«tasdiqlayman» О‘quv ishlari bо‘yicha prorektor


Xalqaro loyihalar va ta’lim dasturlari


Download 1.4 Mb.
bet57/139
Sana20.08.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1668696
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   139
Bog'liq
«tasdiqlayman» Αquv ishlari bо‘yicha prorektor

Xalqaro loyihalar va ta’lim dasturlari
Jаhоn tа’limi muаmmоlаrini hаl etishdа turli tа’lim tizimlаri ishtirоki zаruriyatini tаlаb etаdigаn yirik хаlqаrо dаstur vа lоyihаlаsh muhim аhаmiyat kаsb etаdi. Yirik хаlqаrо lоyihаlаrgа quyidаgilаr kirаdi:
• ERАZMUS – mаqsаd Yevropa Ittifоqigа а’zо dаvlаtlаr tаlаbаlаrinin mоbilligini tаminlаsh (mаsаlаn, dаstur dоirаsidа 10% tаlаbаlаr Yevropa mаmlаkаtlаridаgi bоshqа оliy tа’lim muаsssаlаrdа o’qishgа bоrishlаri kеrаk).
• LINGVА — bu dаstur kichik sinflаrdаn bоshlаb chеt tillаrni o’rgаnish sаmаrаdоrligini оshirishgа mo’ljаllаngаn.
• EVRIKА – ushbu lоyihаning mаqsаdi SHаrqiy Yevropa dаvlаtlаri bilаn аmаlgа ооshirilаyotgаn tаdqiqоtlаrni uyg’g’unlаshtirish.
• ESPRIT — yangi ахbоrоt tехnоlоgiyalаrini yarаtish sоhаsidа Yevropa univеrsitеtlаlаriri, kоmpyutеr firm kuch vа imkоniyatlаrini birlаshtirishni tаlаb etuvchi lоyihа.
• ЕIPDАS — аrаb dаvlаtlаridа tа’limni rеjаlаshtirish vа bоshqаrishni tаkоmillаshtirish sоhаsigа dоir dаstur.
• TЕMPUS – Yevropa Ittifоqining hаmkоr-dаvlаtlаrdа оliy tа’limni rivоjlаntirishgа yo’nаltirilgаn dаsturi.
• IRIS — хоtin-qizlаrning kаsbiy tа’lim оlish imkоniyatlаrini kеngаytirishggа yo’nаltirilgаn lоyihаlаr tizimi.
ADABIYOTLAR
1.R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, N.H.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi
va tarixi. Darslik T:. Fan va texnologiyalar. 2010-yil
2. J. Hasanboyev, X.To’raqulov. “Pedagogika” Darslik. T:. “Noshir” 2011 y
3. Sh.S.Shodmonova, M.E.Axmedova, X.H.Hamzayev. “Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti” Darslik. T:. 2019 y
4. Z.Inoyatova, A.Xayitov. Majmualar matni. T:. 2019 y
Internet saytlari

  1. http://Ziyonet.uz

  2. http://edu.uz


11.MAVZU. IJTIMOIY PEDAGOGIKA FAOLIYAT PEDAGOGIKA FANI SOHASI SIFATIDA (2)
REJA:
1. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi tutgan o‘rni, mohiyati.
2. Ijtimoiy pedagogikaning tarmoqlari.
3. Ijtimoiy tarbiya menejmenti va iqtisodiyoti
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi tutgan o‘rni, mohiyati haqida fikr yuritishdan ilgari “Ijtimoiy pedagogika” atamasiga e’tiborni qaratish zarur. Zero unda mustaqil “Ijtimoiy”, “Pedagogika” yo‘nalishdan iborat bo‘lgan mustaqil fan mujassamlashgandir. Bir necha fanlarning bunday birlashuvi tasodifiy xol bo‘lmasdan balki, u ixtisoslashuv jarayonlari bilan bog‘liqdir. Darhaqiqat fan olamida keyingi yillarda ixtisoslashuv jarayoni bir muncha rivojlandi. Buni birgina pedagogika fani misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, “Maktabgacha pedagogika”, “Maktab pedagogikasi”, “Maxsus pedagogika”, “Kasb-hunar pedagogikasi”, “Oila pedagogikasi”, kabilar. Fanlarni bu taxlitdagi o’zaro birlashuvining asosida ma’lum bir maqsadga qaratilganlik yotadi. Bu xolni “Ijtimoiy pedagogika” dan ham aniq ko‘rish mumkin. Darhaqiqat ijtimoiy pedagogika ham pedagogika kabi ta’lim tarbiya jarayoni va xodisalarini o‘rganadi Ammo shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, u ularni muayyan o‘ziga xos yo‘nalishda o‘rganadi. Chunki, mazkur fanning o‘ziga xos bo‘lgan tomoni “Ijtimoiy” iborasida mujassamlashtirilganligidir. “Ijtimoiy” (lotincha – socialis – umumiy) tushunchasining asosini shaxslar, shaxslararo munosabatlarning turli shakllari bilan bog‘liq jarayonlar tashkil etadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, agarda pedagogika o‘sib kelayotgan yosh avlodlarning ta’lim-tarbiyasi haqidagi fan bo‘lsa, ijtimoiy pedagogika ta’lim-tarbiya jarayonlarida bolaning jamiyatdagi hayotga qo‘shilishiga bog‘liq qonuniyat va xodisalarni o‘rganadi. Bu o‘rinda shuni ham aytib o‘tish joizki, bolaning jamiyatga “kirish” jarayoni, uning muayyan ijtimoiy tajribani qo‘lga kiritishi (bilim, qadriyat, yurish-turish qoidalari) bilan bog‘liqdir. Buni ijtimoiylashuv deyiladi. Agarda biz ijtimoiy pedagogika mohiyatini uning ob’ekt va predmetini qiyoslash orqali aniqlamoqchi bo‘lsak quyidagi holat kelib chiqadi. Pedagogikaning ham, ijtimoiy pedagogikaning ham ob’ekti- bu bola, biroq o‘rganish predmetlari turlicha. Pedagogikaning o‘rganish predmeti bolani tarbiyalash qonuniyatlari hisoblansa, ijtimoiy pedagogikaning predmeti esa bolani ijtimoiylashtirish qonuniyatlaridir. Shu sababli ijtimoiy pedagogika jamiyatni va ijtimoiy munosabatlarni o‘rganadi, hamda insonlar bir-birlari bilan qanday muomalaga kirishishlarini, nima uchun bir guruhga birlashishlarini va jamiyatning boshqa ijtimoiy masalalarini aniqlashga harakat qiladi. Shuningdek u bu muammolarni ijtimoiy pedagogika vazifalariga mos ravishda o‘rganadi. Bugungi kunga kelganda ijtimoiy pedagogika mustaqil fan sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. Hozirda uning nazariy va amaliy faoliyati sohasiga maktab va maktabdan tashqari muassasalardagi tarbiya va qayta tarbiya, bolalar uylari, qariyalar uylarida yashovchilarga g‘amxo‘rlik, huquqbuzarlar bilan ishlash, kabilar kiradi. Ijtimoiy pedagogikaning o’ziga xosharakteri uning boshqa fanlar bilan munosabatida bevosita namoyon bo‘ladi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling