“Tasdiqlayman”


Yangi o’tilgan mavzuni mustahkamlash va o’quvchilarni baholash


Download 0.77 Mb.
bet7/9
Sana18.02.2020
Hajmi0.77 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9

4.Yangi o’tilgan mavzuni mustahkamlash va o’quvchilarni baholash

Navkar (forscha)-xarbiy xizmatchi.

Qo’ng’irot-yirik o’zbek urug’laridan binning nomi.

1770-yilda Xiva xonligida qo’ng’irotlar sulolasi xukmronligi o’rnatildi



5.Darsni xulosalash, uyga vazifa berish; Mavzuni o’qish, savollarga javob topish va berilgan atamalarni yod olish
O’quv tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________

Sinflar: 8 - “A” ______ 8 - “B”______ 8 - “V”______ 8 - “G” ______ 8 - “D”______ 8 - “E”______
MAVZU: XIX asrning 1 -yarmida Xiva xonligining tashqi siyosati
Dars maqsadi:

  1. Ta`limiy maqsad: Xiva xonligining tashqi siyosati haqida bilimlarga ega bo’lish

  2. Tarbiyaviy maqsad: Yurtga fidokorlik, uni asrash kabi tuyg’ularni shakillantirish.

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: Tarixiy bilimlarini shakillantirish

  4. Shakllantirilayotgan kompetensiya:Ushbu mavzuda tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish va tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi shakllantirildi. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Dars turi:

Yangi bilimlarni bayon qilish va egallash darsi.



Darsda foydalanilgan metodlar ;

an’anaviy, zamonaviy, interfaol metodlar



Dars jiхozi: Darslik, dunyo siyosiy xaritasi, O’zbekiston xaritasi

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism

a) Davomadni aniqlash va o’quvchilarni darsga tayyorgarligini aniqlash.

b)Bugungi kun yangiliklari bilan tanishish

2.O`tilgan mavzuni mustahkamlash va baholash

Navkar (forscha)-xarbiy xizmatchi.

Qo’ng’irot-yirik o’zbek urug’laridan binning nomi.

1770-yilda Xiva xonligida qo’ng’irotlar sulolasi xukmronligi o’rnatildi


3. Yangi mavzu bayoni:

Xiva-Rossiya munosabatlari. Xiva-Rossiya munosabatlarida muxim jixat shunda ediki, o’zaro savdodan xar ikkala davlat xam birdek manfaatdor edi. Xiva savdogarlari uchun Rossiyaga boradigan savdo yo’llari xavfsiz edi. Shuningdek, Xiva xonligida Rossiya zavod va fabrikalari ishlab chiqargan tayyor iste'mol tovarlariga extiyoj baland edi. Ayni paytda, Rossiya Xiva xonligiga o’z tovarlarini sotadigan bozor deb qarar edi. Rossiya tovarlari Yevropaning ilg’or davlatlari tovarlari bilan raqobat qila olmayotgan 1 davrda bu juda muxim edi. 2-dan, Xiva xonligi, Rossiya sanoati uchun zarur xomashyo maxsulotlarini arzon narxlarda yetkazib beruvchi o’lka xam xisoblanardi.

Biroq xar 2 davlat o’rtasida yaxshi qo’shnichilik munosabatlarining qaror topishiga to’sqinlik qilgan omillar xam mavjud bo’lgan. Bular: savdo karvonlariga xujum qilish xavfining mavjudligi, xar 2 taraf tomonidan Kichik juz qozoqlarini va qoraqalpoqlarni o’z fuqarolari deb xisoblashlari; shuningdek, xar 2 tomonning o’zaro savdodan olinadigan boj xajmi masalasida uzoq vaqt 1 to’xtamga kela olmaganliklari bilan bog’liq edi.



N. Muravyov ekspeditsiyasi. Rossiya podshosi - 1819-yilda Xivaga armiya zobiti N. Muravyov boshchiligida ekspeditsiya jo’natdi. Bundan maqsad turkmanlar yeri, Xiva xonligining ular bilan aloqasi, Kaspiy dengizining sharqiy qirg’og’ida xarbiy istexkom qurish va Xiva turkmanlar yeri - Boku-Astraxan savdo yolini ochish xamda bu yo’lning istiqbolini o’rganish edi.

Ekspeditsiya dastlab turkmanlarning yovmit qabilasi joylashgan xududda bo’ldi.



S.Sialkovskiy va V.Perovskiy ekspeditsiyasi. Rossiya xukumati savdo karvonlari xavfsizligini ta'minlash maqsadida qo’riqchi xarbiy qism ajratishga qaror qildi. 1824-yilda Orenburg savdogarlari S. Sialkovskiy boshchiligidagi xarbiy qism va savdo karvoni Buxoro amirligiga borishi kerak edi. 1825-yilning yanvar oyida karvon Xiva qo’shini qarshiligiga uchradi. Xiva amaldori karvonning Buxoroga emas Xivaga yuborilishini talab qildi. S. Sialkovskiy bu talabni rad etdi va orqaga qaytishga qaror qildi. Xiva qo’shini Buxoroga olib boradigan savdo yo’lini bekitib qo’ydi. Bu xodisa Rossiya-Buxoro savdo aloqalariga katta ziyon yetkazish xavfini tug’dirdi.

Xiva-Rossiya munosabatlari keskinlashgan 1 sharoitda Muxammad Raximxon 1 vafot etdi. Taxtga o’g’li Olloqulixon o’tirdi. U Xiva-Rossiya munosabatlaridagi keskinlikni yumshatishga urindi.

1826-1829-yillardagi Eron-Rossiya va 1828-1829-yillardagi Rossiya-Turkiya urushi Rossiyani Xiva bilan munosabatlarini yanada keskinlashtirishdan o’zini tiyishga majbur etdi. Bu orada Buyuk Britaniya razvedkasi Markaziy Osiyo xonliklariga suqulib kira boshladi. Shunday sharoitda Buyuk Britaniya tovarlarining xonliklar bozorini to’ldirish xavfi xam vujudga keldi. Bundan tashqari, Eron bilan urush oqibatida Rossiya-Eron savdo-sotiq ishlarining axvoli yomonlashdi. Bunday paytda Markaziy Osiyo xonliklari bilan savdo-sotiqni xar qachongidan ko’ra rivojlantirish dolzarb masalaga aylandi. Ayni paytda, Rossiya xukumati rus asirlarini ozod etishni xam talab eta boshladi. Biroq Rossiya xukumati Xiva xonligiga nisbatan o’z talablari doirasini tobora kengaytirib bordi. Chunonchi, u keyinchalik Xivadan Amudaryoda Rossiya savdo kemalarining suzishiga ruxsat berishini xam talab eta boshladi.

Bora-bora Rossiya Xiva bilan munosabatni xarbiy yo’li bilan tartibga solish yo’lini tanladi. Shu maqsadda 1839-yilda V. Perovskiy xarbiy ekspeditsiyasi tashkil etildi.

Uning ixtiyorida 4 ming piyoda askar, 12 ta to’p va yuk ortilgan o’n ming tuya bor edi. Biroq Ustyurtning qattiq sovug’i, oziq-ovqat va yem-xashakning yetishmasligi oqibatida ekspeditsiya talafot ko’rdi. Oqibatda, V. Perovskiy orqaga qaytishga majbur bo’ldi. U 1840-yilning iyun oyidagina Orenburgga qaytib kela oldi.

.

Jeyms Ebbot. Xonlikda ingliz razvedkasi xam faoliyat boshladi. Chunonchi, 1840-yilda Xivaga kapitan Jeyms Ebbot keldi va u Olloqulixon bilan uchrashdi. U Xiva xonini Rossiyaga qarshi xarbiy istexkomlar qurishga da'vat etdi. U bunday istexkomlar qurilishi mumkin bo’lgan joylarni aniqlash bo’yicha ish olib borayotgan paytda Rossiya xarbiylari tomonidan asir olindi va Peterburga jo’natildi. U yerdan Londonga jo’natib yuborildi. Shu tariqa Buyuk Britaniya razvedkasi Xiva va Rossiya o’rtasida xarbiy xarakatlar keltirib chiqarishdek maqsadiga erisha olmadi.


4.Yangi o’tilgan mavzuni mustahkamlash va o’quvchilarni baholash

..... maqsadda 1839-yilda V. Perovskiy xarbiy ekspeditsiyasi tashkil etildi



...Muzokaralar yakunida 1842-yilning 27-dekabrida Xiva-Rossiya o’rtasida " Majburiyatlar akti" deb ataluvchi shartnoma imzolandi.

5.Darsni xulosalash, uyga vazifa berish; Mavzuni o’qish, savollarga javob topish va berilgan atamalarni yod olish
O’quv tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________

Sinflar: 8 - “A” ______ 8 - “B”______ 8 - “V”______ 8 - “G” ______ 8 - “D”______ 8 - “E”______
MAVZU: Qoraqalpoq xalqining shakllanishi va siyosiy xayoti
Dars maqsadi:

  1. Ta`limiy maqsad; Qoraqalpoq xalqining shakllanishi va siyosiy xayoti haqida bilimlarga ega bo’ladilar

  2. Tarbiyaviy maqsad: Yurtga fidokorlik, uni asrash kabi tuyg’ularni shakillantirish.

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: Tarixiy bilimlarini shakillantirish

  4. Shakllantirilayotgan kompetensiya:Ushbu mavzuda tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish va tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi shakllantirildi. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Dars turi:

Yangi bilimlarni bayon qilish va egallash darsi.



Darsda foydalanilgan metodlar

an’anaviy, zamonaviy, interfaol metodlar



Dars jiхozi: Darslik, dunyo siyosiy xaritasi, O’zbekiston xaritasi

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism

a) Davomadni aniqlash va o’quvchilarni darsga tayyorgarligini aniqlash.

b)Bugungi kun yangiliklari bilan tanishish

2.O`tilgan mavzuni mustahkamlash va baholash

Manbalar bilan ishlash

-Xudoyberdi Avaz Muxammadning 1831-1832-yillarda yozilgan "Dili g’aroyib" asari xam Xiva xonligi, uning shaxarlari xaqida muxim ma'lumotlar beradi.

-Xiva xonligining 1872-1911-yillardagi tarixini Xiva xoni Asfandiyorxonning topshirig’i bilan 1912-yilda Yusufbek Bayoniy yaratgan


3. Yangi mavzu bayoni:

Qoraqalpoqlarning xalq sifatida shakllanishi tarixidan. Tarixiy manbalarda xozirgi Qoraqalpog’iston xududida odamlar neolit davridayoq yashaganligi qayd etiladi. Qadimgi tarixiy yodgorliklardan bo’lmish Doro 1 (mil.av. 522-486-yillarda podsholik qilgan) qabri ustidagi toshlarga mil.av. V asrda mixxat bilan o’yib yozilgan bitiklarda Orolbo’yi va Sirdaryoning quyi oqimida yashagan axoli "Saka tigraxauda" (cho’qqi qalpoqli saklar) deb atalgan.

Milodiy II-VIII asrlarda Orolbo’yi dashtlariga 1 qator turkiy qabilalar kirib kelib joylashganlar. Maxalliy axolining kirib kelgan qabilalar bilan qo’shilishi natijasida Orolbo’yida bijanaklar va o’g’uzlar shakllangan. Bijanaklar negizida VIII-X asrlarda qoraqalpoqlarning xalq sifatida shakllanish jarayoni boshlangan.

X asr boshlarida bijanaklarning 1 qismi Volga ortiga, Janubiy Rus dashtlariga ko’chib o’tishga majbur bo’lganlar. Bunga o’g’uzlar va qipchoqlarning siquvi, tazyiqi sabab bo’lgan.

XII asr rus yilnomalarida "cherniye klobuki", mo’g’illar tarixida "qora malaqayli", sharq manbalarida esa "qora bo’rkli" deb atalgan qavm xaqida ma'lumotlar bor. Bu nomlar qoraqalpoqlarga tegishlidir. "Qoraqalpoq" so’zi qora qalpoqlilar so’zidan kelib chiqqan.

Oltin O’rda zaiflashgach, uning tarkibidan qator mustaqil davlatlar ajralib chiqqan. Bu davlatlarning biri - XIV asr oxirida tashkil topgan No’g’ay (Mang’it) xonligi edi. Uning chegarasi - Volga daryosidan Irtish daryosigacha, Kaspiy va Orol dengizi bo’ylaridan Kama daryosigacha bo’lgan xududlarni o’z ichiga olgan.

Binobarin, qoraqalpoqlar ko’chib borib joylashgan xududlar XV-XVI asrlarda No’g’ay xonligi xududiga kirgan. No’g’ay va qoraqalpoq xalqlari o’zaro siyosiy xamkorlikda, birlashmada yashaganlar.

No’g’ay tili tarkibi, fonetikasi va grammatik qurilishi jixatidan qoraqalpoq tiliga juda yaqin. Shu tariqa XVI asrga kelib 1 necha urug’lardan iborat qoraqalpoq xalqining shakllanish jarayoni nixoyasiga yetgan. Bu xalq 6 qabila (xitoy, qipchoq, kenagas, mang’it. qo’ng’irot va mo’yten) negizida shakllangan.

Qoraqalpoq xonligining tashkil topishi. Qoraqalpoq davlatchiligi no’g’ay (mang’it) lar yetakchisi Idigu (Edigey) boshchiligida XIV asr oxirlarida tashkil etilgan No’g’ay xonligidan (O’rdasidan) boshlanadi. 1419-yilda Idigu o’ldirilgach, taxt uchun kurash kuchayib, xonlik kuchsizlanadi. XVI asrning 2-yarmida No’g’ay xonligi 3 qismga - 6 ul o’rdasi, Kichik o’rda va Katta o’rdaga bo’linib ketgan.

XVII asrning boshlarida no’g’aylar Volga va Yoyiq daryolari bo’ylariga bostirib kelgan jung’orlar (qalmoqlar) tomonidan tor-mor etiladi. No’g’aylar Qrimga ko’chib ketishga majbur bo’lganlar. Ularning 6 ul o’rdasi tarkibiga kiruvchi qoraqalpoqlar esa Orol va Sirdaryo bo’ylariga kelib o’rnashadilar.

Qoraqalpoqlar ijtimoiy xayotida biylar va botirlar (xarbiylar boshlig’i) muxim o’rin tutgan. Biylar qoraqalpoq urug’lariga boshchilik qilganlar, shuningdek, qo’shni xalqlar bilan munosabatlarda o’z urug’i yoki qabilasi nomidan vakil sifatida qatnashganlar. XVI-XVII asrlarda qoraqalpoqlar yo Buxoro xonligiga, yo qozoq xonlariga tobe bo’lgan.

XVIII asr boshlariga kelib Sirdaryo bo’yida yashovchi qoraqalpoqlar birlashish jarayonida Sig’noq va Jonkent singari qadimiy qo’rg’on-shaxarlar tayanch bo’lgan. Qoraqalpoqlarning birlashuvida Kuchukxon, Taburchak va G’oyib sultonlar muxim rol o’ynaganlar. Buning natijasida 1714-yilda Sirdaryobo’yi qoraqalpoqlari o’z yetakchilari Eshmuxammad (Eshimxon) boshchiligida davlatga - qoraqalpoq xonligiga birlashtirilgan. Bu davlat Sirdaryoning quyi oqimi, Volga bo’ylari jung’orlari, Boshqird ulusi va Kichik juz qozoq xonliklari bilan chegaradosh edi.

1723-yilda jung’orlar bostirib kelib, Sirdaryoning o’rta qismini egallagach, qoraqalpoqlar yana ko’chishga majbur bo’ladi. Ko’chish oqibatida qoraqalpoqlar 2 ga bo’linib ketdi, 1 guruxi Sirdaryoning yuqori oqimi - Toshkent tomonga, 2-guruxi Sirdaryoning quyi oqimiga borib joylashdi. Shu tariqa qoraqalpoqlar shartli ravishda "yuqori qoraqalpoqlar", "quyi qoraqalpoqlar" ga bo’linib ketdi. Quyi qoraqalpoqlar Sirdaryo bilan Amudaryo o’rtasidagi bo’sh yotgan yerlarga xam o’rnashib, bu yerlarga Quvondaryodan suv chiqarib, dexqonchilik bilan shug’ullandilar.

Qoraqalpoq va Rossiya munosabatlari. Qoraqalpoqlar Rossiya bilan munosabatlar o’rnatishga xarakat qilgan. Bunday yaqinlashishga 1 qator omillar sabab bo’lgan edi. 1-dan, Rossiya bilan savdo-tijorat ishlarini yo’lga qo’yishdan manfaatdorlik, 2-dan, jung’orlarning tinimsiz xujumlaridan ximoyalanish zarurati sabab bo’ldi.

1726-yilda qozoq xoni Abulxayrxon Peterburgga o’z elchilarini jo’natgan. Uning tarkibida qoraqalpoq vakillari xam bor edi.


4.Yangi o’tilgan mavzuni mustahkamlash va o’quvchilarni baholash.

Manbalar bilan ishlash

* XII asr rus yilnomalarida "cherniye klobuki", mo’g’illar tarixida "qora malaqayli", sharq manbalarida esa "qora bo’rkli" deb atalgan qavm xaqida ma'lumotlar bor. Bu nomlar qoraqalpoqlarga tegishlidir. "Qoraqalpoq" so’zi qora qalpoqlilar so’zidan kelib chiqqan.

* Bijanaklar negizida VIII-XVI asrlarda qoraqalpoq xalqi shakllandi.

*XVIII asr 1-choragida Eshimxon yetakchiligida qoraqalpoq xonligi tashkil topadi

5.Darsni xulosalash, uyga vazifa berish; Mavzuni o’qish, savollarga javob topish va berilgan atamalarni yod olish
O’quv tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________


Sinflar: 8 - “A” ______ 8 - “B”______ 8 - “V”______ 8 - “G” ______ 8 - “D”______ 8 - “E”______
MAVZU: Qoraqalpoqlarning madaniy va ma`naviy xayoti
Dars maqsadi:


  1. Ta`limiy maqsad: Qoraqalpoqlarning ijtimoiy-iqtisodiy xayoti haqida bilimlarga ega bo’ladilar

  2. Tarbiyaviy maqsad: Yurtga fidokorlik, uni asrash kabi tuyg’ularni shakillantirish.

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: Tarixiy bilimlarini shakillantirish

  4. Shakllantirilayotgan kompetensiya:Ushbu mavzuda tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish va tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi shakllantirildi. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Dars turi:

Yangi bilimlarni bayon qilish va egallash darsi.



Darsda foydalanilgan metodlar

an’anaviy, zamonaviy, interfaol metodlar



Dars jiхozi: Darslik, dunyo siyosiy xaritasi, O’zbekiston xaritasi

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism

a) Davomadni aniqlash va o’quvchilarni darsga tayyorgarligini aniqlash.

b)Bugungi kun yangiliklari bilan tanishish

2.O`tilgan mavzuni mustahkamlash va baholash

Manbalar bilan ishlash

* XII asr rus yilnomalarida "cherniye klobuki", mo’g’illar tarixida "qora malaqayli", sharq manbalarida esa "qora bo’rkli" deb atalgan qavm xaqida ma'lumotlar bor. Bu nomlar qoraqalpoqlarga tegishlidir. "Qoraqalpoq" so’zi qora qalpoqlilar so’zidan kelib chiqqan.

* Bijanaklar negizida VIII-XVI asrlarda qoraqalpoq xalqi shakllandi.

*XVIII asr 1-choragida Eshimxon yetakchiligida qoraqalpoq xonligi tashkil topadi
3. Yangi mavzu bayoni:

Ijtimoiy axvol. Qoraqalpoqlar ijtimoiy xayotida urug’chilik, qabilachilik munosabatlari, axolining tabaqalarga bo’linishi ancha kuchli edi. Xar 1 urug’ yoki qabilaga biylar boshchilik qilardi. Xarbiy qismlarni botirlar boshqarardi. Axoli orasida ruxoniylar, shayxlar, xo’jalarning o’rni xam katta edi. Ovul boshlang’ich ma'muriy bo’g’in bo’lib, ularning butun xayotiga Oqsoqollar kengashi raxbarlik qilardi. Shuningdek, qoraqalpoqlarda yuzboshi, mirobboshi, qozi, rais kabi ma'muriy mansablar xam bor edi. Mirob suv taqsimlovchi xisoblangan.

Biylik lavozimiga ilgarilari urug’ yig’inlarida saylangan bo’lsa, qoraqalpoqlar Xiva xonligiga bo’ysundirilgach, xon tomonidan tayinlanadigan bo’ldi. Xon tomonidan tayinlangan biyga boshqa biylar bo’ysungan. Amudaryoning so’l tomonidagi Qo’ng’irot, o’ng soxilidagi Chimboy qoraqalpoqlarning bosh ma'muriy markazigaaylanadi.

Axoli orasida mulkiy tabaqalanish xam kuchayib bordi. Yerga jamoa bo’lib egalik qilish asta-sekin barxam topib, katta yer egalari tabaqasi vujudga keldi. Chorvachilikda minglab qoramol, qo’y-echki, yilqi, tuyalarga ega tabaqalar shakllanadi. Juda ko’p baliq ovlanadigan suv xavzalari xam aloxida kishilar tomonidan egallanib bordi. Natijada yersiz, chorva mollarisiz kambag’allar soni ko’payib bordi. Ular boylardan yerni ijaraga olib ishlashga, chorva mollarini boqib kun kechirishga majbur bo’ldilar.

Dexqonchilik. Qoraqalpoqlar qadimdan dexqonchilik va chorvachilik, baliqchilik chorvachilik bilan shug’ullanib kelganlar. "Qirq qiz" dostonida qoraqalpoqlarning yerlar o’zlashtirib, suv inshootlari qurib, yer xaydab g’alla yetishtirganligi, bog’lar yaratganligi xaqida ma'lumotlar berilgan.

Qoraqalpoqlar Orol bo’ylarida, Sirdaryo va Amudaryo oralig’idagi yerlarda dexqonchilik bilan shug’ullanganlar. Bug’doy, arpa, tariq va boshqa ekinlar ekib, mo’l xosil olganlar. Yangi (Jana) daryo va Quvondaryo xavzalarida qoraqalpoqlar tomonidan barpo etilgan kanal va sug’orish inshootlari xo’jalikda dexqonchilik tarmog’ining yetakchi o’rinda turganligidan guvoxlik beradi. XVIII asr oxirlarida Amudaryo quyi tarmoqlarida Qalliko’l, Kegayli, XIX asr o’rtalarida Chimboy, Qo’ng’irot dexqonchilik voxalari vujudga keldi. Dexqonchilikda omoch, mola, ketmon, belkurak, o’roq kabi mexnat qurollaridan foydalanilgan.

Qoraqalpoqlar iqtisodiy xayotida chorvachilik xam muxim o’rin tutgan. Chorvadorlar xo’kiz va tuya qo’shilgan aravalarda poda va otarlari bilan yil davomida sero’t yaylovlarga ko’chib yurganlar. Pichan, xashak, ayniqsa, qamishzorlar chorva mollari uchun to’yimli oziqa bo’lib xizmat qilgan.

Qoraqalpoqlar iqtisodiy xayotida baliqchilik xam rivojlangan. Baliqchilik, ovchilik axoli uchun qo’shimcha tirikchilik manbayi xisoblanardi.

Xunarmandchilik va savdo. Qoraqalpoqlar xayotida temirchilik, duradgorlik, kigiz bosuvchilik, to’quvchilik, bo’yoqchilik, kulolchilik, zargarlik kabi xunarmandchilik tarmoqlari rivojlanib boradi. Xunarmandlar uy-ro’zg’or buyumlari, idish-tovoqlar, matolar, kiyim-kechaklar tayyorlaganlar. Yog’ochdan o’tov tayyorlab, kigizlar bilan yon va tom qismini o’rab, turar joylar yasaganlar. Olacha, gilam, tuya junidan movut tayyorlash ancha rivojlangan.

Savdo-sotiq ishlari xam rivojlanib bordi. Shaxarlarda do’konlar, karvonsaroylar qurildi. Dexqon va chorvadorlar shaxarlarda g’alla, chorva mollari, baliq sotardi. Xunarmandlardan uy-ro’zg’or buyumlari, kiyim, gilam, zargarlik buyumlari sotib olinardi. Xo’jayli, Qo’ng’irot, Mang’it, Chimboy shaxarlari Sharq va G’arb mamlakatlari bilan muloqotda yirik savdo markazlariga aylanadi. Sharqdan G’arbga boruvchi savdogarlar uchun qoraqalpoqlar tayyorlagan tuzlangan baliq maxsulotlari xaridorgir edi.

Soliq va majburiyatlar. Dexqonlardan salg’ut (yer) solig’i, chorvadorlardan zakot solig’i, axolidan ruxoniylar uchun ushur solig’i olinardi. Soliq miqdorini xon amaldorlari belgilardi. Yer solig’i butun qabila yoki urug’ga 1 yo’la solinardi. Oqibatda soliqning ko’p qismi kambag’allar bo’yniga tushardi. Bunday tartibdan boy tabaqalar foydalanar edi. Biy va amaldorlar xam go’yo o’z xarajatlarini qoplash uchun xalqdan qo’shimcha soliqlar undirardilar. Xarbiy xavf yuz berganda xalqdan "qozon" (xo’jalik) solig’i undirilar edi, yigitlar majburiy xarbiy xizmatga chaqirilardi.

Soliqlardan tashqari, kambag’allar kanal va ariqlar qazish, sug’orish inshootlarini tozalash ishlariga majburiy safarbar etilardi.


4.Yangi o’tilgan mavzuni mustahkamlash va o’quvchilarni baholash.

Manbalar bilan ishlash

* Oydo’stbiy Qo’ng’irotda odamlarining yengilganini eshitib, o’ziga yaqin odamlari bilan Sori o’tovni tashlab ketishga majbur bo’ladi va Qo’qon tarafga qarab yo’l oladi. Muxammad Nazar inoq undan xabar topib, Oydo’stbiyning odamlari ketidan sara qo’shin jo’natadi. Qo’shin 2 kun deganda Chirikrabot mavzeyida Oydo’stbiyning odamlarini qurshab oladi. Xon askarlari xujumga o’tib, qo’zg’olonchilarni tor-mor qilib, Oydo’stbiyning boshini olib, Xiva xoni xuzuriga keltirganlar.

5.Darsni xulosalash, uyga vazifa berish; Mavzuni o’qish, savollarga javob topish va berilgan atamalarni yod olish

O’quv tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________

Sinflar: 8 - “A” ______ 8 - “B”______ 8 - “V”______ 8 - “G” ______ 8 - “D”______ 8 - “E”______
MAVZU: Qo’qon xonligining tashkil topishi

Dars maqsadi:


  1. Ta`limiy maqsad: Qo’qon xonligining tashkil topishi haqida bilimlarga ega bo’ladilar

  2. Tarbiyaviy maqsad: Yurtga fidokorlik, uni asrash kabi tuyg’ularni shakillantirish.

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: Tarixiy bilimlarini shakillantirish

  4. Shakllantirilayotgan kompetensiya:Ushbu mavzuda tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish va tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi shakllantirildi. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Dars turi:

Yangi bilimlarni bayon qilish va egallash darsi.



Darsda foydalanilgan metodlar

an’anaviy, zamonaviy, interfaol metodlar



Dars jiхozi: Darslik, dunyo siyosiy xaritasi, O’zbekiston xaritasi

Darsning borishi:

Tashkiliy qism

a) Davomadni aniqlash va o’quvchilarni darsga tayyorgarligini aniqlash.

b)Bugungi kun yangiliklari bilan tanishish

O`tilgan mavzuni mustahkamlash va baholash

Manbalar bilan ishlash

XVIII asrda qoraqalpoqlarning yozma adabiyoti shakllangan.

1998-yilda Berdaq tavalludining 170 yilligi, 1999-yilda esa Ajiniyoz tavalludining 175 yilligi nishonlandi. Nukus shaxrida ularning xaykallari o’rnatildi.


Yangi mavzu bayoni:

Shoxruxbiy - xonlik asoschisi. Farg’ona vodiysi Buxoro xonligi tasarrufida edi. XVIII asr boshlarida Buxoro xonligi ichki kurashlar oqibatida zaiflashadi. Sunday vaziyatdan foydalangan jung’arlar Farg’ona vodiysiga tez-tez bostirib kirib, talon-taroj qila boshladilar. Vaziyat ichki kuchlarni birlashishga, mustaqil davlat tuzishga undamoqda edi. Dastlab Chust yaqinidagi Chodak qishlog’i xo’jalar jamoasi o’z mulklarini mustaqil deb e'lon qildilar. Vodiydagi ming qabilasi oqsoqollari yig’ilishib, Buxoro xonligidan mustaqil davlat tuzishga qaror qilishgan. Ming qabilasi yo’lboshchilaridan biri Shoxruxbiy xukmdor (1710-1721) deb e'lon qilinadi.

1710-yilda minglar chodaklik din peshvolari xokimiyatini ag’dardilar va Farg’ona vodiysida xokimiyatni o’z qo’llariga oldilar. Shu tariqa, Markaziy Osiyoda keyinchalik Qo’qon xonligi deb atalgan yangi davlat vujudga keldi. Tepaqo’rg’on Shoxruxbiyning qarorgoxiga aylantirildi.

Shoxruxbiyning o’g’li Abduraximbiy (1721-1733) davrida Xo’jand, O’ratepa viloyatlari qo’shib olindi. U Shaxrisabz ostonalariga qo’shin tortib bordi va uning xokimi bilan Qo’qonga tobelik xaqida bitim tuzishga erishadi. Keyin Samarqandni va Jizzaxni egallaydi. Abduraximbiy Xo’jandga qaytib kelgach, qattiq betob bo’lib, vafot etadi. Qo’qon xonligi taxtiga uning inisi Abdulkarimbiy o’tiradi (1733-1750). U Eskiqo’rg’on qal'asi yonida xozirgi Qo’qon shaxriga asos solib, o’z poytaxtini Tepaqo’rg’ondan Qo’qon shaxriga ko’chiradi. Shaxar atrofini devor bilan o’ratadi.

Erdona xukmronligi davrida (1751-1762) xonlikning qudrati ortdi. U O’sh va O’zganni bo’ysundirdi. Erdona davrida Qo’qon xonligi g’arbda Buxoro, sharqda Xitoy bilan tengma-teng kurash olib bora olgan davlatga aylandi. Biroq xukmronlik davri urushlar bilan o’tdi. Toj-u taxt uchun kurash kuchaydi. Nixoyat, 1763-yilda taxtga Abdukarimbiyning nabirasi Norbo’tabiy o’tqizildi (1763-1798). U dastlab Chust va Namangan xokimlarining isyonini bostirdi. Xo’jandni qayta bo’ysundirdi.

Manbalarda keltirilgan ma'lumotlarga qaraganda, Norbo’tabiy davrida ekinlardan mo’l xosil olinib, bozorlarda narx-navo arzonlashgan. Xar tomonlama mamlakatning qudrati ordi.


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling