“Tasdiqlayman” O„quv ishlari bo„yicha prorektor prof O. R. Teshaev 201 yil


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/21
Sana30.03.2017
Hajmi5.01 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21

 
 
O‟zbekiston Respublikasi sog‟liqni saqlash vazirligi 
Toshkent tibbiyot akademiyasi 
 
 
“Tasdiqlayman” 
O„quv ishlari bo„yicha prorektor 
prof                      O.R. Teshaev  
«___» ________      201___ yil 
 
 
 
Kommunal va mehnat gigiena kafedrasi 
O‟QUV USLUBIY MAJMUA 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
TOSHKENT 
 
 

 
 
 
MUNDARIJA 
№ 
Mundarija 
Betlar 

Namunaviy o‟quv dasturi 


Ishchi o‟quv dasturi 
23 

Ta‟lim texnologiyasi 
80 

Masalalar va mashqlar to‟plami 
275 

Test savollari 
313 

Nazorat uchun savollar (JN, ON, YaN) 
343 

Umumiy savollar 
346 

Tarqatma materiallar 
354 

Glossariy 
360 
10 
Referat mavzulari 
362 
11 
Adabiyotlar ro‟yxati 
368 
12 
Tayanch konspekt 
369 
13 
O‟quv materiallari (o‟quv qo‟llanmalar) 
370 
14 
Xorijiy ma‟nbalar 
502 
15 
Kurs ishi mavzulari 
503 
16 
Annotatsiyalari 
504 
17 
Mualliflar to‟g‟risida  
505 
18 
Foydali maslaxatlar 
506 
19 
Meyoriy xujjatlar 
507 
20 
Baholash mezonlari 
531 
 
 
 
 
 
 

 
 
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI  
OLIY VA O„RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI 
 
 
 
Ro„yxatga olindi 
 
№______________ 
 
“___” ____ 
 
O„zbekiston 
Respublikasi                                                                    
Oliy 
va 
o„rta 
maxsus 
ta'lim                                                                   
vazirligining 
20 
yil 
“____” 
_________dagi 
“____”-sonli 
buyrug„i bilan tasdiqlangan 
 
 
MEHNAT GIGIYENASI 
 fanining 
 
O„QUV DASTURI 
 
Bilim sohasi:        
500000  – Sog„liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot 
Ta'lim sohasi:      
510000  – Sogliqni saqlash 
Ta'lim yo„nalishi: 
5510300  Tibbiy – profilaktika ishi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Fanning  o„quv  dasturi  Oliy  va  o„rta  maxsus,  kasb-hunar  ta'limi  o„quv-uslubiy 
birlashmalari faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 20    yil «____» dagi «_____»-
son majlis bayoni bilan ma'qullangan. 
 
Fanning o„quv dasturi Toshkent tibbiyot akademiyasida ishlab chiqildi. 
 

 
 
Tuzuvchilar:    
 
Iskandarova G. T.  
-  t.f.d., professor 
Yusupova V.K. 
- t.f.n., dotsent 
Kurbanova Sh.I. 
- t.f.n., katta o„qituvchi 
Xashirbaeva D.M.  
- t.f.n., katta o„qituvchi 
Yulbarisova F.A. 
- t.f.n., assistent 
 
Taqrizchilar:    
 
Isroilova G.M. 
-  O„zR  SSV  Vrachlar  malakasini  oshirish  instituti, 
“Gigiyena” kafedra katta o„qituvchisi, t.f.n. 
Sadullaeva X.A. 
-    TTA  “Umumiy  va  radiatsion  gigiyena”  kafedra 
dotsenti, t.f.n. 
 
 
Fanning  o„quv  dasturi  Toshkent  tibbiyot  akademiyasi  Ilmiy-uslubiy  kengashida 
tavsiya qilingan (20    yil ________dagi  «_____»   «____»-sonli bayonnoma) 

 
 
 
 
Kirish 
Fanning bakalavr tayyorlashdagi o„rni va axamiyati 
«Iqtisodiy  va  siyosiy  sohalardagi  barcha  islohatlarimizni  pirovard  maqsadi, 
yurtimizda  yashayotgan  barcha  fuqarolar  uchun  munosib  hayot  sharoitlarini  tashkil  qilib 
berishdan iboratdir. Aynan shuning uchun ham ma'naviy jihatdan mukammal rivojlangan 
insonni  tarbiyalash,  ta'lim  va  maorifni  yuksaltirishni  milliy  uyg„onish g„oyasini  ro„yobga 
chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri 
bo„lib  qoladi”  (Prezident  I.A.  Karimovning  1995  yil  fevral  oyidagi  O„zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining 1 sessiyasidagi ma'ruzasidan Toshkent 1998 yil).  
O„zbekiston  Respublikasi  hayotida  progress  asosida  rivojlanishga  qaratilgan, 
iqtisodiy  strukturani  qayta  qurish,  samarador  shakllarni    boshqarish,  mehnatni 
stimullashtirish  va  tashkillashtirishni  yangi  kursi  olib  borilmoqda.  Uning  yangilik  va 
yutuqlarining  asosiy  qismidan  biri  yuqori  malakali  tibbiy  kadrlarni  tayyorlashdir.  Bunda 
katta  rol  sog„liqni  saqlashda  profilaktika  yo„nalishini  ta'minlovchi  mutaxassislarga 
qaratilgan.  
Mehnat  gigiyenasini  asosiy  maqsadi  –  ish  bajarish  jarayonida  ishlovchilar 
organizmiga bajarayotgan ishning, ish sharoitining va ishni tashkil etilganligini o„rganish 
va  kasb  kasalliklarini  kamaytirish,  oldini  olishga  qaratilgan  chora  tadbirlarini  ishlab 
chiqish.  Dasturning  asosiy  vazifalaridan  biri:  nazariy  va  amaliy  tayyorgarlik  bilimlari 
yordamida  tashqi  muhitni  ta'sirini  to„g„ri  tushinish,  mehnat  jarayonini,  mehnat  sharoitiga 
gigiyenik baho berish usullarini o„rganish, ishchilar salomatligini saqlashga qaratilgan. 
O„quv fanining maqsadi va vazifalari 
Fanni  o„qitishdan  maqsad  –  nazorat  ostidagi  ishlab  chiqarish  ob'ektlarida  davlat 
sanitariya  nazorati  olib  borish  uchun  nazariy  va  amaliy  tayyorgarlikni  ta'minlash,  ish 
sharoitini  yaxshilash,  ishchilar  salomatligini  saqlash,  tashqi  muhitni  himoya  qilishga 
qaratilgan chora-tadbirlarni tashkil qilish, o„tkazish va asoslashdan iborat. 
 
Faninng vazifalari: 
1.
 
Ishlab  chiqarish  sharoitida  inson  bilan  muhit  orasidagi  ta'sirni  to„g„ri  talqin 
qilishga mutaxasislarni nazariy va amaliy tayyorlash;  
1.
 
Ishlash jarayonida ish qobiliyatini tekshirish usullarini o„rganish va charchashni 
oldini olish, profilaktik choralarni ishlab chiqish;  
1.
 
Mehnat  sharoitlaridagi  zararli  va  xavfli  omillarga  baho  berishda  gigiyenik 
tekshiruv usullarini qo„llashga o„rganish;  
1.
 
Ishlovchilar  kasallanishi  bilan  mehnat  sharoitlari  o„rtasidagi  sabab  va  bog„lik 
aloqani tahlil qilish usullarini o„rganish;  

 
 
 
 
1.
 
Umumiy  kasallanish  va  kasb  kasalliklarini  kamaytirishga,  ishlab  chiqarish 
unumdorligini  oshirishga,  optimal  ish  sharoitlarini  yaratishga  qaratilgan 
kompleks chora tadbirlar ishlab chiqish.    
 
Fan  bo„yicha  talabalarning  bilimiga,  ko„nikma  va  malakasiga  qo„yiladigan 
talablar 
«Mehnat  gigiyenasi»  o„quv  fanini  o„zlashtirish  jarayonida  amalga  oshiriladigan 
masalalar doirasida bakalavr 
 
mehnat  gigiyena  fanini  gigiyena  fanlari  majmuida  tutgan  o„rni,  mehnat 
gigiyenasini  -  ilmiy  fan  sifatida  tushunchasi,  uning  maqsadi,  vazifasi,  hajmi,  nazorat 
ob'ektlari,  mehnat    gigiyena  bo„yicha  vrachlarning  ish  yuritish  shakl  va  usullarini  bilishi 
kerak;  
 
sanoat  va  ishlab  chiqarish    tarmoqlarini  rivojlanishi  davrida  fanning 
zamonaviy  vazifalari,  sanitariya  va  mehnat  gigiyenasi  sohasida  davlat  sanitariya  nazorati 
amaliyoti  ilmiy  asoslari  gigiyenik  me'yorlashtirish  yo„lida  tadqiqotlarni  kengayishi  va 
mukamallashtirilishi sohasidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak; 
 
mehnat  gigiyenasi  fanini  o„rganish  talabalarni  quyidagi  fanlardan  olgan 
bilimlariga  asoslanadi:  fizika,  kimyo,  biologiya,  mikrobiologiya,  normal  va  patologik 
fiziologiya,  ichki  ksalliklar,  umumiy  va  radiatsion  gigiyena,  kasb  kasalliklari,  kommunal 
gigiyenasi,  ovqatlanish  gigiyenasi,  bolalar  va  o„smirlar  gigiyenasi,  epidemiologiya, 
ijtimoiy  gigiyena  va  jamoat  sog„lig„ini  saqlash  sohasidagi  .malakasiga  ega  bo‘lishi 
kerak.
Fanning o„quv rejadagi boshqa fanlar bilan o„zaro bog„liqligi va uslubiy jihatdan 
uzviy ketma-ketligi 
Mehnat gigiyena fani mutaxassislik fani hisoblanib, 8-,9-,10 va 11-12-semestrlarda 
o„qitiladi.    Dasturni  amalga  oshirish  o„quv  rejasida  rejalashtirilgan  fizika,  kimyo, 
biologiya,  mikrobiologiya,  normal  va  patologik  fiziologiya,  ichki  kasalliklar,  yuqumli 
kasalliklar,  kasb  kasalliklari,  umumiy  va  radiatsion  gigiyena,  kommunal  gigiyenasi, 
ovqatlanish gigiyenasi, bolalar va o„smirlar gigiyenasi, epidemiologiya, ijtimoiy gigiyena 
va  jamoat  sog„lig„ini  saqlashni  tashkil  etish  gigiyenasi  fanlaridan  yetarli  bilim  va 
ko„nikmalarga ega bo„lishlik talab etiladi. 
Sog„liqni saqlash tizimidagi o„rni 
 
O„zbekiston  Respublikasining  ijtimoiy  siyosatini  muxim  vazifalardan  biriga 
mehnatkashlarni  sog„lig„ini  muxofaza  qilish,  xavfsiz  ish  sharoitlarni  yaratib  berish,  kasb 
kasalliklarni  kamaytirish  muxim  axamiyatga  ega.  Mehnat  gigiyena  vrachi  ish  jarayonida 
ishlovchilarni  ish  qobiliyatini  va  sog„lig„ini  saqlash  maqsadida  sanitariya  meyorlari, 
qoidalari  va  mehnatni  tashkillashtirish  mehnat  sharoitlarni  ishchi  organizmga  ta'sirini 

 
 
o„rganish  va  kompleks  sog„lomlashtirish  chora-tadbirlarini  ishlab  chiqarish  katta  o„rin 
tutadi. 
 
Fanni o„qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar 
Talabalarning mehnat gigiyenasi fanini o„zlashtirishlari uchun o„qitishning ilg„or va 
zamonaviy  usullaridan  foydalanish,  yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq 
qilish  muhim  axamiyatga  egadir.  Fanni  o„zlashtirishda  darslik,  o„quv  va  uslubiy 
qo„llanmalar,  ma'ruza  matnlari,  tarqatma  materiallar,  kompyuter  dasturlari,  elektron 
materiallar hamda zamonaviy laboratoriya o„lchov asboblarilardan foydalaniladi. Ma'ruza 
va amaliy darslarda mos ravishdagi ilg„or pedagogik texnologiyalar, keys texnologiyalari 
qo„llaniladi. 
Asosiy qism 
Mehnat fiziologiyasi va psixologiyasi asoslari 
        Mehnat  fiziologiyasi  fani,  mazmuni,  usul  va  vazifalari  I.M.  Sechenov,  I.P.  Pavlov, 
A.A.  Uxtomskiy,  P.K.  Anoxinlarni  mehnat  fiziologiyasini  rivojlantirishdagi  roli.  Ishlab 
chiqarish  korxonalarida    mehnat  gigiyenasi  vrachini  fiziologik  tekshiruvlarni  tashkil 
etishda roli. Ularni o„tkazish usullari hozirgi sharoitda mehnat faoliyatini fiziologik o„ziga 
xosligi. 
Ishlab 
chiqarishda 
mehnat 
ish 
jarayonini 
mexanizatsiyalashtirish, 
avtomatlashtirish,  kompyuterlashtirish  va  boshqalar.  Ish  faoliyatini  markaziy  asab 
boshqarish  prinsiplari.  Dominant,  dinamik  ishlab  chiqarish  stereotipi.  Mehnat  faoliyatini 
funksional  sistemasi.  Jismoniy  mehnat  turlari  -  lokal,  global,  regional  jismoniy  ishlar. 
Aqliy  mehnat  turlari  –  operator  mehnati.  Tayanch  xarakat  apparatining  umumiy  tavsifi, 
holati. Ratsional ishchi holatini (pozasini) tanlab beruvchi sharoitlar “O„tirgan”, “o„tirgan-
turgan”,  “turgan”  holatlardagi  ishchi  holatlar.  Bu  holatlarni  organizmga  ta'siri.  Mehnat 
faoliyati jarayonida ichki organlarning vazifalari, kon aylanishi va yurak ishi,. nafas olish, 
energiya  sarfi  va  gaz  almashinishi.  Ish  bajarayotganda  qondagi  biokimyoviy,  ayrim 
morfologik  va  fizik-kimyoviy  o„zgarishlar,  har-xil  ish  bajarayotganda  MNS  holati  (eslab 
qolish,  fikrlash  va  boshqalar)  mehnat  jarayonida  hayajonlanishini    roli.            Charchash 
muammosi. Ish kuni davomida ish holatini dinamikasi. Charchash va uni ish jarayonidagi 
kursatkichlari  zo„riqish  va  o„ta  charchash.  Kasb  kasalliklari,  o„ta  charchash  va  zo„riqish 
asorati sifatida. Gipokineziya, gipodinamiya, monotoniya. Avtomatizatsiyalashtirilgan ish 
turlarida  funksional  holat.  Ishning  og„irligi  va  keskinligi.  Ishning  og„irligi  va  keskinligi 
bo„yicha  tasnifi.  Ish  qobiliyatini  oshirishdagi  asosiy  yunalishlar.  O„ta  charchashni  oldini 
oluvchi  chora  tadbirlar.  Mehnat  psixologiyasi  fani,  uning  mazmuni,  tekshirish  usullari. 
Kasblarni  o„rganishga  psixologik  yondoshish.  Ilmiy  texnikaviy  taraqqiyot,  uning  maqsad 
va vazifalari. Mashq va trenirovka, ish tempi va ritmini mohiyati. Mehnat va dam olishni 
ratsional  tartibi.  Aktiv  dam  olishning  muammolari.  Ishlab  chiqarish  jismoniy  tarbiyaning 

 
 
turlari,  funksional  musiqa.  Har  xil  turlarida  charchash  profilaktikasini  fiziologik  asoslari 
(konveyrli  ish  bajarganda,  pultli  boshqarishda  va  boshqalar).  Ergonomika.  Ergonomika 
mazmuni, gigiyena va mehnat fiziologiyasi bilan bog„liqligi. 
Ishlab chiqarishda mikroiqlim 
     Ishlab  chiqarishda  mikroiqlim  tushunchasi  va  uning  turlari.  Asosiy  ko„rsatgichlar 
tasnifi  (harorat,  nisbiy  namlik,  havoni  harakat  tezligi,  infraqizil  nurlanish),  baholash 
usullari.  Infraqizil  nurlanish,  ishlab  chiqarishda  uning  manbai.  Nurlanish  qonuni,  uning 
gigiyenik ahamiyati. Yopiq xonalarda va tashqi atmosferada bajariladigan har xil ishlarda 
mikroiqlimning  o„ziga  xosligi.  Issiq  va  sovuq  sexlar.  Ayrim  mikroiqlim  ko„rsatkichlarini 
insonlardagi  modda  almashinuviga  ta'siri  (funksional  va  kimyoviy  termoregulyasiya). 
Asosiy  mikroiqlim  ko„rsatkichlarini  inson  organizmiga  va  uning  faoliyatiga  biologik 
ta'siri.  Adaptatsiya  va  akklimatizatsiya.  Noqulay    mikroiqlim  (sovituvchi,  isituvchi) 
sharoitida  ishchilarda  kasallanish  Mikroiqliminig  gigiyenik  me'yorlash  prinsiplari.  Ishlab 
chiqarish  sharoitida  noqulay  mikroiqlimni  oldini  oluvchi  profilaktik  chora-tadbirlar, 
umumiy  va  shaxsiy  himoya  vositalari,  mehnat  va  dam  olish  tartibi,  davolash  profilaktik 
chora-tadbirlarlar. 
Yuqori va past atmosfera bosimi 
    Yuqori bosim bilan bog„lik ish turlari. Kesson va suv osti sehlarida ishlovchilarining ish 
sharoiti  va  zararli  omillari.  Giperborik  oksigenatsiya  sharoitida  ishlovchi  tibbiy 
personalning  mehnatining  o„ziga  xosligi.  Kompressiya  va  dekompressiya  sharoitlarida 
saturatsiya  va  desaturatsiya  holat.  Yuqori  atmosfera  bosimi,  inson  organizmiga  va  ish 
holatiga  bog„liqligi.  Dekompression  kasalligi,  kelib  chiqish  sabablari,  klinik  alomatlari, 
oldini olish profilaktik tadbirlari. Bir tartibdagi va har xil tartibdagi dekompressiya holati, 
kesson kasalligida muolaja. 
     Past atmosfera bosimi bilan bog„liq bo„lgan asosiy ish turlari, noqulay havo sharoitida 
uchraydigan  kompensator  reaksiyalar.  Kislorod  yetishmasligini  spetsifik  va  nospetsifik 
organizmga  ta'siri,  tog„  va  balandlik  kasalliklari,  ularning  kelib  chiqish  sabablari,  klinik 
ko„rsatkichlari.  Past  atmosfera  bosimi  sharoitida  ishlovchi  ishchilarda  sog„lomlashtirish 
chora tadbirlari. 
Ishlab chiqarishda chang 
     Changning  gigiyenik  ahamiyati  Chang  hosil  bo„luvchi  ishlab  chiqarish  korxonalari. 
Chang  hosil  qiluvchi  manba  va  usullar.  Chang  tasnifi.  Kondensatsiya  va  dezintegratsiya 
changlari.  Changning  fizik-kimyoviy  tarkibi  va  ularning  gigiyenik  ahamiyati. 
Changlanganlikni aniqlash usullari va ishlab chiqarishda ularni qo„llanilishi. Organizmda 
chang kinetikasi.  

 
 
Chang  ta'sirida  kelib  chiqadigan  kasb  kasalliklari.  Changning  spetsifik  va 
nospetsifik  ta'siri.  Yuqori  nafas  yullarida  chang  ta'siridan  kelib  chiqadigan  kasalliklar 
(bronxit,  bronxialnaya  astma  va  boshqalar).Ishlab  chiqarish  sharoitida  changga  qarshi 
kurash  usullari  har  xil  turdagi  changlarga  ruxsat  etilgan  me'yorlarni    reglamentlovchi 
prinsiplar. Shaxsiy himoya vositalari. Davolash profilaktik chora tadbirlar. 
Kimyoviy omil 
 
 
Ishlab  chiqarishda  zaharlar  –  ishlab    chiqarishda  zaharli  va  havfli  omillar,  ularni 
oldini  olishda va foydalanishda ishchilar organizimiga ta'siri,  keng qo„llanilishi. 
Asosiy tushuncha, vazifalari, zaharlilikni aniqlash usullari, eksperimental, gigiyenik, 
klinik,  fiziologik,  patomorfologik,  immunologik  va  boshqalar    Organizmga  ta'siri 
bo„yicha  tasnifi  (umumxavfliligi,  qichishtiruvchanligi,  sensibilizatsion  xususiyati, 
konserogenligi, mutogenligi bo„yicha). Kimyoviy omil.  Ishlab chiqarish turlari:organik 
sintetik  asosiy  ishlab  chikarish sanoati, koks  kimyo  sanoati, kimyo-  farmatsevtika, neft-
kimyo,  pestitsid  sanoatlari,  metall  kislota,  ishqor,    mineral  o„g„it,  plastik  modda, 
kimyoviy  tola,  ayrim  kimyoviy  modda  va  boshqalar.  Kimyoviy  birikma  va  kimyoviy 
modda  qo„llovchi  ishlab  chiqarish  turlari:  mashina  sanoati,  tekstil  sanoati,  organik 
erituvchi va bo„yoqlarni, katalizatorlarni, issiqlik uzatuvchi, reaktivlar qo„llovchi sanoat 
korxonalari.  Ishlab  chiqarish  sharoitida  xom  ashyo,  tayyor  mahsulot,  adashgan 
qo„shimchalar,  katalizator,  issiqlik  uzatuvchi,  chiqindi  qo„llanilishida  kimyoviy  omillar 
manbai.  Zaharlilik  va  havflilikni  aniqlovchi  omillar:  kimyoviy  tarkibini,  eruvchanligini, 
dispersligini, agregat holatini aniqlovchi (aerozol, par, gaz, eritmalar). Havoda, ish joyida 
uchuvchanlik  holati,  chidamlilik,  doza  va  konsentratsiyasi.  Oldini  olish  choralari: 
gigiyenik  reglamentatsiya,  texnikaviy  va  texnologik  chora  tadbirlar  (avtomatizatsiya, 
germetizatsiya,  texnologik  jarayonni  ketma-ketligi,  o„ta  xavfli  jarayonlarni  alohidalash, 
mexanik  ventilyasiya,  havodagi  ish  joyini  kimyoviy  moddalar  tarkibi  ustidan  doimiy 
nazorat o„tkazish, maishiy xonalarni takomillashtirish, davriy va daslabki tibbiy ko„rikni 
o„tkazish. 
 
Ishlab  chiqarishda  kanserogenlar.  Ularning  tasnifi,  zamonaviy  sanoatda 
kanserogenlardan  foydalanish  va  ularni  qo„llash.  Kasb  kanserogenezini  o„ziga  xosligi. 
Mehnat  gigiyenasida  epidemiologik  tekshiruvlar  mohiyati.  Kasbiy  o„simtalarni 
joylashishi, kelib chiqish sabablari, tuzilishi va o„ziga xosligi (o„pka, siydik pufagi, jigar 
va boshqalar) Yangi kimyoviy  moddalarni blastogenligini tekshirish. Kasbiy o„simtalarni 
umumiy profilaktik asoslari. Shaxsiy va jamoa himoya vositalari. Tibbiy profilaktik chora-
tadbirlar.   
Umumiy va xususiy profilaktik toksikologiya 

 
 
        Umumiy  toksikologiya.  Toksikologiya  haqida  tushuncha.  Sog„lomlashtirish  chora 
tadbirlari  tarkibida  toksikologiyaning  o„rni.  Toksikokinetika,  metabolizm,  dinamikaga 
ta'sir  etuvchi  omillar,  zararli  moddalarni  zaharli  ta'siri.  O„tkir  va  surunkali  kasbdan 
zaharlanish.  Zaharlanishning  asosiy  sabablari,  zaharlanishning  alohidalik  ta'sirini  o„ziga 
xosligi.  Kompleks,  kombinatsiyalashgan,  birgalikda  va  ketma-ket  ta'sirlar  haqida 
tushuncha.  Zaharlanishning  (gonadotrop,  embritrop)ta'sir  oqibatlari.  Zaharlanishga 
moyillik,  ishlab  chiqarishda  zaharlanishlar  allergenlar  sifatida,  zaharlanish  chora 
tadbirlarini asosiy yunalishlari. 
        Toksikometriyaning  ahamiyati.  Asosiy  ko„rsatkichlari,  usullari  va  ta'rifi. 
“Zaharlilik” va “havflilik” haqida tushuncha,  ruxsat etilgan me'yor, OBUV tushunchasi, 
ahamiyati.  Ularni  qo„llash  usullari  va  prinsiplari.  O„rtacha  smenalik  va  maksimal  bir 
vaqtlik  konsentratsiya  hakida  tushuncha.  Ishlab  chiqarishdagi  zaharlanishlarni    gigiyenik 
prinsiplari. 
        Xususiy  toksikologiya,  ishlab  chiqarishda  zaharlanishlar    va  ular  natijasida  kelib 
chiquvchi  kasalliklar,  metallar,  metalloorganik  birikmalar,  organik  erituvchilar, 
qichishtiruvchi gazlar va boshqalar. 
Pestitsidlar 
     
Pestitsid    haqida    tushuncha.  Pestitsidlarni    qo„llanishining    gigiyenik    aspektlari.  
Pestitsidlarni    qo„llash    usullari    va    turlari    ularni  gigiyenik    ahamiyati.  Pestitsidlarni  
tasnifi: qo„llanilishi  bo„yicha  kimyoviy tuzilishi  bo„yicha va  boshqalar. Pestitsidlar bilan  
ishlashda 
gigiyenik mehnat sharoiti (transportirovka qilish, caqlash, tayyorlash mashina 
va  apparatlarni  zararsizlantirish, pestitsidlarni  qo„llash va boshqalar). Pestitsidlarni ayrim 
guruhlarini  gigiyenik  va  toksikologik  tavsifi:  (simob,  fosfoorganik  va  xloroorganik 
birikmalar, karbamitlar va boshqalar). Organizmga ta'siri, zaharlanish usullari va sabablari. 
Pestitsidlarni saqlash va tarqatish, transportirovka qilish va qo„llashda xavfsizlik choralari, 
yadoximikatlarga  qo„yiladigan  talablar.  Urug„larga  ishlov  berishda  mehnat  gigiyenasi. 
Pestitsidlar  bilan ishlashda sanitariya  qonunchiligi.  Pestitsidlarni qo„llash va  tadbiq  etish 
reglamenti:  gigiyenik  me'yorlash.  Shaxsiy  himoya  vositalari.  Tashqi  muhitni 
muxofazalash.  Tibbiy-profilaktik  tadbirlar.  O„simliklarda  biologik  himoya  vositalarini 
qo„llashda  ish  sharoitiga  qo„yiladigan  gigiyenik  talablar  (entomofaglar,  mikrobiologik 
preparatlar,  feromenlar).  Oldini  olish  choralari.  Ishlab  chiqarishda  kanserogenlar  va 
ularning  tasnifi.  Zamonaviy  ishlab  chiqarish  jarayonida  konserogenlarni  qo„llash,  tadbik 
etish.  Kasbiy  konserogenezni  o„ziga  xosligi.  Mehnat  gigiyenasida  epidemiologik 
tekshiruvlarning  mohiyati.  Kasbiy  o„simtalarning  joylashishi,  kelib  chiqish  sabablari, 
usullari  va  o„ziga  xosligi  (o„pka,  jigar,  siydik  qopi  va  boshqalar).  Yangi  kimyoviy 
birikmalarni  blastomogenlik  tekshiruvlar.  Kasbiy  o„simtalarni  profilaktik  asoslari. 
Umumiy va shaxsiy himoya vositalari. Tibbiy-profilaktik chora tadbirlar. 
Biologik omillar 

 
 
     
Biologik  omil  hakida  tushuncha.  Biologik  zarar  turlari:  zooantrapanozlar 
(o„simliklar,  changlanganlik,  urug„lar,  jun,  soch  va  boshqalar),  aralash,  organik 
chang(o„simlik,  paxta,  urug„,  tuproq  changi),  efir  yog„lari,  o„simlikdan  kelib  chiquvchi 
aromatik  birikmalar,  saprofit  mikroflora    (ozuqa,  mikrobiologik  sanoati  va  boshqalar), 
mikrobiologik sintez mahsuloti (BVK, vitaminlar, fermentlar, zamburug„lar, antibiotiklar 
va boshqalar), kelib chiqishi bo„yicha biologik pestitsidlar, to„qima va hujayra kulturalari, 
makroorganizmlar (hayvon va qushlar bilan ishlash). Biologik omillar ta'sir etuvchi asosiy 
ishlab chiqaruvchi sanoatlar: qishlok xujalik sanoati (bug„doy yetishtiruvchi, paxtachilik, 
tabaki  yetishtiruvchi,  bog„bonchilik  va  boshqalar),  mikrobiologik  sanoati,  biologik 
pestitsidlarni  qo„llash  va  ishlab  chiqarish,  chorvachilik,  va  parranda  yetishtirish,  baliq 
yetishtirish, hayvonlarni o„rgatish va xizmat qilish(sirklar, xayvonot bog„lari), kasalliklar 
(infeksion,  psixiatrik  kasalxonalar).  Ishchilar  organizmiga  biologik  omillarni  ta'siri: 
allergen  ta'siri,  infeksion(zooantrapanozlar,  brutsellyoz,  tulyaremiya,  salmonellyoz, 
qichitma,stolbnyak  va  boshqalar),  zaharlilik  ta'siri  (zaharlanish)  ishchilar  jaroxatini 
havfliligi:  profilaktik  chora-tadbirlar:  qishloq  xo„jaligidagi  ishlab  chiqarishda  zamonaviy 
texnikani qo„llash, ozuqa tayyorlashda mexanizatsiya ishlari, mikrobiologik sintez ishlab 
chiqarishda texnologik jarayonni ketma-ketligi, moslamalarni germetiklash, yem saqlovchi 
omborxonalarda  namlikni  kamaytirish,  kasal  xayvonlarni  o„z  vaqtida  aniqlash  va 
izolyasiya  qilish,  ishlab  chiqarish  xonalarini  va  fermalarni  dizenfeksiya  qilish,  ishchilar 
urtasida  tushuntirish  ishlari  o„tkazish,  ShXV  va  maxsus  kiyim  bilan  ta'minlash,  tashqi 
muhitni  muxofaza  qilish,  gigiyenik  mehnat  sharoitini  nazorat  qilish,  maishiy  xonalarni 
jihozlash, dastlabki va davriy tibbiy ko„riklarni o„tkazish. 


Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling