b) yo‘q, nimani o‘ylasam o‘sha fikrimni gapiraman (10 ochko);
v) ha, faqat hurmat yuzasidan (5 ochko);
g) ha, biroq o‘zaro munosabatimiz doimo yaxshi (2 ochko);
d) ha, ba’zan ular bilan suhbatda o‘zimni nohaq sezaman (-7 ochko);
e) ko‘pincha ular bilan ziddiyatga boraman (-5 ochko);
j) ha, ammo bunda doimo o‘zimni nohaq ekanligimni sezaman (-10 ochko).
7. Ishxonada yaqin kishilaringiz bilan ish faoliyatingiz to‘g‘risida suhbatlashasizmi?
a) doimo va chin ko‘ngildan (16 ochko);
b) yo‘q, ammo ba’zida kamtarona (10 ochko);
v) ba’zan (0 ochko);
g) ahyon-ahyonda, chunki bu mavzu qiziqarli emas (-6 ochko);
d) ha, aksariyat hollarda ish yuzasidan kamchiliklar paydo bo‘lganda
hasratlashamiz (-6 ochko);
e) doimo meni tinglashlariga muhtojlik sezaman (-10 ochko).
8. Ishdan keyin hamkasblaringiz bilan uchrashib turasizmi?
a) ko‘pincha yoki ba’zan (3 ochko);
b) ahyon-ahyonda (0 ochko);
v) hech qachon (-2 ochko).
9. Pedagogik faoliyatingizdan tashqari holatlarda kasbingiz haqida o‘ylaysizmi?
a) ha, mamnuniyat bilan (10 ochko);
b) ahyon-ahyonda, negaki mening shaxsiy hayotim tashvishli va halovatsiz (3 ochko);
v) ba’zan, biroq bu holat menga xalaqit bermaydi (0 ochko);
g) ha, o‘ylayman va bu holatdan asabiylashaman (-4 ochko);
d) ko‘pincha va bu holat kayfiyatimni buzadi (-10 ochko).
Minus belgisini hisobga olib, ballaringizni yig‘ing va natijalar bilan tanishing:
60 ochkodan yuqori: sizning kasbiy faoliyatingizdagi vaziyatingiz juda yaxshi. Siz har kuni ishga go‘yo bayramga ketayotgandek borasiz. Hamkasblaringiz bilan o‘zaro munosabatingiz a’lo darajada. Siz orzu qilgan natijalarga erishishingiz uchun barcha imkoniyatlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |