Tasdiqlayman” Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori “ ” 2022-yil


Download 29.33 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi29.33 Kb.
#1491895
1   2   3
Bog'liq
4-2 amaliyot Tillar (2)

TOMONLARNING MAJBURIYATLARI




    1. Shahrisabz davlat pedagogika instituti majburiyatlari:

2.1.1. Tillar fakultetining 60111800 – Xorijiy til va adabiyot: Ingliz tili, 60111700 – O‘zga tili guruhlarda rus tili, 60112100 – Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi, 60111000 – Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari, 5111200 – O‘zbek tili va adabiyoti, 5112400 – O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili, 5111306 – Ona tili va adabiyoti: Rus tili va adabiyoti o‘zga tilli guruhlarda yo‘nalishlari talabalari o‘rtasida tajriba almashish.


2.1.2. Ta’limda uzluksiz va o‘quv fanlari orasida uzviylikni hisobga olgan holda davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va fan dasturlarini ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda takomillashtirib borish;
2.1.3. Tillar fakulteti kafedralari ilmiy salohiyatida ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tavsiyalar berish;
2.1.4. Tillar fakulteti kafedralari bilan hamkorlikda darslik, o‘quv qo‘llanma, elektron darslar, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalar bilan boyitilgan dars mashg‘ulotlar yaratish masalalarida hamkorlik dasturlarini ishlab chiqish;

  • 2.1.5. “4+2” malakaviy pedagogik amaliyot boshlanishidan bir oy avval amaliyotga boradigan talabalar soni, ta’lim yo‘nalishi amaliyot o‘tkazish muddati haqidagi shartnoma tuzgan ta’lim muassasasi rahbariyatiga ma’lum qilish;

  • talabalarning amaliyot o‘tadigan ta’lim muassasasining ichki tartib qoidalariga qat`iy rioya qilishi va amaliyot davrida o‘tkaziladigan barcha tadbirlarda ularning faol ishtirok etishini ta’minlash;

  • talabalar biriktirilgan malakali mutaxassislarga o‘rnatilgan tartibda amaliy yordamlar uyushtirish;

2.1.6. Tillar fakultetining kafedralari tamonidan tashkil qilinadigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazishda amaliy yordamlar uyushtirish;

4+2” MALAKAVIY PEDAGOGIK AMALIYOTNI O‘TKAZILADIGAN TA’LIM MUASSASASINING MAJBURIYATLARI:


2.2.1. Ta’lim standartlari asosida yaratilgan o‘quv dasturlari va rejalarini takomillashtirishga qaratilgan hamkorlik takliflarini berish;


2.2.2. Hamkorlikda faoliyat ko‘rsatayotgan Tillar fakulteti professor-o‘qituvchilariga zarur shart-sharoitlar yaratish;
2.2.3. Tillar fakultetidagi iqtidorli talabalar bilan kafedra professor-o‘qituvchilariga o‘qish va ish faoliyatida tajriba almashish uchun shart-sharoitlar yaratib berish;
2.2.4. Hamkorlik asosida faoliyat ko‘rsatayotgan kafedra professor-o‘qituvchilarini imkoniyat darajasida jadval asosida onlayn darslar tashkil etishni ta’minlash;
2.2.5. Darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratayotgan mualliflarni zaruriy ta’lim standartlari, fan dasturlari va adabiyotlar bilan ta’minlash;
2.2.6. Talabalarining pedagogik amaliyotini o‘tkazishga imkoniyat yaratish;

  • talabаlarni ta’lim muassasasi o‘quv fanlari dasturlari hamda darsliklar bilan tanishtirish;

  • talabalarga malakali mutaxassislarni biriktirish;

  • talabalarni tarbiyaviy ishlarni o‘tkazishga tayyorlash va o‘z tajribalarini ularga o‘rgatish;




Download 29.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling