Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor Teshaev O. R


Download 6.32 Mb.
bet69/111
Sana15.10.2023
Hajmi6.32 Mb.
#1704051
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   111
Bog'liq
Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor Teshae

Masala №3. Bemor 30 yoshda. Diagnoz: bronxial astma, o‘rta og‘ir kechishi, qo‘zish davrida. Bemor bir yildan beri xasta, bir necha marta hurujlar kuzatilgan Ko‘krak qafasi silindrik shaklda, aralash tipda nafas oladi, perkussiyada o‘pkalarida qutichasimon tovush aniqlanadi. O‘pka ekskursiyasi ikki tomonda 2,5sm. Nafas sustlashgan, vezikulyar, jarangli xirillashlar nafas chiqarganda kuchayadi, nafas olish soni 24 ta/min. Yurak chegaralari normada,tonlari biroz bo‘g‘iqlashgan, puls 82 ta/min, ritmik. AD 120/85 mm sm.ust.
Tashqi nafas tekshiruvlari: O‘TS 3,8 l (99,4% IO‘TS), nafas hajmi 680 ml, nafas chiqarish hajmi - 0,95 l, nafa solish -1,75 l.
FO‘TS 1 s — 2,05 l (64,26% IO‘TS), Tiffno indeksi — 60-65%; O‘MTX —11,34 l, O‘MV — 15,06 l (14,25% IO‘MV).
1.DJTning vazifalarini qo‘ying.
2.DJTning vositalarini belgilang.
3.Maxsus mashqlarni taklif eting.
Javob:
1.Nafasning kompensator imkoniyatlarini rivojlantirish, nafas va yurak-qon tomir tizimining funksional holatini yaxshilash, kundalik va mehnat yuklamalariga moslanuvchanlikni oshirish.
2.Jismoniy mashqlar, ko‘krak qafasi massaji.
3.Nafas chiqarish fazasini oshirish bilan statik nafas mashqlari, nafas chiqrishda nafasni ushlab qolish, dinamik nafas mashqlari, tovushli nafas gimnastikasi. Ko‘krak qafasi va yelka kamari mushaklarini bo‘shashtirishga, qo‘l va oyoqlar uchun dinamik mashqlar.
Masala №4. 20 yoshli bemor Diagnoz: O‘ng pastki bo‘lak pnevmoniyasi, pnevmokokkli etiologiya bilan, kasallikning 8-kuni. Shikoyati qiyin ajraluvchi shiliq-yiring aralash yo‘talga, nafas olganda o‘ng tomonda ko‘krak qafasida sanchuvchi og‘riqqa, tana harorati 37,2 oS. O‘ng tomnda pastda perkutor tovush timpanik (bo‘g‘iq) xarakterda, sust bronxial nafas, jarangli krepitatsiyalangan xirillashlar.Rentgenogrammada o‘ng o‘pakaning pastki bo‘lagi soyalangan. Qon analizi dinamikada neytrofilyoz kamayib borgan, EChT — 25mm./soat.
1.DJT asosiy vazifasi ayting.
2.DJT vazifalarini belgilang.
3.Nafas mashqlari ko‘rstaing.
Javob:
1.Yalig‘lanish o‘chog‘ini so‘rishi..
2.Tashqi nafas faoliyati tiklash, nafas va yurak qontomir tizimlariini funksional xolatini yaxshilash.
3.Drenajlovchi nafas mashqlari Tana qismlariga mashqlar bilan dinamik nafas mashqlari birga qo‘llash.

Download 6.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling