Tasdiqlayman” Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori A. K. Shadmanov “ ” 2022 yil


Download 97.68 Kb.
bet1/8
Sana04.04.2023
Hajmi97.68 Kb.
#1325037
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Iqtidorli-talabalar-Nizomi-2022


TASDIQLAYMAN”
Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori
A.K.Shadmanov________
____” _________ 2022 yil


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI






Toshkent tibbiyot akademiyasida Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limining
NIZOMI

Toshkent 2022-yil


Toshkent tibbiyot akademiyasida Iqtidorli talabalarning
ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limining


NIZOMI


1-bob. Umumiy qoidalar

1.1. Mazkur Nizom Toshkent tibbiyot akademiyasida (keyingi o‘rinlarda – TTA) Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limini (keyingi o‘rinlarda - Bolim) xodimlarining asosiy vazifalari, funktsiyalari, huquq va javobgarliklarini hamda - iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish va olib borilayotgan faoliyatlarni muvofiqlashtirish tartibini belgilaydi.


1.2. Ushbu nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ – 2909-son”, 2019 yil 30 avgustdagi “Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuskorligini qo‘llab-quvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ – 4433-sonli qarorlari va 2021-yil 3-fevraldagi “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-6155-sonli va 2021-yil 9-sentyabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanayotgan iqtidorli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF-6309-sonli Farmonlari, shunindek Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi “Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 222-sonli qarori ijrosini taminlash maqsadida ishlab chiqilgan.
1.3. Bolim O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g ‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan mamlakatimiz yoshlar siyosati borasidagi hujjatlar, Vazirlar Mahkamasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining qarorlari, buyruqlari va farmoyishlari asosida faoliyat yuritadi.
1.4. Tashqi m e’yoriy hujjatlar: O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Ta’lim to‘g ‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi qaror va farmonlari, “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi qonunlar, hamda boshqa taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar, buyruqlari, farmoiyshlari.
1.5. Ichki (lokal) me’yoriy hujjatlar: TTA ustavi, TTA ichki tartib qoidalari, TTA ning mahalliy normativ aktlari (instruksiya, standart va b.), Rektor buyruqlari, Bo‘lim dasturlari va rejalari hamda mazkur Nizom



Download 97.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling