«Yangi O’zbеkistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida mamlakatimiz mustaqilligining 30 yillik yubilеy bayramini katta tantana, shodu xurramlik bilan nishonlaymiz. Shak-shubhasiz, ushbu shior har bir vatandoshimizning qalbini mеhr va iftixorga to’ldirib, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishga, yurtimizni bundan-da qudratli bo’lishi uchun hissa qo’shishga undaydi.
Biz yoshlar Vatan kelajagi uchun mustahkam poydevor bo’ladigan munosib farzand bo’lishimiz, oldimizga qo’ygan ezgu maqsadlarimiz sari mardonavor qadam tashlashimiz , ulug’ ajdodlarimiz merosini chuqur o’rganmog’imiz , yurtimizda sodir bo’layotgan jarayonlarga daxldorlik hissi bilan yashashimiz , eng muhimi, istiqlolni jonu tan bilan asramog’imiz lozim. Ishonchim komilki, ana shunday noyob insoniy fazilatlarga ega, yuksak ma’naviyatli , qorachig’i g’ayrat va shijoatga to’la farzandlari bor xalq hech kimga qaram bo’lmaydi.
Zero, prezidentimiz aytganlaridek: ”Hech shubhasiz, o’z kuchimiz va imkoniyatlarimizga bo’lgan ishonch bizni 3-renesans poydevorini yaratishdek ezgu maqsad yo’lida birlashtirib , yanada kuchli qilmoqda. Bu ishlar ulkan amaliy ishlarga aylanib, buyuk xalq harakati tobora kengayib bormoqda. Bunday qudratli safda bo’lishning o’zi katta baxt va sharafdir.”
Do'stlaringiz bilan baham: |