«Tasdiqlayman» O’quv ishlar bo’yicha Direktor o’rinbosari


Download 1.91 Mb.
bet81/92
Sana08.01.2022
Hajmi1.91 Mb.
#235650
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   92
Bog'liq
Axborot-texnologiyalari-fanidan-maruza-II-kurs-I-II-semestr (1)

Konsentrator (HUB)—tarmoqdagi kompyuterlarni o’zaro axborot almashinuvini ta’minlovchi maxsus qurilma. Ular 8, 12, 16 ta kompyuterlarni o’zaro bog’lashi mumkin.

Axborotni uzatish kabellari- tarmoqda axborotni bir kompyutyerdan boshqasiga uzatish uchun xizmat qiladi (odatda, koaksil kabel ishlatiladi).

Modem —axborotni kompyutyerdan uzatish kabeliga o’tkazuvchi maxsus elektron qurilma.

Modem «modulyator» va «demodulyator» so’zlari birikmasidan hosil bo’lgan. Bu qurilma yordamida axborotlar uzatuvchi kompyutyerda raqamli ko’rinishdan analog ko’rinishiga aylantiriladi, shuningdek, qabul qiluvchi kompyutyerda analog ko’rinishidan raqamli ko’rinishga aylantiriladi. Boshqacha aytganda, modemning vazifasi kompyutyerda «0» va «1» ko’rinishida tasvirlangan ma’lumotni ikki asosiy chastotalik telefon signallariga va aksincha, telefon signalini «0» va «1» yordamida kodlangan axborot ko’rinishiga o’tkazib berishdan iborat. Modemning asosiy xaraktiristikasi bodlarda ulchanadigan ma’lumotlarni uzatish tezligidan iborat. Zamonaviy modemlarning tezligi 2400,9600, 14400, 19200, 22880 va 33600 boddan iborat. Elektron aloqalar uchun ushbu modemlarning ixtiyoriysidan foydalanish mumkin.

Kompyuterlar tarmoqda ishlashi uchun serverga kerakli operatsion tizim o’rnatilishi kerak. Bunday operatsion tizimlar ikki turga bo’linadi. Masalan, Windows for Workdows 95, Windows-1 Workstation operatsion tizimi serversiz tarmoqlarni tashkil etish imkoniga ega bo’lgan operatsion tizimlar hisoblanadi. Bunday tarmoqdagi kompyuterlar teng huquqli hisoblanadi. Ikkinchi turdagi operatsion tizimlarda tarmoqni hosil qilish uchun maxsus kompyuter—server ajratiladi. Ularga Novell Net Ware NT Server va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Bunday operatsion tizim kompyuter ishini ishonchli va samarali qilib amalga oshiradi.




Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling