“Tasdiqlayman” O’tibdo’ B. Xolmuratov. 2022 yil
Download 85.78 Kb.
|
18- maruza
rasm. HSAT xizmat ko‘rsatish hududi.
Yacheykaning ideal shakli aylana, lekin maydonlar va o‘zaro ta’sirlarni hisoblash oddiy bo‘lishi uchun asosga to‘g‘ri olti burchaklik olingan. Real jihatdan yacheyka joyning relefi, qurilishlar va boshqa omillarning ta’siri tufayli noto‘g‘ri aylana shakliga ega bo‘ladi. Yacheykalarda bo‘lgan harakatdagi abonentlarga BTSlar xizmat ko‘rsatadi, ular har bir MSga undan chaqiruv kelganida bo‘sh chastotalar kanalini taqdim etadi. Barcha BTSlar kommutatsion tizim yordamida bir-birlari bilan ulanishi mumkin, shuningdek oddiy TLF tarmoqqa chiqishga ega bo‘ladi. Kommutatsion tizim MS ko‘rinishida jamlangan yoki taqsimlangan bo‘lishi mumkin, bu bunday xizmat ko‘rsatish turiga dastlabki xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi. Taqsimlangan holda kommutatsiyalash tugunlari BTSga o‘rnatiladi. Qabul qilishuzatish qurilmalari bilan jihozlangan har bir BTS orqali chastotalar kanallari to‘plami beriladi, binobarin, himoya intervali bilan ajratilgan har bir BTSlarda o‘sha bir kanallar takroran ishlatiladi, bu HSATning asosiy tamoyili bo‘lib, u tizimning yuqori chastotaviy samaradorligini aniqlaydi. Turli chastotalar kanallarini ishlatadigan yonma-yon BTSlar S stansiyalardan guruhni hosil qiladi (2- rasm). 2-rasm. Yonma-yon stansiyalar guruhi. Birinchi avlod (1G) analog SHATlarning to‘qqizta asosiy standartlari eng ma’lum hisoblanadi. O‘zRda ulardan NMT – 450 va AMPS ishlatilgan. Lekin analog SHATlar ko‘p sonli kamchiliklari tufayli axborot texnologiyalarinin zamonaviy rivojlanishini qoniqtirmay qo‘ydi, bu kamchiliklardan asosiylari “standartlarning moslashuvchan emasligi”, cheklangan ishlash zonasi, past aloqa sifati, xabarlarni maxfiylashtirishni va ISDN xizmatlar integratsiyalanishi raqamli tizimlari bilan o‘zaro ta’sirlashishini va ma’lumotlarni paketli uzatilishini (PDN) yo‘qligi bo‘ldi [1,6]. 2G standartlari. 80-yilllarda rivojlangan davlatlarda istiqbolli SHATlarni qurish tamoyillarini jadal o‘rganishga kirishildi va tarmoqlarning makrosotali topologiyali va 35 kmgacha radiusli sotalarli bunday tizimlarning uchun uchta standartlari ishlab chiqildi (2.1- jadval): GSM – umumiy yevropa standarti; ADS (D – AMPS) – Amerika standarti; JDS – yapon standarti. GSM standarti raqamli HSATlari. Raqamli HSATlarni 900 MGs diapazonda yaratilishini ko‘zda tutadigan dunyodagi ularga birinchi standart mikrosotali tuzilmali DCS – 1800 (1800 MGs diapazoni) HSAT sandarti asosiy hisoblanadigan va hozirgi vaqtda Yevropada qabul qilingan GSM standarti hisoblanadi. GSM standarti hozirgi vaqtda Shimoliy Amerikada ham 1900 MGs (PCS – 1900) diapazonda ishlatilmoqda. Yuqorida ko‘rsatilgan raqamli HSATlardagi standartlar o‘z xarakteristikalari bilan farqlanadi, lekin ular yagona tamoyillar va konsepsiyalarda qurilgan va zamonaviy axborot texnologiyalari talablariga javob beradi. GSMda ishlab chiqilgan tizim va texnik echimlar barcha istiqbolli raqamli HSATlar uchun ishlatilishi mumkin. SERT tavsiyalariga muvofiq 1980 yilda GSM standartidagi harakatdagi aloqa uchun 862 – 960 MGs diapazondagi chastotalar spektri ajratilgan. Binobarin, harakatdagi stansiyalar uzatkichlari uchun 890 – 915 MGs va bazaviy stansiyalar uzatkichlari uchun 935 – 960 MGs chastotalar spektri ajratilgan. GSM standartida tor polosali VAUU (NB TDMA) ishlatiladi. Kadrning tuzilmasida har bir 124 ta tashuvchilarda 8 ta vaqt pozitsiyalari mavjud bo‘ladi. Axborot paketi uzatilishining halaqitbardoshligini oshirish uchun navbatlashtirishli blokli va o‘rama kodlash qo‘llaniladi. Harakatdagi stansiyalarning harakatlanishining past tezliklaridagi kodlash va navbatlash samaradorligi aloqa seansi jarayonida sekundiga 217 ta sakrashlar tezligida ishchi chastotalarni sekin qayta ulanishi (SFH) bilan ortadi. Shahar sharoitlarida radioto‘lqinlarning ko‘p nurli tarqalishi o‘z o‘rniga ega, ular qabul qilinadigan signallarning interferension so‘nishlariga olib keladi. Bu hodisa bilan kurashish uchun impulsli signallarni 16 mksgacha vaqt bo‘yicha kechiktirishni o‘rtacha kvadratik og‘ish bilan tekislaydigan ekvalayzerlar ishlatiladi. Ishlatiladigan sinxronlashtirish tizimi signalni kechikishining 233 mksgacha absolyut vaqtini kompensatsiyalashga imkon beradi, bu 35 kmga teng sotaning maksimal radiusiga mos keladi. GSM standartida minimal chastotaviy surilishli gauss chastotaviy manipulyatsiyalash (GMSK) ishlatiladi. So‘zlashish signaliga ishlov berish nuqtni uzilishli uzatilishi yo‘li (DTX) bilan amalga oshiriladi, bunda uzatkich faqat signal bo‘lganida yoqiladi, so‘zlashuv pauzalari va yakunlanishida uzatkich o‘chiriladi. Buning uchun muntazam impulsli qo‘zg‘atishli, uzoq vaqt oldindan aytishli va oldindan aytishli chiziqli kesimli kodlashli kodek (RPE/LTR –LTR –kodek) ishlatiladi. Nutq signalini o‘zgartirishning umumiy tezligi 13 kbit/sga teng. GSM standartida aloqaning maxfiyligini ta’minlash uchun ochiq kalitli algoritm bo‘yicha shifrlash (RSA) qo‘llaniladi. Umumiy holda GSM standarti foydalanuvchilarga umumiy foydalanishdagi telefon tarmoqlariga (PSTN), ma’lumotlarni uzatish tarmoqlariga (PDN) va xizmatlar integratsiyalandigan raqamli tarmoqlarga (ISDN) ulanishli xizmatlarning keng diapazonini taqdim etadigan tarmoqni yaratishga imkon beradi. Kanallar kod bo‘yicha ajratiladigan raqamli HSATlar. CDMA bu umumiy foydalanishdagi abonentlarni kod bo‘yicha ajratishli harakatdagi radioaloqa tizim bo‘lib, birinchi marta Qualcomm (AQSh) firmasi tomonidan ishlab chiqilgan va MOTOROLA firmasi tomonidan muvaffaqiyatli rivojlantirilmoqda [1,6]. AQShda CDMA tizimlariga IS-95 nomini olgan standart qabul qilindi. Dunyoda birinchi marta kanallar kod bo‘yicha ajratiladigan (CDMA) tijorat tizimi 1995 yilda Hutchison Telephone (Gonkong) kompaniyasi tomonidan joriy etilgan. Bu tarmoq Motorola firmasining SC9600 turdagi bazaviy stansiyalar va EMX2500 turdagi kommutatsion stansiyalari qurilmalarida qurilgan. CDMA tizimlarda har bir ovozli oqimni o‘z noyob kodi belgilangan va bir vaqtda bitta kanalda ko‘plab boshqa kodlangan ovozli oqimlar bilan birga uzatiladi. Qabul qiluvchi tomon shovqinni signaldan ajratib olish uchun o‘sha kodni ishlatadi. Ko‘plab ovozli oqimlar orasidagi yagona farq bu noyob kod hisoblanadi. Kanal juda keng va har bir ovozli oqim diapazonning butun kengligini egallaydi. Bu tizim 1.23 MGs kenglikdagi kanallar to‘plamini ishlatadi. Ovoz 8.55 kbit/s tezlikda kodlanadi, lekin ovozning aktivligini aniqlash va turli kodlash tezliklari 1200 bit/sgacha ma’lumotlar oqimini kesishi mumkin. CDMA tizimlarda signal quvvatining past qiymatiga, nazariy jihatdan signal shovqin sathidan kuchsizroq bo‘lishi mumkinligiga qaramasdan juda mustahkam va himoyalangan bog‘lanishlar o‘rnatilishi mumkin. CDMA tamoyili oddiy xabarlarni uzatilishi uchun zarur bo‘lgan chastotalar polosasidan sezilarli ortiq bo‘lgan keng polosali signallarni (KPS) ishlatilishiga asoslangan. Download 85.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling