Tasdiqlayman O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Hajmli  geometrik  shakllar


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/17
Sana18.09.2020
Hajmi1.46 Mb.
#130195
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
Matematik tasavvur 2019


Hajmli  geometrik  shakllar  bilan  tanishtirishda  bolalar  har  xil  tekshirish  harakatlari 
sistemalaridan foydalanishadi: kontur bo’ylab barmoqlarini yuritib chiqadilar, ularning sirtlarini 
qo’llari  bilan  silab  chiqadilar,  asosni  tavsiflaydilar,  yoqlarni  sanaydilar,  ularning  kattaliklarini 
taqqoslaydilar, bunda bevosita taqqoslash usulidan foydalanadilar. 
Masalan,  tarbiyachi  bolalar  bilan  birga  shar,  silindrni  tekshiradi.  U  bolalardan  sharni, 
silindrni  dumalatishni  so’raydi,  so’ngra  ularni  to’xtatib,  tushuntiradi:  sharga  ozgina  tegishing 
bilan, u dumalaydi, shar juda turg’un emas, silindr esa dumalashi ham, turishi ham mumkin. 
Tarbiyachi  qog’oz  varag’iga  silindrni  qo’yib,  qalam  aylantirib  chiqishni  taklif  qiladi. 
Chizilgan doiracha bilan silindr asosi orasidagi bog’lanish o’rnatiladi. Bolalar silindirning asosi 
bo’ylab barmoqlarini yuritib chiqadilar. Ular “uning tagi doira” deyishadi.  
Har  xil  mashqlar  bolalarning  geometrik  shakllar  haqidagi  bilimlarini  mustahkamlash  va 
aniqlash imkonini beradi. Masalan, bolalarga plastilindan kub, silindr, shar yasashni, qog’ozdan 
kvadratlar,  to’g’ri  to’rtburchaklar  va  uchburchaklar  qirqish,  figurani  ikki  va  to’rt  qismga 
bo’lishni,  va  aksincha,  qismlardan  butun  tuzish,  bir  xil  figuralardan  boshqa  figuralar  tuzishni 
(ikkita  kvadratdan  to’g’ri  to’rtburchak  tuzish  va  b.),  cho’plardan  u  yoki  bu  figurani  yasashni 
taklif  qilish  mumkin.  Chunonchi,  tarbiyachi  bolalarga  cho’plardan  uchburchak  (to’g’ri 
to’rtburchak) tuzish va unga nechta cho’p ketganini gapirib berishni taklif qiladi va uchta, oltita 
cho’pdan qanday ifgura tuzish mumkinligini o’ylab ko’rishni so’raydi va h.k. 
Bolalar  geometrik  figuralarning  har  xil  alomatlariga  ko’ra,  ya’ni  shakli,  rangi,  kattaligi 
bo’yicha  guruhlarga  ajratadilar,  ularni  kattaliklarining  kamayib  borishi  yoki  o’chib  borishi 
tartibida joylashtiradilar. 
Bolalarga shakli yoki rangi byo’chia o’xshash figuralarni tanlashda ularga nechta guruh 
hosil bo’lishini o’ylab ko’rishni taklif qilish, so’ngra amaliy ishlarni bajarish foydalidir. Muhimi, 
bolalar u yoki bu topshiriqni bajarib, nima qilganliklari va natijada nima hosil bo’lganini, ya’ni u 
yoki bu guruhga qancha va qanday figuralar kirganini gapirib berishlari shart. 
Bolalarga  u  yoki  bu  figurani  tavsifi  bo’yicha  topishni  yoki  “Paypaslab  bil”  kabi 
o’yinlarda figurani mustaqil tavsiflashni taklif qilish mumkin. 
Mashg’ulotlarda  va  kundalik  turmushda  didaktik  o’yinlar  o’tkaziladi.  Masalan,  “Har 
qaysi  figurani  o’z  o’rniga  qo’y”  o’yini  geometrik  figuralarning  bir  qator  alomatlarga  ko’ra 
o’zgarishini,  jumladan,  proporsiyalar  bo’yicha,  kattaliklari  bo’yicha  o’zgarishini  ko’rsatish 
imkonini beradi. 
Bolalarga  buyumlarning  shaklini  shaklning  geometrik  etaloni  bilan  taqqoslash  asosida 
aniqlashni o’rgatishga katta ahamiyat beriladi. 
O’yin va mashqlar uchun o’yinchoq qushcha, matryoshka va boshqa narsalar tanlanadi. 

Buyum  shaklini  baholab,  bolalar  uning  biror  geometrik  obrazga  o’xshashliklarinigina 
emas,  balki  undan  farqlarini  topishlari  ham  muhimdir.  Tajriba  bolalarga  bu  juda  qiynnlik 
qilishini ko’rsatmoqda. 
Buyumlarning  o’zlari  bilan  bir  qatorda  bolalar  ular  tasvirlangan  rasmlarni  tanlaydilar. 
Ular oddin geometrik obraz bo’yicha, keyinroq esa og’zaki ishlaydilar. 
-  To’g’ri  to’rtburchak  tomonlarining  kattaliklari  haqida  nima  deyish  mumkin?  Qanday 
tekshirish mumkin? 
Har  xil  usullardan  foydalanish  mumkinligi  aniqlanadi:  figurani  teng  ikki  buklab,  oldin 
qarama  –  qarshi  tomonlarni,  so’ngra  burchaklarni  (burchakni  burchak  bilan)  ustma  –  ust 
tushurish mumkin, tomonlarni qog’oz poloska bilan o’lchash ham mumkin. 
Oxirida tarbiyachi so’rasdi: “Kvadrat nimasi bilan to’g’ri to’rtburchakka o’xshaydi?”. 
Bolalarni doira bilan ovalni, kvadrat bilan to’g’ri to’rtburchakni taqqoslashga o’rgatishda 
bu  figuralar  har  xil  o’lchamda,  rangda,  har  xil  fazoviy  joylanishda  tasvirlangan  jadvallardan 
foydalaniladi. Bolalar qog’oz, karton, faner, plastilindan tayyorlangan figuralar bilan ishlaydilar. 
Kundalik  hayotda,  loy  va  plastilindan  narsalar  yasash  mashg’ulotlarida  bolalar,  ular 
netasalar  ham,  istamasalar  ham,  hajmli  geometrik  figuralar  (shar,  kub,  silindr)  bilan 
uchrashadilar.  Tarbiyachi  bolalar  bu  figuralarni  yaxshilab  o’zlashtirishlariga  yordam  berishi 
mumkin.  Ushbu  o’yinlar  o’tkaziladi:  “Xaltachadagi  nima?”,  “Top  va  jim  tur”,  “Xonamizdan 
sharga o’xshagan predmetlarni top”, “Kim dumaloq jismlarni ko’p aytadi?”, Bolalar “Geometrik 
loto”,  “Yettitasi  qatorasiga”  va  boshqa  stol  ustida  o’ynaladigan  o’yinlarni  o’ynashadi.  Bu 
o’yinlar  jarayonida  tuzilishi  bo’yicha  yaqin  figuralarni  ham  (oval  –  doira),  hajmli  va  yassi 
shakldagi figuralarni ham (oval – doira), hajmli va yassi shakldagi figuralarni ham (shar – doira, 
kub – kvadrat) farq qila olish malakalari takomillashtiriladi, shakl bo’yicha orientir olish tezligi 
hosil  qilinadi,  atrof  –  borliqdagi  shakllar  ko’p  xilligigiga  nisbatan  bolalarning  qiziqishlari 
rivojlantiriladi. 
Maktabga tayyorlov guruhi 
Maktabgacha 
tayyorlov 
guruhida 
bolalarning 
shakl 
haqidagi 
bilimlar 
mustahkamlanadi  va  sistemaga  solinadi.  Bolalar  maktabga  borgunlariga  qadar  quyidagi 
geometrik shakllarni farq qilish, nomlarini aytish, asosiy xossalari va belgilarini bilishlari 
kerak: doira, oval, to’g’ri to’rtburchak, kvadrat, uchburchak, to’rt burchak, shar, kub va silindr. 
Bu shakllarni bolalar  rangi,  kattaligi, proporsiyasi, u  yoki  bu figuralarning fazoviy  holatlaridan 
qat’i  nazar,  bilishlari,  hayotiy  buyumlardan  o’zlariga  tanish  shakllarni  topa  olishlari  kerak.  Bu 
ishga, odatda, mashg’ulotlarning bir qismi ajratiladi. 
Mashg’ulotlarda  shu  maqsadlarda  o’yinlar  o’tkaziladi,  bu  o’yinlarning  shartiga  ko’ra, 
bolalar  atrofdagi  buyumlardan  o’zlariga  tanish  geometrik  shakllarni  topishadi.  Masalan, 
tarbiyachi  kvadrat  shaklidagi  buyumlarni  aytishni  taklif  qiladi.  Buyumni  to’g’ri  topib,  uning 
shakli  haqida  gapirib  bergan  har  qaysi  bola  bittadan  fishka  oladi.  Ko’p  buyum  aytgan  (ko’p 
fishka to’plagan) bola yutib chiqadi. Tarbiyachi buyumni ko’rsatmasdan, uning taviri tushirilgan 
kartochkani ko’rsatishi mumkin. 
Bolalar  olgan  bilimlarni  sistemaga  solish,  ularga  ba’zi  buyumlar  orasidagi 
munosabatlarni tushunib olishda yordam berish muhim vazifalardan biridir. 
Bolalarni  to’g’ri  to’rtburchak  va  kvadrat  modellaridan  foydalanib,  “to’rtburchak” 
tushunchasi  bilan  tanishtirilgan.  Endi,  ularga  to’g’ri  to’rtburchak  4  ta  burchagi  va  4  ta  tomoni 
bo’lgan figura ekanini tushuntirish qoladi. Bolalarga bir nechta topshiriq berish mumkin,  ya’ni 
ular  to’rtburchak  shaklidagi  qanday  buyumlarni  bilishlarini,  rasmda  tasvirlangan  buyumlar 
shaklini aytishlarini so’ray va shu kabi topshiriqlarni berish mumkin. 
Bolalarga bu figuralarni farq qilishnigina emas, balki ularni tiklay olishni ham o’rgatish 
kerak.  Masalan,  tarbiyachi  bolalarga  katakli  qog’ozga  tomonlari  4  tadan  katakka  teng  kvadrat 
chizishni  tavsiya  qiladi.  So’ngra  tomonlari  oldingisidan  2  ta  katak  ortiq  bo’lgan  kvadrat 
chizishni, ustki va pastki asoslari 4 tadan katakka, chap va o’ng tomonlari 2 tadan katakka teng 
to’g’ri to’rtburcha k chizishni taklif qiladi. Topshiriqni bajarishganidan keyin bolalardan qanday 
figurani tasvirlaganlarini so’rash kerak. 

Tarbiyachi  bolalarga  bunday  topshiriq  berishi  mumkin:  tomonlari  teng  (har  biri  4 
katakdan)  to’rtburchak  chizing,  uni  ikkita  figuraga  ajrating  (ajratishni  chapdan  o’ngga  yoki 
yuqoridan pastga qaratib bajarish mumkin) va qanday ifguralar hosil bo’lganini ayting. Keyingi 
mashg’ulotlarga bolalarga rasmi chizilgan kvadratni “burchagidan burchagiga” bo’yicha bo’lish  
vahosil bo’lgan figuralarni aytishni taklif qilish maqsadga muvofiq. U holda ham, bu holda ham 
bolalar figuralardan biri (to’rtburchak, uchburchak)ni rangli qalam bilan bo’yashlari mumkin. 
Bu  xil  mashqlar  bolalarni  geometrik  figuralarning  shaklini  almashtirishga  doir 
mashqlarni  bajarishga  (2-4  ta  doira  qismidan  butun  doira  yasash  (tuzish);  oldin  2ta,  keyin  4  ta 
uchburchakdan to’rtburchak tuzish va h.k.) zamin tayyorlaydi. 
Uchburchaklar va to’rtburchaklar haqidagi bilimlar asosida tarbiyachi yangi tushuncha – 
“ko’pburchak” tushunchasini kiritadi. Har xil turdagi uchburchaklar, kattaligi va fazodagi o’rni 
byo’chia har xil bo’lgan to’rtburchak modellarini ko’rsatadi. Figuralarni qarab, ularning nimasi 
umumiy,  degan  savolga  javob  berishga  harakat  qilishni  taklif  qiladi.  Bolalarning  diqqatlarini 
uchburchaklar va to’rtburchaklarning tomonlari va burchaklari borligiga qaratish kerak. Shundan 
keyin  bu  figuralarning  har  birida  qanchadan  burchak  borligini,  bu  figuralarni  bir  so’z  bilan 
qanday atash (ko’pburchaklar) mumkinligini so’rash kerak. 
Bolalarni mashq qildirish uchun quyidagidek topshiriqlardan foydalanish kerak: “Bir xil 
o’lchamdagi 10 ta cho’pdan bir nechta ko’pburchak tuzing”. “Katakli daftarga har xil o’lchamli 
va rangli ko’pburchaklar chizing”. 
Shuningdek,  maktabgacha  yoshdagi  bolalarni  buyumlarni  shakli  bo’yicha  guruhlashga 
doir mashq qildirish maqsadga muvofiq. Masalan, oldin bolalar buyumlarni 2 ta guruhga, ya’ni 
yumaloq  shakldagi  figuralar  va  ko’pburchaklar  guruhlariga  bo’lishadi.  Shundan  keyin 
ko’pburchaklar  ichidan  to’rtburchaklar  va  uchburchaklarni  ajratishadi.  Nihoyat,  to’rtburchaklar 
orasidan kvadratlarni topishadi. 
Quyidagidek  mashqlar  o’tkazish  foydali:  “Top-chi,  qatorda  qaysi  figura  ortiqcha?”, 
“Qaysi figura yetmaydi?”, “Huddi shunday shakldagi figurapni top” va h.k. 
Tarbiyachi bolalarni sodda masalalar – bosh qotirg’ichlar (cho’plardan har xil geometrik 
figuralar  tuzish)  bilan  tanishtirish  mumkin.  Maslalan,  7  ta  cho’pdan  2  ta  kvadrat  tuz,  6  ta 
cho’pdan  to’g’ri  to’rtburchak  tuz;  7  ta  cho’pdan  3  ta  uchburchak  tuz;  6  ta  cho’pdan  2  ta 
uchburchak  va  1  ta  kvadrat  tuzish  mumkinmi?  Bu  mashqlar  bolaning  topqirligini,  xotirasini, 
tafakkurini rivojlantirish imkonini beradi. 
Butun ish ma’lum izchillikda tuzilishi kerakligi tushunarli. 
O’quv yili boshida tarbiyachi bolalarning shakl haqidagi bilimlari darajasini aniqlaydi. 
Katta  guruhda  foydalanilgan  usullarning  o’zo’i  bilimlariga  kamchiliklarni  to’ldirishga 
yordam beradi. Geometrik figuralar haqidagi bilimlarni mustahkamlash va aniqlash, shuningdek, 
bolalarni kataklar bo’yicha o’lchashga mashq qildirish uchun katakli qog’ozda kvadratlar, to’g’ri 
to’rtburchaklar, doiralar, ovallar chizish bo’yicha mashqlar o’tkaziladi. 
Geometrik  figuralar,  shuningdek,  sodda  shakldagi  buyumlar  (bayroqchalar,  olxo’rilar, 
olmalar va h.k)ning rasmini chizishga matematikadan 10-12 ta mashg’ulot ajratiladi. 
U  yoki  bu  figura  rasmini  chizgandan,  keyin,  bolalar  ularni  ikki  yoki  to’rt  qismga 
bo’ladilar,  bunda  ular  figuralarning  qarma  –qarshi  tomonlari  yoki  burchaklarini  to’g’ri  chiziq 
bilan birlashtiradilar va nima hosil bo’lganini gapirib beradilar. 
Bolalar  tarbiyachining  topshiriig’iga  ko’ra,  har  xil  yo’nalishda  ma’lum  miqdorda 
kataklarni sanab, nuqta qo’yishlari va bu nuqtalarni o’zaro birlashtirib, u yoki bu figurani hosil 
qilishlari mumkin. 
Tayyorlov guruhida har xil alomatlariga ko’ra, ya’ni rangi, shakli, kattaligi va miqdoriga 
ko’ra  buyumlarni  guruhlarga  ajratishga  doir  mashqlariga  keng  o’rin  beriladi.  Bolalarga 
figuralarning to’rtta –beshtadan har xil ko’rinishlari, uch – to’rt xil rangda ikkitadan beshtagacha 
xil  o’lchamlarda  beriladi.  Ular  bu  figuralarning  rangi  va  o’lchamiga  e’tibor  bermay,  o’lcham 
alomati bo’yicha guruhlaydilar. 
Tarbiyachi  dastlab  bolalarga  figuralarning  belgilarini  aniqlashda  yordam  beradi, 
keyinchalik  esa,  ularning  o’zlari  figuralarning  qanday  belgilari  bo’yicha  guruhlarga  bo’lish, 

nechta guruh hosil bo’lishi, u yoki bu guruhga nechta figura kirishi kabi masalalarni mustaqil hal 
qiladilar, ya’ni oldin ishlarni rejalashtirishadi, keyin esa bajarishadi. 
Bolalar  figuralarni  guruhlashda  bitta  belgi  bo’yicha  mo’ljal  olib,  boshqa  belgilarga 
e’tibor bermaydilar. 
Guruhlashga  doir  mashqlar  o’tkaganda  bolalarning  figura  haqidagi  bilimlarini 
sistemalashtirish  maqsadga  muvofiq.  Masalan,  oldin  figuralarni  guruhga  ajratish,  so’ngra 
yumaloq  figuralar  orasidan  to’rtburchaklar  va  uchburchaklarni  ajratish  kerak.  Nihoyat, 
to’rtburchaklar orasidan to’g’ri to’rtburchaklar va kvadratlarni topish kerak. 
Bolalar ayrim shakllar orasida bog’lanishlar o’rnatadilar: figuralar juftini  tanlashga doir 
mashqlar  shu  maqsadga  xizmat  qiladi,  uchrubchraklar,  to’rtburchaklar  va  h.k.  har  xil  rang  va 
o’lchamdagi,  ammo  bir  xil  proporsiyadagi  figuralar,  masalan,  teng  yonli  uchburchaklar  juft 
tashkil qiladi. Bolalar har xil proporsiyadagi bir jinsli figuralarni taqqoslashadi. 
Bolalarga mantiqiy mashqlarni taklif qilish foydali, masalan, “Toping chi, qatorda qaysi 
figsra  ortiqcha?”,  “Figuralarni  tanlashda  qanday  xato  qilishgan?”  (Qator  qilib  qo’yilgan  6  ta 
uchburchak orasiga bitta to’rtburcha kqo’yilgan va h.k.), “Qanday figura etishmaydi?” (uch- to’rt 
xil  o’lchamdagi  uchburchaklar,  ovallar,  to’rtburchaklar  qatorlarga  joylashtirilgan,  har  qaysi 
qatorga  buyumlar  kattaliklari  kichiklashib  boradigan  tartibda  joylashtirilgan,  bir  qatorda  bitta 
figura etmaydi). 
Bir  guruhdagi  figuralarning  ikkinchi  guruhdagi  figuralardan  farq  qilish  alomatlarini 
topishga doir masalalar uchburchaklar, to’rtburchaklar va boshqa figuralar haqidagi tasavvurlarni 
mustahkamlash  imkoinin  beradi.  Doiralar  va  ovallar,  uchburchaklar  va  to’rtburchaklar 
tasvirlangan juftlashgan jadvallardan foydalanish mumkin, figuralar ikki – uch xil o’lchamda va 
rangda berilgan. 
Tayyorlov  guruhi  dasturida  geometrik  figuralar  ko’rinishini  o’zgartirish,  bir  xil 
figuralardan boshqa xil figuralar tuzish nazarda tutilgan. 
Tarbiyachi  bolalarga  o’z  ixtiyorlaridagi  figuralarni  qarashni,  ularni  shakl  bo’yicha 
taqsimlash,  ular  qanday  atalashini  va  qanday  kattalikda  ekanini  aytishni  taklif  qiladi.  So’ngra 
esa, qandaydir ikki uchta figura olib, ularni  birlashtirish  yo’li bilan qanday  yangi  figura tuzish 
mumkinligini o’ylab ko’rishni taklif qiladi. Bolalar figuralarni tuzganlaridan keyin, qanday yangi 
figuralar hosil bo’lganini va ular qanday figuralardan tuzilganligini gapprib berishni taklif qiladi.  
Bolalar  qismlardan  butun  figuralar  tuzib,  ikkita  yarimta,  4  ta  yarimta,  sakkizdan  bir 
qismdan,  doiraning  to’rtdan  biriga  teng  qismlay  va  h.k.  dan  nechta  doira  tuzish  mumkinligini 
fahmlaydilar.  
Maktab  yoshidagi  katta  bolalar  bilan  ishlashda  geometrik  mazmunli  qiziqarli  o’yin  va 
mashqlar  katta  foyda  keltiradi.  Ular  matematik  bilimlarga  qiziqishni  rivojlantiradi,  bolalarning 
aqliy qobiliyatlarining o’sishiga yordam beradi. 
Bolalar  topqirlikka  doir  masalalari,  “boshqotirg’ichlar”,yasashga  doir  masalalarni 
echadilar, masalan, bir figura yoniga ikkinchi figurani yasash yo’li bilan bolalar  7 ta cho’pdan 
ikkita  kvadrat  tuzadilar.  U  yoki  burasm  –applikasiyani  (xo’roz  va  b.)  tuzishda  nechta  doira 
,uchburchak,  to’g’ri  to’rtburchakdan  foydalanilganini  aniqlashadi.  U  yoki  bu  rasm,  yoki  naqsh 
qanday figuralardan  tuzilganini topadilar (fahmlaydilarG’, ular nechta ekanini ko’radilar. 
“Tangram”  (geometrik  konstruktor)o’yinida    murakkab  figuralar,  ya’ni  “quyoncha”, 
“Turnalar”, “xo’rozcha” va boshqa narsalarni bolalar ettita sodda figuralardan yasaydilar. 
Tarbiyachi bolalarni masalaning echilish yo’llarini ongli izlashga o’rgatadi, ularga o’ylab 
ko’rish,  fahmlash,  so’zlab  berish,  so’ngra  o’z  echimini  tekshirishni  taklif  qiladi.  Masalan, 
tarbiyachi  bunday  deydi:  “Bu  figuraga  qarang,  u  bizga  nimani  eslatadi?  Ha,  bu  xuddi 
xo’rozchadek.  Bu  xo’rozni  “Tangram”  o’yinining  ettita  figurasidan  tuzish  kerak.  Qarang,  u 
qanday qismlardan iborat, har qaysi qism qanday figuralardan tuzilgan, ular qanday kattalikda va 
qanday joylashgan. Siz “xo’rozcha” figurasini qanday tuzishingizni gapirib bering. Agar dastlab 
tarbiyachi  figuralarni  bolalar  bilan  birgalikda  qarasa,  keyinchalik  ularga  tahlil  rejasini  beradi, 
shundan keyin esa ularni mustaqil tahlil qilishga o’rgatadi. 

Dastlabki  ikkita  uchta  figurani  (murakkab  figurani)  bolalar  namunaga  qarab  tuzadilar, 
namunada  har  qaysi  figuraning  chegarasi  aniq  belgilangan,  keyinroq  esa  figuraning  umumiy 
konturi tushirilgan namunaga amal qiladilar. 
Shundan  keyin  bolalar  qanday  buyumlarni  o’yinning  ettita  figurasidan  foydalanib, 
tasvirlash mumkinligini o’zlari o’ylab topadilar.  
Shuni esda saqlash muhimki, bolalarning amaliy haarkatlaridan oldin masala echimining 
borishini akalli oddiygina o’ylab ko’rilsagina, o’yinlar qiziqarli bo’ladi. 
Masalalar  echish  jarayonida  bolalarni  noto’g’ri  tanlangan  echish  yo’lidan.  “Bo’lmadi, 
o’ylab ko’r-chi, boshqacha qanday qilish mumkin, deb voz kechishga o’rgatib, ular tafakkurini 
rivojlantiradi.  Alohida  qiyinchiliklar  bo’lgan  holda  echimning  bir  qsimini  aytib  beradi,  to’g’ri 
topilgan  echimni  rag’batlantiradi:  “Bu  cho’pni  sen  to’g’ri  olding,  o’ylab  ko’r-chi,  yana  qaysi 
cho’pni olish kerak”. 
Tarbiyachi bolalarning mustaqilliklarini rivojlantiradi, masalani o’zing echsang, o’shanda 
qiziqarli  bo’ladi,  deb  ularni  ishontiradi.  Maslalarni  echishga  bolalarning  kuchlari  etadigan 
bo’lishi  kerak,  bo’lmasa,  bolalarda  ishtiyoq  yo’qoladi.  Shu  sababli  qiziqarli  masalalar  bolalar 
dasturda  nazarda  tutilgan  shakl  haqidagi  bilimlarni  o’zlashtirib  olganlaridan  keyin,  shaklni 
to’g’ri  aytibgina  qolmay,  balki  uni  qayta  tiklay  oladigan,  shaklini  almashtira  oladigan,  hayotiy 
buyumlardan o’zlariga tanish geometrik figuralarni topa oladigan bo’lganlaridagina beriladi. 
Nazorat savol va topshiriqlari: 
1. 
Bolalarning  (xususiy  kuzatish  materiallaridan  foydalanib)  buyumlarning  shakli  va 
geometrik figurani idrok qilish xususiyatlari. 
2. 
Buyumlarning shakli va geometrik figuralar haqidagi bilimlarning maktabgacha yoshdagi 
bolalarning sensor va aqliy rivojlanishidagi ahamiyati. 
3. 
Har  xil  yosh  guruhlarida  bolalarni  buyumlarning  shakllari  va  geometrik  figuralar  bilan 
tanishtirish masalalasining tahlili. 
4. 
Bolalarni geometrik figuralarning shakllari bilan tanishtirish usullari. 
5. 
Geometrik figuralarni har xil belgilar (alomatlar) bo’yicha guruhlash. 
6. 
Geometrik figuralarni qayta tiklashga o’rgatish usullari 
7. 
Har  xil  yosh  guruhlarida  bolalarni  shakl  bilan  tanishtirish  uchun  didaktik  o’yinlardan 
foydalanish. 
8. 
Geometrik figuralar va buyumlarning shakllari bilan tanishtirishga oid o’yinlar o’tkazish 
uchun didaktik materiallar tanlashga qo’yiladigan talablar. 
Mustaqil ish topshiriqlari: 
1. Turli yoshdagi bolalarda geometric figuralarni farqlash va nomini aytishga o’rgatish 
bo’yicha mashg’ulot ishlanmasini tuzish. 
Tavsiya etiladigan qo’shimcha adabiyotlar  
1.  Sh.Abdullaeva  "Ilk  yoshdagi  bolalarning  sensor  tarbiyasi"  -Toshkent  O'qituvchi  - 
1983 y. 
2.  N.U.Bikboeva  Z.Ibrohimova,  H.I.Qosimova  "Maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  matematik 
tasavvilrlarni shakllantirish" Toshkent –O’qituvchi 1995yil 
3. Maktabgacha ta'limjurnali. 
4. Maktab va hayot jurnali. 

9. MAVZU: BOLALARDA FAZOVIY TASAVVURLARINI SHAKLLANTIRISH 
FAZO VA FAZODAN MO’LJAL OLISH HAQIDA TUSHUNCHA 
Dars o’quv maqsadi: Talabalarga bolalarni fazoviy tasavvurlarini shakllantirish yuzasidan 
tushuncha hosil qilish.                                                                                                                                                                                                        
Tayanch so’zlar va iboralar: Fazo, maktabgacha ta’lim, o’ng chab, oldi – orqaga, baland 
– past  
 
Asosiy savollar: 
1.  Fazoda mo’ljal olish tushunchasining mazmuni 
2.  Ilk yoshli bolalarda fazoni his etish hususiyatlari 
3.  Bog’cha bolalarini tekislik ustida mo’ljal olishga o’rgatish 
Asosiy o’quv materiali qisqacha bayoni. 
Insonning fazoda mo’ljal olish muammosi keng va ko’p qirrali. Fazoda farqlash va fazoni 
idrok qilish, fazoviy tasavvurlar va har xil fazoviy munosabatlarni, masalan, obektlarning shakli, 
o’lchami, fazoviy yo’nalishlari, fazoda joylashgan o’rni, hajmi, bo’yicha, eni, balandliklari kabi 
masofalarining  hammasi  har  xil  fazoda  mo’ljal  olish  “fazoviy  idrok  va  tasavvurlarning  amaliy 
ifodas”dir.  Fazoda  mo’ljal  olish  fazoni  bevosita  idrok  qilish  va  aytib  o’tilgan  kategoriyalarni 
bilish asosida amalga oshadi. Bunda diqqat, xotira, tafakkurning qatnashishi majburiydir. Mana 
shuning  uchun  ham  “fazoda  mzljal  olish”  tushunchasining  mazmunini  aniqlashda  ba’zi 
mualliflar  u  atrof  tevarakdagi  buyumlarning  holatlari,  o’zaro  masofalari,  kattaliklari  shakllari, 
o’zaro  joylashuvlari  va  ularning  mo’ljal  olinayotgan  jismga  nisbatan  vaziyatlarini  o’z  ichiga 
oladi, deb hisolaydilar. 
Birmuncha torroq ma’noda fazoda mo’ljal olish” ifodasi  joyda mo’ljal olish deyignada, 
quyidagilar  tushuniladi:  a)  “Turish  nutqasi”ni,  ya’ni  subektning  uni  o’rab  olgan  obektlarga 
nisbatan  makonini  aniqlash.  Masalan,  men  uydan  o’ng  tomonda  turibman  va  h.k.  b)  atrofdagi 
obektlarni  fazoda  mo’ljal  olayotgan  odamga  nisbatan  yakkalashtirish.  Masalan,  javon  mendan 
o’ngda turibdi, eshik  esa mendan chap tomonda; v) buyumlarning bir  –  biriga nisbatan fazoda 
joylashuvlarini, boshqacha aytganda, ular orasidagi fazoviy munosabatlarni aniqlash. 
Faol  harakat  qilish  fazoda  mo’ljal  olishning  zarur  komponentidir,  chunki  inson  fazoda 
“joyning  bir  nutqiasidan  ikkinchi  nuqtasiga  harakat  qilib,  muvaffaqiyatli  o’tishini  amalga 
oshirish uchun” fazoda mo’ljal oladi. Shu sababli, fazoda mo’ljal olish amalda har doim quyidagi 
uchta topshiriqqa bog’liq harakat (yo’nalishi) ni tanlash; shunga rioya  (amal) qilish (yo’nalishni 
saqlash);  harakat  qoxirida  maqsad  (nishon)  ni  aniqlash.  Bundan  harakatlarning  o’zaro 
muvofiqligi va aniq fazoviy mo’ljal olganligi muhim komponentlar va shu bilan birga. Insonning 
fazoda mo’ljal olishini egallashning ko’rsatkichi ekanligi ko’rinadi. 
Har  xil  yosh  bosqichida  bolalar  bilan  ishlashning  mazmuni  va  uslubitining  asosiy 
yo’nalishlarini qaraymiz. 
Bolalar  bog’chasida  tarbiya  va  tahlim  dasturi”ning  “Fazoda  mo’ljal  olish”  bo’limi 
ikkinchi  kichik  yoshdan  boshlab  berilgan.  Ammo  bolalarda  fazoviy  idrok  va  elementar 
tasavvurlarni rivojlantirish bo’yicha maqsadga muvofiq ishni, bizning fikrimizcha, ilk yoshdayoq 
boshlash kerak. Uch yoshgacha bo’lgan bolalarda tevarak –atrofda 9uy sharoiti, guruh “onasida, 
buyumlarning,  o’yinchoqlarning  odatdagi  joylashuvlarida)  juda  katta  qiziqini  qiziqish  bilan 
amaliy orientir (mo’ljal) olish bo’yicha har xil tajriba to’plash davridir. Shuning uchun ham katta 
odam  bolani  xonalarning  (guruh  xonasi,  uxlash  xonasi,  yuviniladigan  xona,  hojatxona), 
buyumlarning,  narsalarning,  o’yinchoqlarning  fazoviy  joylashuvlari  bo’yicha  erkin  mo’ljal 
olishga o’rgatishi kerak. 
Bolalar hayotining ikkinchi yili boshlanishidanoq tanish fazoni (xona yoki uning qismini) 
ancha  aniq  tasavvur  qila  boshlaydilar,  tanish  buyumlarning  joylashuvidagi  ba’zi  o’zgarishlarni 
hech  bir  qiynalmay  payqay  oladilar.  Ikki  yoshligidanoq  bolalarda  tanish  chegaralangan  fazoda 
harakat qilish yo’li haqida dastlabki elementar tasavvurlar tarkib topa boshlaydi, bu tasavvurlar 
hayot faoliyatida takomillashadi. 

Bolalarning  dastlabki  fazoviy  tasavvurlari  ular  hayotining  ikkinchi  yilidanoq  nutqlarida 
ham  aks  eta  boshlaydi  (“Mana”,  “bu  erda”,  “u  erda”,  “bunda”).  Buning  ustiga  so’zlar  harakat 
yo’nalishini  yoki  qiziqtiruvchi  buyumni ko’rsatuvchi imo  – ishoralar bilan kuzatiladi. Ana shu 
yoshda bolalar “o’ziga”, boshqa odamga nisbatan mo’ljal (orientir) olishni egallay boshlaydilar. 
Kattalarning takliflariga binoan, qo’g’irchoqning ko’zlari, og’zi, biqini, qo’lchalari qaerdaligini 
mamnuniyat bilan ko’rsatadilar. Uch yoshga qadam qo’ygan bolalar, masalan, o’zlarining chap 
va o’ng qo’llaini farqlay boshlaydilar. Bunda katta odamning vazifasi bolaning shu malakalarni 
egallab olishiga yordam berishdan iborat. 
Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling