"Tasdiqlayman" Surxondaryo viloyati Boysun tumani


Download 21.63 Kb.
Sana26.06.2023
Hajmi21.63 Kb.
#1655706
Bog'liq
bayonomaaa


“Tasdiqlayman”
Surxondaryo viloyati Boysun tumani
MMTB 28-sonli umum ta'lim
maktab direktori: S.Daminov

Termiz davlat universiteti Filologiya va tillarni o’qitish : o’zbek tili ta'lim yo'nalishi 4-kurs 403-guruh talabasi Xudoyberdiyev Maqsudning


Malakaviy amaliyot davri


HISOBOTI
Men 2023-yil 23- Fevral kuni Termiz davlat universiteti O`zbek tili fakulteti binosiga keldim.
Bizga ya'ni 403-guruh talabalariga O`zbek tili kafedrasi o'qituvchilari yig'ilish
o'tkazishdi .Yig'ilish chog'ida 18 haftalik diplom oldi malakaviy amaliyotga chiqishimiz haqida aytishdi.Talabalarning shart-sharoitidan kelib chiqqan holda har bir talaba malakaviy amaliyotni o'zi hohlagan manzildagi maktabda malakaviy amaliyotni o'tashi mimkinligi
aytildi.Bizga amaliyot rahbari Z.Rahimova etib tayinlandi.
Amaliyot rahbarimiz malakaviy amaliyot to'g'risida ,malakaviy amaliyot davrida qilinishi
kerak bo'ladigan hujjatlar haqida ma'lumot berdilar.
Men Xudoyberiyev Maqsud 27.02.2023 dan 24.06.2023 gacha malakaviy amaliyotimni o'zim yashaydigan joyda Surxondaryo viloyati Boysun tumani Xalq ta'lim bo'limiga qarashli 28-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida malakaviy amaliyotini o'taydigan bo'ldim.
Men 2023-yil 28- Fevral kuni soat 7:50 da 28-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabiga keldim.
U yerda meni maktab direktori: J Alimardonov.
O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari: Meliqulov.Q kutib olishdi.
Direktor meni “5-a”sinfning rahbari Qarshiyev .F hamda ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Abdullayev R bilan tanishtirdilar.Hamda amaliyot davrida qanday yordam kerak bo'las
Ustozlardan so'rashim mumkinligini autib o'tdilar.Men Abdullayev R bilan
“5-a”sinfiga kirdim.
Ustoz meni o'quvchilar bilan tanishtirdilar.Mening amaliyotga kelganim haqida aytib o'tdilar.
O'quvchilarning barchasi va ustoz meni iliq kutib olishdilar
Amaliyotim davrida O`zbek tili o'qituvchilari bilan birga muntazam ish olib bordim va maktab ichki tartib qoidalari bilan tanishdim va o'rgandim. O'qituvchilarning dars o'tish jarayonlarini kuzatdim va dars jarayoni uchun kerak
bo'ladigan turli o'qitish metodlari yangi pedagogik texnolagiyalarning dars davomida
qo'llanilishini,shu bilan birga,noan'anaviy o'qitish uslublaridan foydalanishni va eng
asosiysi pedagog sifatida o'quvchi bilan to'g'ri va samarali aloqa o'rnatishni kuzatdim va o'rgandim. O`zbek tili o'qituvchilari yordamida dars rejasini tuzishni,darslar
uchun mustaqil ravishda konspekt yozishni,foydalanishni,darsni to'g'ri tashkillash,
mavzuga mos bo'lgan ko`rgazmali qurollar, tarqadma materallar ,mavzularga mos keladigan o'yinlar tayyorlashni,barcha o'quvchilar bilan birdek ishlashni,darsga jalb qila olishni
o'quvchilarni rag'batlantirishni ,vaqt taqsimotini to'g'ri tashkil etishni o'rgandim
va o'zim ham mustaqil ravishda o'quvchilarga dars o'tdim.Bunda o'zlashtirgan bilimlarim samara berdi.Amaliyot mobaynida bir qancha ochiq darslarni kuzatdim va ularni qanday tashkillashni nimalarga ko'proq e'tiborli bo'lish kerakligini qanday usullar orqali ochiq darslarni qiziqarli va samarali tashkil etishni o'rgandim.
Shu bilan birga maktabdagi jamoat ishlarida ham faol ishtirok etishga harakat qildim .
Maktabda 9-may kuni “Xotira va qadirlash kuni”ni keng nishonladik.Maktab o'quvchilari bilan nuroniy otaxonu-onaxonlarni holidan habar oldik.
25-may kuni esa “So'nggi qo'ng'iroq “tadbirida qatnashdim.
Sinflarda o'tkaziladigan ma'naviyat soatlarida muntazam qatnashdim.Ma'naviyat soatlarni
olib borishni kuzatish jarayonida sinf rahbari ish rejasi asosida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni
amalga oshirishni o'rgandim.Davomati va o'zlashtirishi past o'quvchilar bilan ish olib birishni ularga ko'maklashishni o'zlashtirdim.Bunda menga sinf rahbarirning yo'l yo'riqlari yirdam
berdi.
Shuningdek amaliyotim davrida bo'lib o'tgan bir nechta tadbirlarda ishtirok etdim va ularni tashkillashtirish jarayonida o'qituvchilarga o'qituvchilarga yordam berdim.
O'zim ham mustaqil tarzda tadbir o'tkazdim.Bunda albatta maktabdagi ustozlar va o'quvchilarning yordamlari katta bo'ldi.
Men o'tgan 18 haftalik malakaviy amaliyotim davrida o'qituvchilikning qanchalik darajada ma'sulyatli kasb ekanligini ustozlar zimmasidagi yosh avlod kelajagi ma'sulyati o'qituvchining vazifalari,darsning o'tish qoidalari,darslarda dars o'tish metodlardan unumli foydalanish,pedagogning madaniyati.Bugungi kunda yoshlarninga qiziqishlari va bunga javoban o'qituvchilarning harakatlari haqida o'rgandim.O'zimga yetarlicha ko'nikma hosil qildim.
Men o'qituvchilik ma'sulyatli hamda sharafli kasb ekanligiga 18 haftalik malakaviy amaliyotim davrida yana bir bor amin bo'ldim.
Mening maqsadim kelajakda yetuk “ona tili va adabiyot ” o'qituvchis bo'lish hamda
Yangi O'zbekistonni barpo qilishda o'zimning munosib hissamni qo'shishdir.
Amaliyot oxirida maktab direktori va o'qituvchilar menga kelajakda asqotadigan ketakli tavsiyalar berishdi hamda o'zlarining samimiy tilaklarini bildirishdi.
Ishonamanki ushbu amaliyot davrida o'rgangan bilim va tajribalarim menga kelajakda ish faoliyatimda albatta yetuk mutaxassis bo'lib yetishishimda katta yordam beradi.


Amaliyotchi talaba:
M.Xudoyberdiyev



Amaliyot rahbari:


Z.Rahimova


Download 21.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling