazifalar (imkoniyatlar majmui) yoritib beriladi.
MOBT alohida olingan modullardan tashkil topgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |