Tadbir o‘tkaziladigan joy: Termiz tumani 16-sonli umumta’lim maktabi
Tadbirga mas’ul shaxs: Termiz tuman kengashi raisi Sh.Xaitov
|
07.03.2023,
soat 14:00
|
Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish maqsadida partiya faollari orasidan xotin-qizlarni esdalik sovg‘alari bilan taqdirlash. |
|
“Bizning bosh maqsadimiz– aholi bandligi”mavzusida joylardagi soha mutaxassislarini jalb etgan xolda aholining keng qatlami uchun seminar tashkil etish rejalashtirilgan.
Tadbir o‘tkaziladigan joy: Angor tumani shahar “Guliston” MFY
Tadbirga mas’ul shaxs: Angor tuman Kengashi raisi N.Rahimov
|
09.03.2023,
soat 10:00
| Partiyaning “Bir oyda – bir ish o‘rni” loyihasi doirasida joylarda hamkor tashkilotlar hamda mas’ul tashkilotlarni jalb etgan xolda hududlardagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida aholini xabardor qilish, aholi bandligini oshirish, bo‘sh ish o‘rinlarini o‘rganish va vaqtincha ishsizlarni ish bilan ta’minlash, |
|
“Sud mustaqilligini to‘liq ta’minlash - eng muhim vazifalarimizdan biri bo‘lishi zarur” mavzusida soha mutaxassislarini jalb etgan xolda tadbir o‘tkaziladi.
Tadbir o‘tkaziladigan joy: Sherobod tumani “G‘ambur” MFY
Tadbirga mas’ul shaxs: Sherobod tuman Kengashi raisi Q.Allanazarov
|
10.03.2023,
soat 10:00
| Sud faoliyati sifatini oshirish maqsadida amaldagi “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunni takomillashtirish orqali fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va ma’muriy ishlar bo‘yicha tuman va shahar sudlari negizida umumiy yurisdikatsiya sudlari tashkil etish, advokatlarning maqomini yanada ko‘tarish, ularning ijtimoiy himoya qilish mexanizmlarini kuchaytirish, sud-huquq tizimidagi islohatlarni kengaytirish, mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida qonunchilik tashabbusi bilan chiqish. |
|
“Adolat” SDPning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan korrupsiyaga qarshi kurashishni targ‘ib qilish bo‘yicha“Halollik vaksinasi – taraqqiyot garovi” mavzusida davra suxbati tashkil etiladi.
Tadbir o‘tkaziladigan joy: Sariosiyo tumani tibbiyot birlashmasi
Tadbirga mas’ul shaxs: Sariosiyo tuman Kengashi raisi M.Sanginov
|
13.03.2023,
soat 10:00
| Partiyaning “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” loyihasi doirasida aholi o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashishni targ‘ib qilish va fuqarolarning huquqiy va iqtisodiy bilimini oshirish, korrupsiyaga oid qabul qilinayotgan qonun va qarorlar haqida aholiga tushuntirishlar berish hamda aholi orasida korrupsiyaga qarshi toqatsizlik madaniyatini shakllantirishdan iborat. |
|
“Dori vositalarining noqonuniy aylanishini oldini olish, narhlarining barqarorligini ta’minlash va ularni shifokor retseptisiz sotilishiga barham berish” mavzusida soha mutaxassislarini jalb etgan xolda kengaytirilgan seminar tashkil etish rejalashtirilgan.
Tadbir o‘tkaziladigan joy: Jarqo‘rg‘on tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika
Tadbirga mas’ul shaxs: Jarqo‘rg‘on tumani Kengashi raisi O.Jiyanov
|
14.03.2023,
soat 10:00
| Loyiha doirasida dorixona raxbarlari bilan suhbatlashib, mas’ul xodimlar hamda axoliga partiya loyihasini mazmun mohiyati, doriga bo‘lgan talab, noqonuniy savdo, qalbaki dori vositalaridan extiyotkorlik xaqida targ‘ibot ishlari olib borish. Dori darmon vositalari davlat belgilagan narxda sotilayotganligi nazorat qilish. |
|
“O‘zbekiston – inson qadri ulug‘langan yurt” loyihasi doirasida “Adolat – inson qadri uchun” mavzusida tadbir tashkil etish rejalashtirilgan.
Tadbir o‘tkaziladigan joy: Termiz tumani 12-sonli IDUM
Tadbirga mas’ul shaxs: Termiz tuman kengashi raisi Sh.Xaitov
|
15.03.2023,
soat 10:00
| Qonunchilikda fuqarolarning xuquq va madaniyati oliy o‘rinda ekanligini jamoatchilikka yetkazish, bosh qonunimiz inson xuquqlarining ximoyachisi ekanligini tushuntirib borish.odamlarga yaratilayotgan qonunchilikdagi yanti imkoniyatlar haqida keng aholi qatlamiga yetkazish. |
|
“Konstitutsiyani takomillashtirish davr talabi” mavzusida tadbir tashkil etish rejalashtirilgan.
Tadbir o‘tkaziladigan joy: Termiz shahar 8-sonli umumta’lim maktabi
Tadbirga mas’ul shaxs: Termiz shahar Kengashi raisi A.Gaziev
|
16.03.2023,
soat 10:00
| Mamlakatimizda kechayotgan konstitutsiyaviy islohotlar Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masala ekanligi o‘z-o‘zidan ayon. Konstitutsiyaviy islohotlarni o‘tkazishni bugungi kunning o‘zi taqozo etmoqda.Tegishli komissiya tomonidan yurtdoshlarimizning barcha taklif va qo‘shimchalari umumlashtirilganligi, ularning eng dolzarblari yangidan qabul qilinadigan Konstitutsiyaga tegishli moddalar sifatida kiritilishi O‘zbekiston ahli ushbu muhim siyosiy jarayonga befarq emasligini ko‘rsatib kelinmoqda.
|
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis palatalariga Murojaatnomasining mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, “Jamiyat – islohotlar tashabbuskori” mavzusida davra suxbati tashkil etish rejalashtirilgan.
Tadbir o‘tkaziladigan joy: Boysun tumani xalq ta’limi bo‘limi
Tadbirga mas’ul shaxs: Boysun tuman Kengashi raisi T.Imomqulov
|
17.03.2023,
soat 10:00
| Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida aytib o‘tilgan muhim fikrlar mazmun-mohiyatini tushuntirish, “Avval – inson, keyin – jamiyat va davlat” degan g‘oyani Konstitutsiyamiz va qonunlarimizga ham, kundalik hayotimizga ham chuqur singdirishimiz zarurligi va joriy yil «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili» deb e’lon qilinishi zamirida amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida aholiga tushuncha berishdan iborat. |
|
Partiyaning “Tozalik yo‘lida birlashaylik” loyihasi doirasida “Tozalik – sog‘lom hayot mezoni” mavzusida tadbir tashkil etish rejalashtirilgan.
Tadbir o‘tkaziladigan joy: Bandixon tumani “Bandixon” MFY
Tadbirga mas’ul shaxs: Bandixon tuman Kengashi raisi B.Egamov
|
23.03.2023,
soat 10:00
| Fuqarolarda tozalash-obodonlashtirish ishlariga, soha fidoyilarining mehnatiga va yaratilgan sharoitlarga hurmat, daxldorlik xissini uyg‘otish, mamlakatimiz ozodaligi yo‘lida ko‘ngilli ishtirokchilarni keng jalb etish, har bir tashkilot va muassasaning o‘z hududini toza saqlashda mansabdor shaxslarning mas’uliyatini oshirish, sohaga doir qonun hujjatlarini takomillashtirish hamda sanitariya-epidemiologik holatni yaxshilash orqali aholi salomatligini saqlash. |
|
“O‘zbekiston – inson qadri ulug‘langan yurt” loyihasi doirasida “Adolat – inson qadri uchun”mavzusida tadbir tashkil etish rejalashtirilgan.
Tadbir o‘tkaziladigan joy: Qiziriq tumani “Navro‘z” MFY
Tadbirga mas’ul shaxs: Qiziriq tuman Kengashi raisi B.Egamov
|
24.03.2023,
soat 10:00
| Qonunchilikda fuqarolarning xuquq va madaniyati oliy o‘rinda ekanligini jamoatchilikka yetkazish, bosh qonunimiz inson xuquqlarining ximoyachisi ekanligini tushuntirib borish.odamlarga yaratilayotgan qonunchilikdagi yanti imkoniyatlar haqida keng aholi qatlamiga yetkazish. |
|
“Aholining tibbiy madaniyatini oshirish, sog‘liqni saqlash tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish”mavzusida tibbiyot xodimlarini jalb etgan xolda davra suxbati o‘tkazish rejalashtirilgan.
Tadbir o‘tkaziladigan joy: Sherobod tumani tibbiyot birlashmasi
Tadbirga mas’ul shaxs: Sherobod tuman Kengashi raisi Q.Allanazarov
|
27.03.2023,
soat 10:00
| Aholiga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlashda, shu jumladan, davlat tomonidan kafolatlangan hajmlarda, Vazirlikning organlari va tashkilotlari rahbarlarining roli va mas’uliyatini oshirishga yo‘naltirilgan fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, jamoat sog‘lig‘ini saqlash ustuvorligini, kasalliklarni profilaktika qilish va oldini olish, patronaj xizmati va fuqarolarni uyma-uy yurib ko‘rib chiqish, aholini sog‘lom turmush tarzini kechirishga undash, ularning tibbiy savodxonligini oshirish, eng avvalo, o‘z sog‘lig‘i va atrofidagilar sog‘lig‘ini muhofaza qilishga mas’uliyat ruhida tarbiyalashni ta’minlash, ham tibbiy yordamni xizmat ko‘rsatilayotgan aholiga yaqinlashtirish, ham axborot texnologiyalarini (teletibbiyot), meditsina standartlarini, protokollar va tavsiyalarni keng miqyosda joriy etish hamda yetakchi xorijiy va mahalliy mutaxassislarning tajribasini mintaqaviy tibbiyot muassasalarining tibbiyot xodimlariga berish orqali aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitar, shoshilinch va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam sifati, ommabopligi va tezkorligini oshirish haqida mutaxassilar tomonidan tushunchalar berish. |
|
“Aqlli tibbiyot” tizimini shakllantirish – davr talabi” mavzusida seminar tashkil etish rejalashtirilgan.
Tadbir o‘tkaziladigan joy: Oltinsoy tumani tibbiyot birlashmasi
Tadbirga mas’ul shaxs: Oltinsoy tuman Kengashi raisi Ch.Rabbiev
|
28.03.2023,
soat 10:00
|
“Aqlli tibbiyot” tizimi shifokorga smart-devayslar hamda axborot tizimlari yordamida bemor bilan aloqani qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi. Bemorning tanasiga mustahkamlangan maxsus chip yoki brasletlar qaerda bo‘lishidan qat’i nazar, uning salomatligi haqidagi muhim ma’lumotlarni shifokorga yuborib turadi. Bu tana harorati, arterial qon bosimi, qondagi qand miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar, elektrokardiogramma bo‘lishi mumkin. Bunday axborot surunkali va yashirin kechuvchi kasalliklarni aniqlash, bemorning salomatligi holatini monitoring qilish, profilaktik davo choralarini tayinlash uchun zarur ekanligi to‘g‘risida takliflar berishdan iborat.
|
|
“Jamoatchilik nazorati – qonun ustuvorligining garovi” loyihasi doirasida tadbir tashkil etish rejalashtirilgan.
Tadbir o‘tkaziladigan joy: Muzrabot tumani “Mehnatobod” MFY
Tadbirga mas’ul shaxs: Muzrabot tuman Kengashi raisi A.Jo‘raev
|
29.03.2023,
soat 10:00
| |