Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor Teshaev O. R


Download 6.32 Mb.
bet95/111
Sana15.10.2023
Hajmi6.32 Mb.
#1704051
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   111
Bog'liq
Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor Teshae

Umumiy vazifalari :
a.Qon aylanishning ekstrakardial omillarini asta – sekin chiniqti-rish;
b.yengil jismoniy yuklamalarga organizmni asta-sekin moslashtirish.
v.Dimlanish holatlari bilan kurashish.
3.Erkin harakat tartiboti
A) erkin avaylovchi
B) erkin avaylovchi-chiniqtiruvchi
V) erkin chiniqtiruvchi
Muolajaning davomiyligi 30-45 minut, ishlash – dam olish nisbati
5 : 1, o‘rta hisobda 25-35 ta mashq beriladi, mashqlarning qaytarilish soni 10-12 marta, sekin, o‘rta sur'atlarda.
Umumiy vazifalari :
1.O‘sib boruvchi jismoniy yuklamalarga organizmni moslashtirib borish.
2.Organ va sistemalar orasidagi o‘zaro aloqalarning korrelyativli-gini yaxshilash.
3.Bemorlarni kasb va yashash faoliyatlariga tayyorlash.
Shifobaxsh gimnastika muolajasini tuzish prinsiplari :
1.Dastlabki holatni tanlash.
2.Patogenetik belgisi bo‘yicha maxsus mashqlarni tanlash.
3.Muolajaning davomiyligi.
4.Beriladigan mashqlarning soni.
5.Har bir mashqning qaytarilish soni.
6.Bir mashqning davomiyligi (tushak tartiboti – 10-15 sekund, yarim tushak tartiboti – 15-20 sekund, erkin tartiboti – 30-40 sekund).
7.Qo‘llaniladigan mashqlarning tarqoqligi, ya'ni muolajaga har xil mashqlar kiritilishi kerak.
8.Berilayotgan yuklamaning asta-sekinlik prinsipi, ya'ni muolaja shunday tuzilishi kerakki, avval bemor organizmi yengil mashqlar yordamida asosiy yuklamaga tayyorlanadi, so‘ngra muolaja oxirida bo‘shashtiruvchi mashqlar yordamida bemor organizmi dastlabki holatga qaytarilishi lozim.
9.Qo‘llaniladigan mashqlar sur'ati (sekin, o‘rta, tez, tezlashadigan).
10.Muolaja vaqtida ishlash-dam olish nisbati.
11.Muolaja vaqtida bajariladigan harakatning ritmi va amplitudasi.
12.Muolajaga emotsional omillarni qo‘shish (musiqa, raqslarga xos mashq).
ShJT bo‘yicha vrachning majburiyatlari
1.Bemorlarni qabul qilish va tekshirish.
2.Davolovchi shifokorlar bilan ShJTga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar haqida suhbat o‘tkazish.
3.Mashg‘ulotlarning effektivligini aniqlash.
4.Vrachli-pedagogik nazoratni o‘tkazish.
5.Metodistning malakasini oshirishni muntazam nazorat qilish.
6.ShJT mashg‘uloti sxemasini tuzish va shifobaxsh gimnastika muolajasini tuzishda ShJTning vazifalarini tavsiya etish.
Shifobaxsh gimnastika muolajasini o‘tkazishga qarshi ko‘rsatmalar:
1.Nisbiy qarshi ko‘rsatmalar :
-bemorlarning umumiy og‘ir holati;
-kasallikning o‘tkir davri;
-tana haroratining 37,5 gradusdan ortishi;
-jismoniy mashqlar bajarishda og‘riqning zo‘rayishi;
-yiringli jarayonning bo‘lishi;
-shikastlangan suyak bo‘laklarining yetarli bo‘lmagan immobilizatsiyasi;
-yirik qon tomir va nerv yaqinida yod tanalarning bo‘lishi;
-qon ketish va qon ketishga moyillik.
Bu ko‘rsatmalarning nisbiy deyilishiga sabab shuki, ular bartaraf etilganidan so‘ng shifobaxsh jismoniy tarbiya muolajasini bemorga tavsiya etish mumkin.
Stomatologida DJT ni ko‘llashga asosiy ko‘rsatmalar.
-Umumiy: burun, xalqum va og‘iz bo‘shlig‘i to‘qimalarining patologik buzilishi (yallig‘lanish jaranyolari,og‘riq,travma) oqabatida nafas funksiyasining buzilishi.
-Maxalliy tipda:tug‘ri ovqatlanish, chaynash,til bilan ovqatni aralashtirish va yutishning buzilishi.


Stomatologiyadagi maxsus mashqlar.
-Chaynovchi muskullar uchun mashq.
-Mimika muskullari uchun mashq.
-Xarakat koordinatsiyasi uchun mashq.
-Yumshoq tanglay, yuqori lab va til mushaklari chiniqtiruvchi mashqlar.
-Mexanoterapiya


Yuz, jag‘ soxasi (YuJS) zararlanishi va kasalliklari kechishida DBT vazifalari (o‘tkir davr)
-Ichki a'zolar tamonidan yuzaga kelishi mumkin bulgan asoratlar profilaktikasi.
-Jarayonni qaytishida regenerativ xususiyatini yaxshilash maxsadida zaralanish soxasida qon va limfa sistemasini kuchaytirish.
-Yuz, jag‘ soxasida qo‘pol tortuvchi chandiqlar, chiynovchi mushaklar kontrakturalari kelib chikishini oldini oluvchi profilaktikasi.
-Elementar maishi usullar o‘ylab topish.
Yuz, jag‘ soxasi zararlanishi (o‘tkir osti) yoki kasalliklari kechishi ikkinchi davri DJT vazifalari.
-Kontraktura kelib chikishiga qarshi kurashish
-Yuz, jag‘ soxasi xarakatini taminlash.
-Turli guruh mushaklari faoliyatini tiklash.


Kontraktura kelib chikishiga qarshi kurashish. Yuz, jag‘ soxasi xarakatini taminlash. Turli guruh mushaklari faoliyatini tiklash.
-Yuz, jag apparati faoliyatini tiklash zararlangan suyak tukamalarini tiklanishini taminlash;
-Zararlangan yumshok tukimalarda epitelizatsiya yeki chandiklanishni tugatish;
-Bemor mexnat faoliyatini tiklash;


2.Absolyut qarshi ko‘rsatma :
-yomon sifatli shishishlar yoki onkologik kasalliklar.
Xulosa
Ma'ruzada ShJT usullarining boshqa dori-darmon bilan davolash usullaridan afzallik tomonlari ko‘rsatildi, jismoniy mashqlarning ta'sir mexanizmlari tushuntirildi. ShJT vositalari, shakllarining klassifikatsiyalari, harakat tartibotlari va unga bog‘liq holda shifobaxsh gimnastika muolajasini tuzish prinsiplari haqida fikr yuritildi.
Tinglovchilar bilan o‘zaro aloqani o‘rnatish uchun savollar
1.Davolash-reabilitatsiya kompleksida ShJT qanday maqsadda qo‘llani-ladi ?
2.ShJTning usullari va ularning afzalliklari?
3.Jismoniy mashqlarning shifobaxsh ta'sir mexanizmi.
4.Jismoniy mashqlar qanday guruhlarga bo‘linadi?
5.Qaysi holatlarda ideomotor mashqlarni qo‘llash tavsiya etiladi?
6.Harakat tartibotini kengaytirish qachon va kim bilan xal etiladi?
7.Harakat tartibotlari va ularning vazifalari qanday?
8.Shifobaxsh gimnastika muolajasini tuzishda nimaga e'tibor berish kerak?
9. Stomatologiyadagi maxsus mashqlarni ayting?
10. Stomatologik kasalliklarida ShJTga karshi kursatmalar


Qo‘llanilgan adabiyotlar

Download 6.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling