«tasdiqlayman»


Kafedra mudiri prof. Mirzayev I.K


Download 315 Kb.
bet3/22
Sana06.11.2021
Hajmi315 Kb.
#170899
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
dastur adabiyot metodika

Kafedra mudiri prof. Mirzayev I.K.

Fanning ishchi oʻquv dasturi Filologiya fakulteti kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2019-yil _________ 1-sonli bayonnoma).



Fakultet ilmiy kengashi raisi prof.Eltazarov J.

Fakultet oʻquv-uslubiy kengashi raisi prof.Abdiyev M.

Kelishildi:

Oʻquv- uslubiy boshqarma boshlii dots.B.Aliqulov

Kirish

I. Oʻquv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi oʻrni

Oʻzbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimovning ”Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yoʻlida xizmat qilish- eng oliy saodatdir” asari va 2016-yil 13-maydagi ”Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi farmoni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturidan kelib chiqqan holda talabalarga zamon talablariga mos ravishda oʻqitishning eng qulay va zamonaviy metodlari toʻgʻrisida bilim berish, boʻlgʻusi fan oʻqituvchisining kasbiy faoliyatiga doir dastlabki bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish, ularga qoʻyiladigan kasbiy talablar asosida mazkur fanni zamon talablari darajasida oʻqitishning samarali metodlari, shakl va usullari haqidagi nazariy bilimlarni oʻzlashtirishini ta’minlash, xullas, respublika ta’lim sohasi uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlash masalalari dolzarb vazifalardan boʻlib qolmoqda. Adabiyotni oʻqitish metodikasi fani boʻyicha talabalarga ta’lim bosqichlarida olib boriladigan ilmiy-metodik hamda pedagogik ishlarning turlari, badiiy asarni tahlil qilishga oid metodik yondashuvlar, yetakchi tamoyillar, shuningdek, boʻlgʻusi adabiyot oʻqituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish, milliy adabiy ta’lim tizimida amalga oshirilgan eng soʻnggi yutuqlar samarasi oʻlaroq oʻqitish tizimining jahon ta’limi jarayonlari bilan hamqadam borayotganligini koʻrsatish, adabiyot oʻqitishning turli zamonaviy metod va usullaridan foydalanish tizimi tavsiya etiladi.

”Oʻzbek adabiyotini oʻqitish metodikasi” asosiy umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 2- va 3-kurslarda oʻqitilishi maqsadga muvofiq.

”Oʻzbek adabiyotini oʻqitish metodikasi” fani oʻzbek tili va adabiyoti mutaxassisligi boʻyicha yetuk kadrlar tayyorlash, adabiyot oʻqitish metodikasi yoʻnalishidagi ilmiy-metodik tadqiqotlarni rivojlantrish, ta’lim tizimida adabiyot oʻqitishni rivojlantirishga xizmat qiladi.




Download 315 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling