Tasdiqlayman” “tasdiqlayman” mmibdo’ 43-maktab direktori
Download 266.81 Kb.
|
bBAYROQ
18-noyabrda Rossiyada rasmiy ravishda qorboboning tug'ilgan kuni o'tkaziladi. Qish sehrgarining yoshi aniq 2000 yoshdan oshiqroq. Qorboboning nomini ham bolalar o'ylab topishgan. Madomiki, aynan Rossiyaning Velikiy Ustyug shahrida haqiqiy qish 18 noyabrdan boshlanadi. Velikiy Ustyug 1999 yil rasmiy ravishda Rossiya qorbobosining Vatani deb nomlandi. Bu bayramga katta tayyorgarlik ko'riladi. Bu kuni alohida pochta qutilari ochilib, butun tabriklar ana shu pochtaga tashlanadi. Bu imkoniyatdan maxalliy bolalar va sayyohlar ham foydalanadilar. Vaholanki, zamonaviy qorbobolar hozirgi vaqt bilan yurishga majbur. Shuning uchun ular yangi texnologiyalardan xabardor bo'lishlari kerak. Hozirgi vaqtda qorbobolar bolalar yuborgan xatlarni elektron pochtalardan oladilar va uyali telefon orqali gaplashadilar. Qorboboning yordamchilari unga har yili yangi kashta tikilgan liboslar sovg'a qiladilar. Tug'ilgan kuni bilan tabriklash uchun uning qarindosh urug'lari va do'stlari keladilar. Finlandiyadan Santa-Klaus, Yakutiyadan qorbobo Chisxan, Chexiyadan qishki ertakchi Mikuloli, Kostromadan Qorqiz va Vologda, Moskva, Nijniy Novgoroddan rasmiy delegasiyalar keladilar. Velikiy Ustyug shahrining markaziy maydonida bayram tadbirlari bo'lib o'tadi. Bayram archasining chiroqlari yoqiladi. Тadbirdan keyin Qorbobo boshqa shaharlarga borib, bolalar bilan birgalikda ularning archa chiroqlarini yoqib, o'yin-kulgi qilib, ularga sovg'a ulashadi. Bugun 18 noyabr O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kun. 1991 yil 18 noyabrda “O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i to'g'risida”gi qonunning qabul qilinishi bilan mamlakat davlat suverenitetining ramzi – bayrog'imiz tasdiqlandi. 28 yildan beri bayrog'imiz yurtimizda va dunyoning nufuzli minbarlarida ozodlik va hurlik ifodasi sifatida hilpirab turibdi. Kecha poytaxtimizda mana shu sana munosabati bilan turli tadbirlar bo'lib o'tdi. Jumladan, otliqlar paradi va velomarofon tashkil etildi. 150 nafar otliq Amir Temur xiyobonidan Islom Karimov ko'chasi bo'ylab Xalqlar do'stligi saroyi tomon yurib borishdi. Shuningdek, 100 ta bayroq ko'targan velomarafon ishtirokchilari Yashnobod tumani “Ashxobod” bog'idan Maxtumquli, Abdulla Qodiriy, Paxtakor, Islom Karimov ko'chalari bo'ylab Xalqlar do'stligi saroyi tomon yetib borishdi va o'sha yerdagi tadbirlarda ishtirok etishdi. Bayrog'imiz qabul qilinganining 28 yilligi munosabati bilan bugun ham yurtimiz bo'ylab turli madaniy va ma'rifiy tadbirlar bo'lib o'tadi. Download 266.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling