"Tasdiqlayman" Uzun tuman 1-son kasb-hunar
Download 10.27 Kb.
|
Bayonnoma Uzun Elyor 2-son (2)
“Tasdiqlayman” Uzun tuman 1-son kasb-hunar maktabi direktori_____________ ___ - iyun 2023 yil Surxondaryo viloyati Uzun tuman 1-sonli kasb-hunar maktabida Termiz muhandislik-texnologiya instituti “Muhandislik va kompyuter grafikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchisi tomonidan o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va oliy ma’lumot olishga qiziqtirish maqsadida o‘tilgan “MAHORAT DARSI” bo‘yicha yig‘ilish. Bayonnomasi _____ ___ - iyun 2023 yil Uzun tumani Yig‘ilish raisi: Kotibi(a): ____________________________ Qatnashdi: Termiz muhandislik-texnologiya instituti “Muhandislik va kompyuter grafikasi” kafedrasi o‘qituvchisi E. Muhammadiyev 1-son kasb-hunar maktabi direktori va pedagog-xodimlari. Jami ____ nafar. Kun tartibi 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining farmon va farmoyishlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining, buyruq va topshiriqlari ijrosi to‘g‘risida. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20-yanvarda bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan yig‘ilishida bildirgan fikr mulohazalari haqida. 3. O‘quvchlarni kasbga yo‘naltirish va oliy ma’lumot olishga qiziqtirish. Eshitildi: Yig‘lishni Uzun tuman 1- son kasb-hunar maktabi direktori ochib berdi va Termiz muhandislik-texnologiya instituti “Muhandislik va kompyuter grafikasi” kafedrasi o‘qtuvchisi E. Muhammadiyev so‘zga chiqdi. Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan Termiz muhandislik-texnologiya instituti “Muhandislik va kompyuter grafikasi” kafedrasi o‘qituvchisi E. Muhammadiyev so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining farmon va farmoyishlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyruq va topshiriqlarining o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash, kasb-hunar maktablarida o‘quvchilarning bilim darajasini oshirish, jadval bo‘yicha darslar va to‘garaklarning vaqtida, sifatli o‘tilishi lozimligini gapirib o‘tdi. Yosh o‘qituvchilarga malakali o‘qituvchilar “ustoz-shogird” an’anasi bo‘yicha biriktirilishi kerakligini ta’kidlab o‘tdi. Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan Termiz muhandislik-texnologiya instituti “Muhandislik va kompyuter grafikasi” kafedrasi o‘qtuvchisi E. Muhammadiyev so‘zga chiqib, mamlakatimizda yoshlarga va ta’lim sohasiga katta e’tibor berilayotganligi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 2023 yil 20-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda xorijiy tillar va kasb o‘rgatish tizimini rivojlantirish masalalari bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazdi. Prezident xalqimizga Murojaatnomasida “Ijtimoiy davlat” tamoyiliga alohida e’tibor qaratgan edi. Aynan aytganda, “Ijtimoiy davlat bu, eng avvalo, inson salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun teng imkoniyatlar, odamlar munosib hayot kechirishiga zarur sharoitlar yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, demakdir”. Bunga erishishning asosi, birinchi navbatda, ta’lim. Shu bois Murojaatnomada maktab o‘quvchilarini kamida ikkita xorijiy til va bitta kasb-hunarga o‘rgatish ustuvor vazifa etib belgilanganligini ta’kidladi. Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha o‘quvchi yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi va o‘quvchi yoshlar ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Yig‘ilish qaror qiladi: Kun tartibidagi Termiz muhandislik-texnologiya instituti “Muhandislik va kompyuter grafikasi” kafedrasi o‘qituvchisi E. Muhammadiyev ning axboroti ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin. 1-son kasb - hunar maktabi o‘quvchilarini oliy o‘quv yurtiga hujjatlar topshirish manzilli reja asosida amalga oshirilsin. Kotib(a) _________________________ Download 10.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling